10.2. Ilmiy-texnik taraqqiyot va ta’lim jarayonini
texnologiyalashtirish vazifalari
Bugungi kunda erkin shaxsni shakllantirish muam m osi ta ’lim
muassasalarida o'quv-tarbiyaviy ishlarni zamonaviy pedagogik tex-
nologiyaga o ‘tkazishni taqozo etadi. Bu jarayon oson kechmaydi,
chunki ixtiyoriy qurilayotgan va joriy etilayotgan o ‘qitish tizimini
q a t’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizim g a aylantirish kerak.
V.P.Bespalkoning ta'rifiga ko ‘ra «pedagogik tizim m a’lum shaxs si-
fatlarini shakllantirishga tartibli, aniq maqsadni ko‘zlab va oldindan
o ‘ylab pedagogik ta 'sir etishni vujudga keltirish uchun zarur bo‘lgan
o ‘zaro bog‘liq vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisidir».
H ar bir jam iyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab oli-
nadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo'lishi kerak.
Agar m aqsad o'zgarsa mavjud tizim ham o ‘zgarishi m uqarrardir.
«K adrlar tayyorlash milliy dasturi» jam iyat, davlat va oila oldida
o 'z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni bosh
m aqsad qilib qo’ydi. C hunonchi, Milliy dastur ta ’lim -tarbiya so-
hasidagi davlat buyurtm asi hisoblanib, milliy istiqlol mafkurasi-
ning inohiyat-m azm uniga t o i i q mos keladi. Faqat davlat buyurt-
masigina ta ’lim -tarbiyaning um um iy m aqsad va vazifalarmi aniq
belgilab beradi yoki oliy ta 'lim uchun pedagogik tizim ning mav-
judlik shartlarini kafolatlaydi.
Pedagogik texnologiya shunday bilimlar sohasiki, ularning vosi-
tasida yangi ming yillikda davlatning ta ’lim sohasidagi siyosatida tub
burilish yuz beradi, o'qituvchi (pedagog) faoliyati yangilanadi,
o'quvchi-talabalarda hur fikrliiik, insonparvarlik tuyg'ulari tizimi
shakllantiriladi.
Bugungi kunga kelib, o'qituvchi (pedagog)lar metodikani k o ‘p
hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan ham bu
tushunchalarga aniqlik kiritish kerak bo'ladi. Metodika (uslubiyat)
o'quv jarayonini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha tavsiyalar maj-
muasidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiya esa oldindan bel
gilab qo'yilgan aniq maqsad yo'lida o'qituvchi (pedagog)ning kas-
biy faoliyatini yangilovchi va ta’lim da yakuniy natijani kafolatlaydi-
gan tadbirlar majmuasi yig'indisidir.
Zamonaviy pedagogik texnologiya tushunchasini oydinlashtirishga
qaratilgan ta ’riflarning xilma-xilligi, bir tom ondan rivojlangan
mamlakatlarda ushbu mavzuning u yoki bu darajada yechilayotgan-
ligini ko'rsatsa, ikkinchi tom ondan, pedagogik texnologiyani peda-
gogik amaliyotga joriy etishga bo'lgan urinishlarning m a’lum natija-
sini ifodalaydi.
Hozirda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini
birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada, chunki nazariya va
amaliyot birligining ta ’minlanishi pedagogik texnologiyaning asl
mohiyatini aniqlashga yo'l ochadi. D em ak, zamonaviy pedagogik
texnologiyaga pedagogika fanining alohida tarmog'i sifatida yoki faqat
ta ’lim amaliyotini maqbullashtirishgayo'naltirilgan tizim, deb qarash
mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy
izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi.
Endilikda ta'lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilanadi, unga
mos holda m azm un ham , pedagogik jarayon ham yangi la nishi bilan
inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib borayapti, auditoriyaga
o ‘qitish imkoniyatlari katta b o ‘lgan yangi texnologiyalar (sanoat,
elektron, axborot) kirib kelmoqda. Ro'y berayotgan sifat o ‘zgarishlari
shundan dalolat beradiki, bugungi kunda «0\rganish»ning birlam-
chi jarayonlarini a n ’anaviy m etodikavao‘qitish vositalari qolipiga
sig‘m ay o ‘qituvchi (pedagog)ning individual qobiliyatlariga mos
kelmay qoldi. Yangi m etodikalarni talab etadigan va ta ’lim jarayoni-
ning tarkibiy kom ponentlariga aylanib borayotgan va unga o ‘zining
m a’lum xususiyatlarini joriy etadigan texnikaviy, axborotli, poli-
grafik, audiovizual vositalar mavjudki, ular zamonaviy pedagogik
texnologiyani real voqelikka aylantirmoqda.
0 ‘quv-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish tarixiga nazar so-
ladigan bo‘lsak, bu jarayon XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab
obyektiv voqelikka aylandi. Axborotlashtirish esa bu jarayondagi in-
qilobiy «burilish»dir, v a'n i, t a ’lim axborot texnologiyasi - bu
«o‘quvchi-talaba-kompyuter» o'rtasidagi muloqotdir.
Oliy o'quv yurtlarida talabalarning ilmiy-texnikaviy va ijodkorlik
qobiliyatlarini o ‘stirish — har qanday tur, bosqich yoki darajadagi
ta ’limning asosiy vazifalaridan biridir. Zotan, bugungi kun yoshlari
texnika va texnologiya, iqtisodiyot asoslari borasidagi bilimlardan
x ab ard o r b o ‘lsa-y u, u la rd an fo y d alanish k o ‘nik m alarig a ega
bo'lm asa, u k o ‘zlangan maqsadga erisha olmaydi. 0 ‘zlashtirilgan
bilimlami amaliyotda qo ilash yo'llari va vositalarini bilishgina ishlab
chiqarish jarayonlarini takom illashtirish, yangi texnika, m ehnat
qurollari va yangi texnologiyalar yaratish im konini beradi.
Keng ko‘lamli va mustahkam bilim, ko‘nikma, malaka, qiziquv-
chanlik, tashabbuskorlik, m uam m olarni mustaqil hal etishda aniq
maqsadga intilish va shaxsiy faoliyatga nisbatan talabchanlik talaba
yoshlar ijodkorlik qobiliyatlarini shakllanishining zaminidir.
Talabalar ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishning m uhim sharti
bu — faoliyatdir. D em ak, pedagogning asosiy vazifasi ushbu fao-
liyatni tashkil etish shakl, m etod, usul, vosita va yo‘nalishlarini
belgilab beruvchi zarur axborotlar bilan ta ’minlash hisoblanadi.
Axborot ta ’m inotining haddan ziyodligi ham vazifani ijobiy hal
etmaydi. Shu sababli axborot ta ’minotini pedagogikjihatdan boshqa-
rish, ularning ilg‘or texnika va texnologiya yutuqlari bilan boyitil-
ganligini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Ilm iy-texnik taraqqiyot va ijodkorlikka erishish jarayonini pe
dagogik jihatdan boshqarishning predmeti inson omili b o ‘lib, u
o ‘ziga xos ta ’lim-tarbiya ishlari va uni boshqarish, ijodiy masalalar-
ni yechish metodikasi va algoritmini o‘rganishni ko‘zda tutadi. Tala
balar ilmiy-texnik ijodkorlik faoliyatini tashkil etish, tayyorlash
jarayoniga nisbatan pedagogik yondashuv tizimi shaxs ijodkorligi va
yaratuvchanligini boshqarishning bosh masalalaridan biri hisobla-
nadi va u o ‘z ichiga zaruriy axborotlarni yig'ish, tahlil qilish, uni
qayta ishlash, m aqsadni aniqlash, maqsadga erishish rejasini ishlab
chiqish, reja bo'yicha ijodkorlik ishlarini tashkil qilish, uning amalga
oshishini nazorat qilish, ushbu tizim faoliyatini tartibli olib borish
va maxsus yechimlar qabul qilish kabi bosqichlarni oladi.
H ar qanday boshqarish jarayoni, aw alo , maqsadni belgilash,
ya’ni maqsadni to ‘g‘ri qo'ya bilishdan boshlanadi. Bu esa boshqarish
obyektining ayni paytdagi holatini tahlil qilish va uning rivojlanishi
mumkin bo'lgan im koniyatlarini o ‘rganishdan boshlanadi. Ilmiy-
texnik ijodkorlikni maqsadli pedagogik boshqarish mohiyatiga ko'ra
obyektiv tavsifga ega, utida inson shaxsini kamol toptirishning obyek-
tiv qonunlari o ‘z ifodasini topgan. Bundan tashqari maqsadli bosh
qarish tafakkur mahsuli va ular shaxslarning hamkorlikdagi faoliyati
jarayonida shakllanadi. M aqsad, o ‘z navbatida, pedagogik obyekt-
dagi o'zgarishlarning yo‘nalishlari, boshqarish faoliyatini uning
asosiy turlari va ularning m azm unini belgilab beradi.
Maqsadli pedagogik boshqarish o‘z mazmuniga ko‘ra vaqt omili va
sharoitiga qarab bir necha guruhlarga bo'linadi. Y o‘nalish mazmuni
esa, shartli ravishda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, g‘oyaviy va ilmiy-
texnikaviy maqsadlar sifatida guruhlanadi.
Ilmiy-texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning m uhim sharti
maqsadli pedagogik boshqarishda qatnashuvchi shaxsni yuqori dara-
jadagi obyektiv axborotlar bilan ta ’minlash hisoblanadi. Obyektiv
axborotgina maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat uchun harakatlantiruv-
chi vosita bo‘la oladi.
Insonning miyasi turli xil axborotlarni turli darajada qabul qilish
qobiliyatiga ega, bu esa m a’lum otlarni yengil, erkin va qiziqarli uza-
tishni talab etadi. Texnik vositalardan mashg‘ulotlar o'tkazish jara
yonida samarali foydalanish didaktika muammosi hisoblanib, aso-
san, ko‘rsatmalilik prinsipini ta ’minlash borasidagi laol harakat,
usul deb baholanadi.
T a’lim jarayonida ko‘rsatmalilik zarurati bilish jarayonining xnrak-
teri, ya’ni jonli m ushohadadan abstrakt tafakkurga, undan kcyin
esa amaliyotga o'tishi bilan bog'liq. Pedagog va psixologlarning
ta ’kidlashicha, sezgi va tasaw ur qilishdan tashqarida fikrlar hara-
katlanmaydi, shuningdek, о ‘q it ish jarayonida ham olg'a siljish b o ‘1-
maydi. D em ak, ko'rsatmalilik faqat ongga ta'sir etish bilan chega-
ralanm asdan o ‘rganuvchidan m a’Ium his-hayajonli motivni ham
yuzaga chiqaradi. his etish va mantiqiy fikrlash birligi asosidagina
egallangan bilimlar mustahkamlanadi.
Bugungi kunda taTim ni rivojlantirishning yangi pog‘onasida
o ‘qitishni texnik vositalarsiz ko'tarib boim aydi. Zam onaviy peda
gogik texnologiyalaming m uhim ko‘rsatkichlaridan biri — axborot -
larni o'quvchi-talabalarga uzatish tezligi aynan shu vositalar yor
damida ta’minlanadi
Shunday qilib, fanning rivojlanishi bilan ilmiy-texnik taraqqiyot
bir-birini taqozo etib. ijodiy faoliyatni tashkil etish jarayonini ax-
borotlar bilan ta ’m inlash m uayyan darajada boshqarish yo'nalish-
larini o ‘z ichiga oladi. Ammo o ‘quv mashg‘ulotlarini t a ’lim m etod-
lari bilan boyitish ta ’lim tizimi va m antiqini buzmasligi kerak. Z a
monaviy pedagogik texnologiya o'quvchi-talabalarda ijodiy qobiliyatni
shakllantirishga imkon beruvchi axborotlar yig‘ish ham da ulardan
mashg‘ulot jarayonida foydalanish yo‘lida m a’Ium imkoniyatlami
yaratadi. Ushbu m a ’lum otlar esa fan asoslarining axborot ta ’m inoti
m azmuni va ijodkorlik metodlarini boshqarish imkoniyatlarini bel-
gilaydi. Talabalarni ijodiy faoliyatga tayyorlash jarayonining sama-
rasi ko'p jihatdan uning axborot ta ’minotiga ega bo'lishini va peda
gogik jihatdan boshqarish yo‘nalishlarining tizimli ham da uzluksiz
boTishini taqozo etadi.
|