lublarini joriy etish, ularning mustaqil ishlarini samarali tashkil
qilish kerak. 0 ‘quv-tarbiya jaryonlarini ilmiy va mctodik jihaldan
m ukam m al tashkil etish muvaffaqiyatlar garovidir.
Bunda barcha
turdagi mashg‘ulotlar va mustaqil topshiriqlar talabalarni o'ylashga.
ijodiy m ehnat qilishga. har tom onlam a fikr yuritishga, berilgan
topshiriqlarni o 'z hayotiy tajribalariga asoslanib hal etishga o'rgatadi.
M ashhur ingliz adibi J.Bernard Shou topib aytganidek, “ Bilimga
eltuvchi yagona yo‘l„ bu — faoliyatdir” . Ana shunday faoliyatning
o ‘quvchi va o ‘qituvchi m ehnati ko'rinishidagi turlari omixtalash-
ganida kutilganidan ziyodaroq natijaga erishish m um kin b o ‘ladi.
0 ‘qitishning asosiy tashkiliy shakli bo'lgan dars va darsdan tashqari
ishlar, ular qanday ko‘rinishda (an’anaviy yoki noan’anaviy darslar,
sinfdan va maktabdan tashqari o ‘quv-tarbiya tadbirlari, m a’ruza yoki
amaliy mashg‘ulotlar) tashkil etilishidan qat'iy nazar, ilmiy-naza-
riy, ilmiy-metodik va m a’rifiy-ma'navjy jihatdan to ‘laqonli bajaril-
ganidagina yuksakpedagogik samaraniberishi mumkin. Bunda, albat-
ta, bilim oluvchilarning yosh
va fiziologik xususiyatlari, qiziqishi,
bilim saviyasi, fikr yuritish doirasi hisobga olingan holda tashkil qili-
nadigan mashg‘ulotlar ko‘zda tutiladi. Buning uchun esa ta’lim va
tarbiya beruvchining mukammalUk darajasidagi pedagogik mahorati va
kasbiy salohiyati talab qilinadi. 0 ‘t-dalali almashlab ekishni dehqon-
chilik madaniyatiga dunyo amaliyotida birinchi bo lib tavsiya etgan
taniqli tuproqshimos olim R.Vilyamsning “-Yomon yer yo‘q, balki
undan hosil undirish yo'lini bilmaydigan uquvsiz dehqonlar bor”,
degan purhikm at iborasiga pedagogik o'/garish kiritib aytadigan
bo‘lsak, “-Yomon o ‘quvchi (bilim oluvchi) yo‘q, balki unga o'qish-
o ‘rganishning maqbul yo‘lini ko‘rsata olmaydigan noshud o ‘qituvchi
(pedagog-tarbiyachi) largina bor".
Kuchli bilim, kasbiy metodika va oddiy insoniy fazilatlardan
iborat uchta xususiyat birlashib o'qitish jarayonining piiovard nati-
jasini belgilaydi. Bilimsizda m etodik m ahorat b o ‘lishiga ishonib
bolm aganidek, bularning har ikkisiga ega b o ‘la turib, odamiylikdan
bexabar shaxsning ham o ‘qituvchiligidan ne foyda?
Pedagogik tex-
nologiyalar va pedagogik m ahorat ham yuqorida tilga olingan uch-
likning tugalligisiz sxolastika botqog‘iga botib turaveradi.
T a’lim va tarbiyaning sifat va samaradorligi-juda ko‘p omillarga
bog‘liq b o ‘lganligi uchun ham bu boiada yagona va qudratli tavsiya
yoki yo‘l-yo‘riq berib b o ‘lmaydi. Hattoki, zamonaviy pedagogik yoki
axborot-koramunikatsiya texnologiyalaridan ham foydaiana bilish-
ning o'ziga xos va o'ziga mos mezonlari mavjudligini unutmaslik
kerak. N o a n ’anaviylik, innovatsiya yoki interfaollik bayrog‘ini ba-
land ko'taruvchilar ham o ‘qitishning ming (balki, million) yillik
a n ’ana va tajribalari, to'plangan ulkan tajribaviy zaxirasini inkor
etmasliklari lozim. Eski va yangining o ‘zaro munosabati,
bazis va
ustqurmaning mutanosibligi, an’ana va tashabbusningkelishuvchaulik
tamoyillarini unutm aslik kerak.
0 ‘qituvchi(pedagog)ning mehnatiga faqat uning tasarrufidagi
shaxslarning uquv, ko‘nikma, malaka va bilim sifatiga qarab baho
berilishi lozim. H a, aynan bilim sifatiga (bilim darajasi ham emas,
qo‘yilgan reyting ballari ham emas, o ‘zlashtirish ko'rsatkichlari
ham emas!) qarab baholash odilona ish boMadi.
Oliy o'quv yurtlarida axborot-kom munikatsiya texnologiyalari-
ni zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan holda
q o ‘llash boMajak mutaxassis kadrlarning kasbiy tayyorgarlik sifatini
yaxshilashga xizmat qiladi, o ‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligi
va o ‘qituvchi(pedagog)lar m ehnatining
foydali ish koeffitsientini
oshiradi.
Boshqacha aytganda, bugungi kunda uzluksiz ta ’lim tizim ida
o'qitish samaradorligini oshirishning muhim sharti-ta’lim jarayon-
iga tizimli yondashuv va rang-barang pedagogik faoliyatdan iborat
xizmat ko'rsatish sanaladi.
Ayni davrda, zamonaviy pedagogik texnologiya — tizimli yon-
dashuvlar asosida o'qitishning shakllarini qulaylashtirish, uning nati-
jasini kafolatlash va obyektiv baholash uchun zarur bo'lgan inson
salohiyati ham da texnik vositalarning o ‘zaro
hamkorligini namoyish
qiladi. Ta’lim tnaqsadlarini oydinlashtirish, o'qitish va o'zlashtirish
jarayonlarida qo‘llaniladigan usul, m etod va vositalarlarni xilma-xil-
lash, ta ’lim va tarbiya jarayonlari m azmunini chuqurlashtirish-bular
hammasi ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish demakdir.
Vaholanki, takomillashtirishning chegarasi, ya’ni oxiri yo‘q, deyila-
di. Shunday bo'lgach, pedagogik texnologiyalar ham, pedagogik
mahorat ham sarhadsiz tushunchalardir. Bu borada qancha ko'p izla-
nilsa va qanchalik tashabbuskorlik bo'lsa-shunchalik kamdek tuyulaveradi.
O'qitishning eng oddiy va bosh haqiqati ham ana shundadir. O'qituv
chi (pedagog) larning faqat ana shu taxlitdagi faoliyati oxir-oqibat-
da yuksak ijtimoiy buyurtmaning bajarilishiga oJib keladi.