.2 .0 ‘qituvchinmg nutq madaniyati




Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/89
Sana22.02.2024
Hajmi6,99 Mb.
#160530
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Omonov H.T, Xo\'jayev N.X, Madyarova S.A, Eshchonov

7 .2 .0 ‘qituvchinmg nutq madaniyati
O 'qituvchining nutq madaniyati, notiqlik san’ati va o 'z fikrini 
og‘zaki va yozma tarzda ifodalay olishi haqida mulohaza vuritishdan 
oldin til va nutq xususida ayrim m a’Jumotlarni eslatish lozim.
N utq madaniyati jam iyat hayoti va madaniyatining o 'ta muhim 
ajralmas tarkibiy qismi, muayyan voqeligi ko‘rinishi sifatida alohida 
ahamiyatga egadir. U fikr almashish, m uom ala, so'zlash kabi kun- 
dalik, doimiy, zaruriy jarayonlarni o 'z ichiga oladi, ularni «boshqara- 
di», ular orqali voqelikka aylanadi, ta ’sir qilish quvvatiga ega boiadi.
Til va nutq o ‘zaro dialektik bog‘liq ijtimoiy-tarixiy, ijtimoiy- 
psixik hodisalar bo'lib, til aloqa quroli sifatida, nutq esa aloqa usuli 
sifatida mavjuddir.
N u tq - b u tii deb ataluvchi, ijtimoiy-individual rioyob quroldan 
foydalanish jarayoni, tiJ birliklari, imkoniyatlarining obyektiv bor- 
liq, tafakkur ham da vaziyat bilan o ‘zaro zaruriy, doimiy munosa- 
batda namoyon bo'lishidir. N u tq-b u rasmiy tildir. U keng m a’noda 
so‘zlardan, so‘z birikmalari va gaplardan tashkil topadi.
M adaniy gapirishga intilish tushunchasi barcha xalqlarda qadim- 
dan mavjuddir. Bu tushuncha m uayyan lingvistik m e’yorlar, etik va 
estetik talablar bilan aloqador bo'lgan tushunchadir. D em ak, nutq 
madaniyati tushunchasi har bir xalq tili va millat m a’naviyatini 
belgilovchi (ko'rsatuvchi) etik va estetik kategoriyadir, hodisadir.
N u t q m a d a n iy a ti fa q a tg in a a d a b iy tiln i o n g li va m a q s a d g a m u ­
v o fiq m e ’y o rla s h g a (u n i q a y ta ish la sh va b o y itish g a ) q a ra tilg a n h a ra - 
k a tla rg in a e m a s , b a lk i m illa tn in g u m u m iy m a d a n iy a tin i k o 'ta r is h , 
o d a m la r d a m a ’lu m «til d id i» n i ta rb iy a la s h g a x iz m a t q ilu v c h i fa o liy a t 
h a m d ir.
N u t q m a d a n iy a ti te r m in i tils h u n o s lik d a u c h xil h o d is a n i ifo d a
e ta d i:
1) m a d a n iy n u tq n in g , y a ’ni n u tq iy h o d is a n in g n o m i;
2) m a d a n iy n u tq tu s h u n c h a s i b ila n b o g 'liq v a n u tq m a d a n iy a ti 
d e b y u rililu v c h i ilm iy m u a m m o n in g n o m i;
3) tu ifq m a d a n iy a ti m u a m m o la r in i o 'r g a n is h b ila n s h u g 'u l-
la n u v c h i s o h a n in g , tils h u n o s lik fani b o 'lim in in g n o m i.
Keltirilgan uchta hodisaning har biri o'zining murakkab ko‘- 
rinishlariga va qirralariga ega, ularni bir-biri bilan qorishtirmaslik 
lozim.


Shunday qilib, n utq madaniyatiga berilgan eng m uhim ta ’riflar 
quyidagilardir:
1. N utq m adaniyati-adabiy til rivojining o ‘ziga xos xususiyatla- 
ridan biridir (Praga lingvistik maktabi).
2. N utq madaniyati (til m adaniyati)-bu adabiy til m e’yorlarining 
shakllanishi va silliqlanishiga yordamlashishdan iborat bo'lgan fao­
liyat. ya’ni til rivojiga ongli aralashuvdir (Praga lingvistik maktabi).
3. N utq m adaniyati-tihii, uning qonun-qoidalarini ongli idrok 
qilish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olish m ahoratidir (A.Gure- 
vich vab.).
4. N utq m adaniyati-kishilarning o ‘zaro to ‘liq va teran likrla- 
shishi, tilning barcha imkoniyat va vositalarini puxta egallashidan 
iboratdir (B .N .G olovin va b.).
5. N utq m adaniyati-faqat to 'g 'ri nutqqina emas, balki uquvlilik 
ham da nutqiy chechanlik ham dir (G .O .V inokur va b.).
6. N utq m adaniyati-til vositalaridan o ‘rinli foydalangan holda 
maqsadga muvofiq so‘zlash va yoza olish san’atidir (A.I. Yefimov).
7. N utq m adaniyati-bu, avvalo, fikrlash madaniyatidir. (D.E. 
Rozental va boshqalar).
8. Milliy o'ziga xosligi bilan ham ajralib turuvchi nutq-m adaniy 
nutqdir (M.Agafonova).
Xulosa shuki, nutq madaniyati-tilni, aloqa va aralashuv qurolini 
ishlatishga bo'lgan munosabatdir. Til vakillarida bu noyob qurolning 
imkoniyatlariga munosabat, uni ishlatishdagi boshqa omillar: tafak- 
kur, ong, borliq, turli vaziyat va holatlar, maqsadga b o ‘lgan m un o­
sabat qanchalik yuqori saviyada b o ‘lsa, nutq madaniyati ham shun- 
chalik yuqori saviyada bo'ladi. Aksincha bo‘lsa, unda nutq madaniyati 
ham past saviyada bo'lishi muqarrardir.
N utq madaniyati to ‘g ‘risida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda 
so‘zlaming o ‘rinli va o ‘rinsiz ishlatilishi to'g'risida ham bahs boradi. 
Q o‘llangan til birligini to ‘g ‘ri yoki n o to ‘g ‘ri deyilganda, albatta, 
m a’Ium bir o‘lchov(mezon)ga asoslanish kerak bo'ladi. M ana shu 
o ‘lchov(mezon) tilshunoslikda adabiy til m e’yori deb yuritiladi.
H a r b ir lahjaning, so ‘zlashuv tilin in g, adabiy tiln in g o ‘z 
m e’yorlari bo‘lganidek, nutqning alohida ko‘rinishlari bo ‘lgan ar- 
golar, jargonlar ham o ‘z m e’yoriga ega. Xususiy m e’yorlar quyi- 
dagicha ko‘rsatiladi: 1. Dialektal m e’yor. 2. So‘zlashuv nutqi m e’yori.
3. Argolar, jargonlar m e’yori. 4. Adabiy til m e’yori (adabiy m e’yor).


0 ‘zbek adabiy tili m e’yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif 
qilinadi:
1. Leksik - semantik me’yor.
2. Talaffuz - (orfo-yepik) m e’yor.
3. Yozuv (grafika) m e’yori.
4. Fonetik m e’yor.
5. Aksentologik (urg‘uni to ‘g‘ri qo‘llash) m e’yor.
6. G ram m atik (morfologik va sintaktik) m e'yor.
7. S o'z yasalish m e’yorlari.
8. Imloviy m e’yor.
9. Uslubiy m e’yor.
10. Punktuatsion m e’yor.
Adabiy m e’yorning og‘zaki va yozma ko'rinishlari mavjud bo'lib, 
og‘zaki adabiy m e ’yom ing rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiya- 
chilari, latifaguy xalq shoir-baxshilari katta hissa q o ‘shsalar, yozma 
adabiy m e’yorning shakllanishida belgilangan yozuv shakli asosida 
yozib qoldiriladigan yozma adabiyotning xizmati cheksizdir. U m u- 
m an olganda, adabiy til m e’yorini o ‘rganish yangi hodisa emas. Til 
m e’yori va adabiy m e’yor m uam m o sifatida nutq madaniyati ilmiy 
soha deb tan olingunga qadar ham o'rganib kelingan. Adabiy til 
m e’yori, uning shakllanish, rivojlanish, stabillashuv qonuniyat- 
lari-nutq madaniyati sohasining tekshirish obyekti hisoblanadi.
N utq madaniyati sohasining adabiy til m e’yoriga yondashuvi 
quyidagi xususiyatlari bilan grammatik munosabatdan farq qiladi.
a) nutq madaniyati adabiy til m e’yoridagi o ‘zgarib, buzilib tu- 
ruvchi nutqiy nuqsonlarni yuzaga keltiruvchi xususiyatlarni topishi 
va ularni tuzatishga intilishi lozim;
b) nutq m adaniyati adabiy til m e’yorini doim iy rivojlanib, 
o ‘zgarib turuvchi hodisa sifatida tekshirishi va adabiy til m e’yori siste- 
masidagi yangi holatlam i, o ‘zgarayotgan, o ‘zgargan holatlarni, 
shuningdek, «o‘lgan», iste’m oldan chiqqan holatlarni hisobga oli­
shi kerak.
v) nutq madaniyati adabiy til m e’yori sistemasidagi qaram a- 
qarshi holatlarni belgilashi ham da tilning barcha yaruslari bo‘yicha 
tekshirishi lozim.
M a’lumki, tilning paydo b o ‘lishi va rivojlanishi jam iyat taraq- 
qiyoti bilan uzviy bog‘liqdir. U jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati 
jarayonida yuzaga keladigan, faqat jamiyatda, odam lar orasida niav-


jud bo‘ladigan ijtimoiy hodisadir. Jamiyat rivojlangan sari til ham
shakllanib boradi. Demak, shu tilda so‘zlashuvchi millatning m a’na- 
viyati yuksalib, nutqiy malakasi ortib boradi. Aks holda, til tanaz- 
zulga yuz tutadi. Bu esa nutqiy malakaning so‘nishiga, m a’naviyatning 
qashshoqlanishiga olib keladi.
Jamiyatda yashayotgan har bir shaxs alohida nutq egasi sanaladi. 
O 'qituvchi ham bundan mustasno emas. Lekin ularning ham m asi 
uchun umum iy bo'lgan nutqiy qurol shu jam iyatning yagona tili 
hisoblanadi.
Inson nutq faoliyatida adabiy til madaniyati qoidalarini m ukam- 
mal bilgani holda, ayniqsa, badiiy adabiyotlarni, gazeta va ju m al- 
larni o'qishi, radio va televidenieni kuzatib borishi, um um an, 
ommaviy axborot vositalarining m a’lum otlari orqali ham da tinim - 
siz mustaqil shug'ullanishi natijasida nutqiy malakaga ega b o ‘ladi.
Adabiy til m adaniyatini chuqur egallagan insongina kasbiy nutq 
madaniyatiga ega b o la d i. Adabiy til m adaniyatini egallashda tilga 
b o ‘lgan e ’tibor, unga chinakam muhabbat va hurm at m uhim aha- 
miyat kasb etadi. 0 ‘qituvchi adabiy tilda gapirishi lozim. Adabiy til va 
uning m e ’yorlarini shunchaki qiziqish yoki u bilan nomigagina 
shug'ullanish orqali egallab bo'lmaydi.
lnsonning nutq faoliyati uch ko'rinishda nam oyon bo ‘ladi: so‘z- 
lash, mutolaa qilish va eshitish. So‘zlash deyilganda, so'zlovchining 
m a’lum ot, maslahat berishi, buyurishi, o ‘ziga n om a’lum bo'lgan 
narsalar haqida so‘rashi tushuniladi. So'zlaganda so'zlovchining bili- 
mi, madaniyati, axloqi, odobi yuzaga chiqadi. So‘zlashning m ono- 
logik va dialogik ko'rinishlari mavjud.
M utolaa qilish-o'quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, 
obrazlari bilan muloqotidir. M utolaa tufayli yozma nutqda aks etgan 
voqea - hodisadan xabardor bo‘ladi.
N utq-so‘zlovchi yoki yozuvchi tom onidan shakllantirilgan matn- 
ning muayyan ko‘rinishi ifoda bo‘lib, u faqatgina lisoniy hodisa sanal- 
masdan, balki ham ruhiyat, ham nafosat hodisasi hisoblanadi. Shu- 
ning uchun ham yaxshi nutq deyilganda, aytilmoqchi bo‘lgan maqsad- 
ning tinglovchi yoki kitobxonga to ‘liq va aniq yetib borishi, ularga ma’lum 
ta ’sir o ‘tkazishi nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra, nutq oldiga muayyan 
talablar qo'yiladi. Bu talablar nutqning kommunikativ sifatlari bo£lib, 
unda nutqning mantiqan to ‘g‘ri, fikran aniq, tuzilishiga ko‘ra chiroyU va 
yo‘nalishiga ko‘ra maqsadga muvofiq bo‘lishi nazarda tutiladi.


Nutqning to ‘g‘riligi, aniqligi, tozaligi, mantiqiyligi, la ’sirchanligi 
va maqsadga muvofiqligi unga q o ‘yiladigan eng muhim lalablardir.
Nutqning to ‘g‘riligi uning eng m uhim aloqaviy fazilatidir. Chunki 
nu tq to ‘g‘ri b o ‘lmasa, uning boshqa kom m unikativ sifatlari, ya'ni 
mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur etadi.
N utq to ‘g‘ri b o ‘lishi uchun, asosan, ikki m e’yorga - urg‘u va 
grammatik m e’yorga qattiy amal qilish talab etiladi. O'qituvchi og'zaki 
nutqining bu ikki m uhim kom ponenti uning notiqlik mahoratini 
belgilovchi bosh m ezonlar darajasiga ko‘tarilishi tabiiydir. Atama- 
lar va term inlar, tushuncha va iboralar ifodasida urg‘uni to ‘g‘ri qo‘l- 
lamaslik o ‘qituvchi nutqidagi eng katta kamchilik sanaladi.
G ram m atik m e’yorga rioya qihsh deganda. gap tuzish qoidalari- 
dan to ‘g‘ri foydalanish, o ‘zak va q o ‘shim chalarni q o ‘shishda xatoga 
yo‘l q o ‘ymaslik, kelishik qo‘shim chalarini o ‘z o ‘rnida qo‘llash, ega 
va kesimning mosligi, ikkinchi darajali bo‘laklaming ularga bog‘lanish 
qonuniyatlari tushuniladi.
Aniqlik nutqning aloqaviy sifatlaridan biri b o ‘lib, u obyektiv 
borliq bilan n u tq m azm unining mosligi sifatida yuzaga chiqadi.
Aniq nutq yaratish so‘zlovchidan quyidagilarni talab etadi:
a) tilning sinonim ik im koniyatlarini bilish va sinonim ik qator- 
lardan kerakligini ajratib, nutqda qo‘llash;
b) nutqda ishlatiladigan so‘zning anglatgan m a’nolarini har 
tom onlam a bilish;
v) so'zning ko‘p ma'noligiga jiddiy e ’tibor berish, ko‘p m a’noli 
so‘z nutqda qo'llanganda uning qaysi m a’no qirrasi ko‘zda tutilayotga- 
nini aniq tasaw ur qilish fikrning yuzaga chiqishida bu so'zning boshqa 
m a’no qirralari monelik qilish-qilmasligini ko‘z oldiga keltirish;
g) om onim larning xususiyatlarini bilish, chunki ularni bilmas- 
lik aniqlikning buzilishiga olib keladi;
d) paronim lam i bilish, ulardagi tovush yaqinliklariga e’tibor 
berish;
e) to r m uhitda ishlatiladigan, chetdan kirgan, kasb - hunarga 
oid, arxaik, eskirgan, dialektizm so‘zlarning m a’nolarini yaxshi 
anglagan holda nutqqa kiritish.
Nutqning tozaligi deganda, eng aw alo, uning adabiy til m e’yoriga 
muvofiq kelish -kelmasligi tushuniladi.
Nutqimizning sofligiga, asosan, quyidagilar ta ’sir qiladi:
1. 
Mahalliy dialekt va shevalarga xos so‘z, ibora, shuningdek, 
grammatik shakllar, so‘z va so‘z birikmalarining talaffuzi, urg‘usi.


2. O 'rinsiz qo'llangan chet so'z va so‘z birikmalari.
3. Jargonlar.
4. Vulgarizmlar.
5. N utqda ortiqcha takrorlanadigan «parazit» so‘zlar.
6. Kanselyarizmlar.
7. Varvarizmlar.
Sanab o ’tilganlardan o ‘rinsiz foydalanish kundalik nutqni ham , 
badiiy nutqni ham xiralashtiradi. H ar bir o'qituvchi o ‘z nutqining 
adabiy m e’yorlar darajasida bo'lishi uchun harakat qilishi lozim. 
0 ‘z shevasiga xos bo'lgan til vositalarini nutqqa o'rinsiz olib kirish 
ham nutqni buzadi. Am m o dialektizm va varvarizmlar badiiy asar 
tilida m a’Ium badiiy - estetik vazifani bajarishi, muallifning m a’Ium 
g'oyasini, niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi ham mumkin.
N utqda o'rinsiz ishlatiigan boshqa tillarga oid so'zlar varvarizm­
lar deb ataladi. Jargon — biror guruh vakillarining, o 'z nutqi bilan 
ko'pchilikdan ajralib turish maqsadida, o 'zich a m azm un berib, 
ishlatadigan so'z va iboralaridir.
Vulgarizmlar-dag'al so'z yoki iboralardir(so'kish, haqoratlash, 
qo'pollik, johillik kabilar).
Parazit so'zlar deb ataluvchi lug'aviy birliklar ham til madaniyati 
uchun yotdir. U lar, asosan, so'zlashuv nutqida k o'p ishlatilib, 
notiqning o'z nutqini kuzatib bormasligi, e ’tiborsizligi natijasida 
paydo bo'ladi va bora-bora odatga aylanib qoladi.
Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari bo'lgan to'g'rilik va aniqlik 
bilan chambarchas bog'langandir. Chunki grammatik jihatdan to'g'ri 
tuzilmagan nutq ham, fikmi ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz tanlan- 
gan lug'aviy birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir.
N utqning ta ’sirchanligi deganda, asosan, og'zaki nutq jarayoni 
nazarda tutiladi. Shunga ko'ra nutqning tinglovchi tom onidan qabul 
qilinishidagi ruhiy vaziyat ham e’tiborga olinadi. Ya’ni, bunda notiq 
tinglovchilarni ularning bilim darajasidan tortib, hatto yoshigacha, 
nutqining qanday qabul qilinayotganigacha nazorat qilishi zarurdir. 
Professional bilimga ega bo'lgan kishilar oldida jo 'n , sodda tilda ga- 
pirish maqsadga muvofiq bo'lm agani kabi, oddiy, yetarli darajada 
m a’lumotga ega bo'lm agan tinglovchilar oldida ham ilmiy va rasmiy 
tilda gapirishga harakat qilish maqsadga muvofiq emas. O 'qituvchi 
nutqining auditoriyaga mosligi uning eng asosiy sifat ko'rsatkichi 
ekanligini doimo nazarda tutib so'zlashi lozim.


Tinglovchilar tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ifodalanayot- 
gan fikrga ishontira olish o'qituvchilar oldiga qo'yiladigan asosiy 
shartlardan hisoblanadi. Buning uchun esa, yuqorida aytilgani- 
dek,o‘quv m aterialini va uning m azm un ham da mohiyatini yaxshi 
bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq, belgilangan rejasi 
ham bo'lishi kerak.
О ‘qituvchining o ‘z nutqiga munosabati ham m uhim kasbiy fazi- 
lat hisoblanadi. Bunday holat 
0‘qituvchi va tinglovchi o ‘rtasidagi 
aloqaning mustahkamlanishiga samarali xizmat qiladi. Notiq fikrlarini 
o ‘zi yoki tinglovchilar hayotidan olingan misollar asosida isbotlashga 
harakat qilsa, mavzuga doir subyektiv fikr-m ulohazalarini bildirsa, 
nutq yana ham ishonarli va ta ’sirli b o ‘ladi.
Nutqning ta ’sirchanligiga erishishda tilning tasviriy vositalari hisob- 
langan metafora, metonimiya, sinek—doxa, o ‘xshatish, epitet, tak- 
ror va adabiy ko‘chimlaming ham roli kattadir. Bulardan tashqari 
nutqda ta ’sirchanlikni ta'm inlash uchun maqol, matal, hikmatli so‘z 
va iboralardan, ayniqsa, frazeologizmlardan unumli foydalanish zarur.
Nutqning maqsadga muvofiqligi juda muhimdir. N utq madaniyati- 
adabiy til m e ’yorlarini puxta egallash va ulardan nutqda to ‘liq foy­
dalanish demakdir.
Til - aloqa quroli, til - hayot ko‘zgusi, til - m a’naviyat belgisi 
bo ‘lishi bilan bir qatorda 
0‘qituvchi uchun eng muhim metodik 
vosita sifatida katta xizmat qiladi. Insonni hayvonot olamidan ajratib, 
uni koinot sarvariga va gultojiga aylantirgan omil ham tildir. Inson 
aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari, tafakkur «mevalari» til va 
nutq orqali yuzaga chiqadi.
So‘zning tarixiy - m adaniy, m a’naviy xizmati cheksiz, albatta. 
Lekin tilning im koniyatlari nu tq orqali, nutq jarayonida ochiladi 
va o'qituvchilar shu im koniyatlardan samarali foydalanishlari lo ­
zim. N u tq sifatsiz b o ‘lar ekan, tilning cheksiz im koniyatlari ta ’lim- 
tarbiya jarayonlarida yetarli darajada yuzaga chiqmay qolaveradi.
Fapb donishm andlaridan R.Em irsonning ta ’kidlashicha, «Nutq
- qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi». Bu gapda 
nutqning shunday fazilati ta ’kidlanayaptiki, u, birinchi navbatda, 
ishontirish san’atidir. 0 ‘quvchilar bilan m uloqotda b o ‘layotgan 
o ‘qituvchi ishonarli gapirishi, nutqi dalillangan, puxta asoslangan 
bo'lishi lozim. O 'quvchilarning ishonchini, m ehrini qozongan 
o ‘qituvchinigina haqiiqiy ustoz deyish mumkin.


Nutq-harakatdagi tildir. N utq til birliklarini o'zaro mantiqiy 
bog‘lab, ularni harakatga keltiradi. N utq-so ‘z, so'z birikmalari va 
gaplardan iborat bo‘ladi.
N utq, nutq odobi-insonning ma'naviyati va m a’rifatini belgilov- 
chi asosiy mezondir. D em ak, kishining odobi, eng aw alo, uning 
nutqida ko'rinadi. N utq odobi deganda, aytilishi zarur bo'lgan xa- 
barlam i, tinglovchini hurm at qilgan holda, uning ko'ngliga mos 
holda adabiy m e’yordagi ifodalar bilan yetkazishdir. Xunuk xabarni 
ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning uchun so‘zlovchi 
tilni m ukammal bilishi kerak. M uloyjm, yoqimli, odobli so‘zlash 
ham o ‘z-o ‘zidan paydo bo'lmaydi. Unga yoshlikdan ibratli kishilarga 
taqlid qilish, ulardan o ‘rganish va muntazam ravishda mashq qilish 
ham da tilga jiddiy m unosabatda bo'lish orqali erishiladi. 0 ‘quvchi 
uchun esa eng yaxshi nam una o ‘qituvchidir. Buni o'qituvchi har 
doim his qilib turishi kerak.
Bolaga yaxshilik qilgan, aytilgan yumushni, iltimosni bajargan 
kishilarga o 'z vaqtida minnatdorchilik bildirish odobini ham o'rgatib 
borish lozim. Tilimizda rag'batlantirishni, m innatdorchilikni ang- 
latadigan chiroyli ifodalar bor. Ularni kundalik muomalaga kiritish, 
o 'z o'rnida ishlatish kishi xulqini naqadar bezaydi. O 'qituvchi to p ­
shiriqni yaxshi bajargan o'quvchilam i shirin va yoqimli so'zlar bi­
lan rag'batlantirishi lozim.
«Har bir kishining madaniylik darajasi, o'qib qanchalik tarbiya 
ko'rganligi uning yozma va og'zaki nutqidan bilinadi» (S. Ibrohimov).
0 ‘qituvchining yozma nutqiga ham katta talablar qo'yiladi. Bular 
imloviy savodxonlik, fikrni yozm a tarzda ravon ifodalash, yozuv 
qoidalariga rioya qilish, orfografik va punktuatsion hamda stilistik xa- 
tolaiga yo'l qo'ymaslik kabilardir. Shuning uchun o'qituvchining yozma 
nutqi ikkita kom ponent-im lo savodxonligi va husnixat(kalligrafiya, 
yozuv uslubi)dan iborat, deb yuritiladi.
Og'zaki va yozma mukammal nutq shartli ravishda (m a’joziy 
m a’noda) o'qituvchining ikki “yorug' yuzi” deb ham ataladi.
Tilning dunyoni bilish, bilim larni to'plash,- saq ksh, keyingi 
avlodlarga yetkazish, ruhiy munosabatlariV'fflis eltftWh, go'zallik 
kategoriyalarini voqelantirish kabi qator vaHfafe^MjgiJtrishiga qara- 
m asd an , u ning asosiy funksiyasi k ish ilar^d !iffi(^eagi aloqani 
ta ’minlashi va ularning bilim olishida qudratlf ^qurol ekanligida 
ko'rinadi.



Download 6,99 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89




Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish