IX BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANI QO‘LLASH BILAN
BOG‘LIQ TASHKILIY- USLUBIY ISHLAR
9.1. Ayrim pedagogik va psixologik tajribalar
Uzluksiz ta ’lim tizim ida davlat buyurtmasi va ijtimoiy talabga
muvofiq har bir ta 'lim muassasasi va unda xizmat qiluvchi peda-
gog-kadrlar zimmasiga ta ’lim —tarbiya jarayonining samaradorligini
oshirish, ilm-fanning so‘nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali
ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak m a’naviyatli, kasb-hunarli, el-yurtga
sadoqatli milliy va um um insoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan,
ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, davlat, jam iyat va oila oldida
o ‘z burchi va javobgarlini his eta oladigan, raqobatbardosh barka-
mol shaxsni tarbiyalash va kamolga yetkazish, ularning ongi va qal-
biga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish kabi muhim vazifalami amalga
oshirish yuklatilgan. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etihshi
ta ’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy ta ’lim texnologiyalardan foy
dalanish bilan uzviy ravishda bog‘liq.
T a’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy pedagogik texnologiya-
larni joriy etish, eng avvalo, pedagogik m unosabatlarni insonpar-
varlashtirish va demokratizatsiyalashni talab qiladi. Bunday m u n o
sabatlarni tashkil etm asdan turib qo‘llangan har qanday pedagogik
texnologiya kutilgan samarani bermaydi.
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizatsiy-
alash asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-
qarshi bo‘lib, unda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, bilim oluvchi shaxsini
hurmat qilish kabilardan iborat o'quv faoliyati tashkil etiladi.
Pedagogning o ‘quvchi yoki talabaning shaxsiga b o ‘lgan inson-
parvarlashtirilgan m unosabati bolalarni sevish, ularning taqdiri
uchun qayg‘urish, shaxsga b o ‘lgan yuksak ishonch, o ‘zaro ham kor
lik, mukammal muloqot madaniyati, ixtiyoriylik va erkinlik, rag‘-
batlantirish va kamchiliklarga chidamlilik hisobiga amalga oshadi.
K o‘zlangan maqsadga erishish uchun o ‘quv jarayonidagi barcha ish-
tirokchilaming faolligi va teng huquqliligi talab etiladi.
1B4
Ta'lim -tarbiya jarayonini demokratizatsiyalash - bilim beruv-
chi va bilim oluvchilarning fuqarolik huquqlarini tenglasht irish. o'quv-
chilarda tanlash va o ‘z fikri ham da nuqtai nazarini erkin bayon etish
sharoitining yaratilishiga olib keladi. Bu 0 ‘zbekiston Respublikasi-
ning asosiy Q onuni —Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan me'yorlnrga
ham muvofiq keladi.
Yangi munosabatlaming o‘zida xosjihati, an’anaviy ta'limdagidan
farq qilib, o ‘quvchilarning mustaqilligi va ijodiy o ‘quv faoliyatini
t a ’qiqlam asdan ularni belgilangan maqsadga yo‘naltirish, o ‘quv
faoliyatini ham korlikda tashkil etish, qiziqtirish, ehtiyojlam i hisob-
ga olish va erkin ham da faol mehnatga undash tufayli amalga oshiri-
lishi bilan xarakterlidir.
Ta'lim-tarbiya jarayonida vujudga kelgan yangi pedagogik muno-
sabatlar m azkur jarayonda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
q o ‘llashni taqozo etadi. Buning uchun pedagogik texnologiyalarni
joriy etishning o ‘ziga xos vositalari zarur b o ‘ladi. Ular xilma-xildir.
Verbal (nutq so‘zlash, m a'ruza, suhbatlashish, savol-javoblar, bahs-
m unozara, m uzokara, axborot va m a’lum ot berish, kengashish,
maslahatlashish, nasihat yokitanbeh berish kabilar), noverbal (imo-
ishora, qo‘l va gavda harakatlari yordamida m a'lum m a’no-mazmunni
ifodalash yoki t a ’kidlash), vizual (ko‘rgazmalilik elementlari-plakat-
lar, jadvallar, suratlar, diagrammalar, sxemalar, yozuv va tasvirlar,
fotosuratlar, tarqatm a materiallar, video lavhalar, jonli va jonsiz
obyektlar, turli buyum lar va boshqalar), audio (magnit yozuvlari,
lingofon va radio vositalar, musiqa va nutqiy asarlar kabilar), tabiiy
(odam, hayvon, o ‘simlik, m ashina va mexanizmlar, asbob-usku-
nalar, inshootlar kabilar), o ‘quv anjom lari (kitob, atlas, xarita,
reaktivlar va boshqalar) kabi vositalar farq qilinadi va ular yakka
yoki omixta tarzda keng miqyosda qo‘llaniladi.
T a’lini jarayonida yangi texnologiyalarni kiritish mexanizmini
taniqli pedagoglar-J.G ‘.Yo‘ldoshev va S.A.Usmonov quyidagicha
bayon qilishgan:
1. Pedagogik jam oani yangi pedagogik texnologiya asoslari bilan
tanishtirish-m a'ruza. Adabiyotlar tavsiya etish.
2. Yangi texnologiya asosida ishlashni xohlovchi pedagoglar ja-
m oasini aniqlash. U lar orqali o ‘qituvchilarga pedagogik texnolo-
giyani q o ‘llashdan k o ‘zda tutilgan m aqsadni, uning m ohiyatini
yetkazish.
3. Yangipedagogik texnoJogiya asosida ishlamoqchi bo'lgari o ‘qi-
tuvchilarni shu jarayonga tayyorlash yuzasidan quyidagi tashkiliy
ishlarni amalga oshirish:
- seminar;
- trening;
- individual maslahat berish;
- ko'rgazmali darslar tashkil etish.
4. Yangi texnologiya asosida ishlovchilarning ishini nazorat qitish,
kuzatuv va tahlillar o'tkazish, metodik yordamlar ko'rsatish. U lar-
ning lrisobotlarini eshitib borish.
5. Yangj pedagogik texnologiya asosida ishlovchi o'qiluvchilarning
metodika kengashida, pedagogika kengashlarida chiqishlarini tash-
kil etish.
6. Yangi pedagogik texnologiya bo'yicha ishlash uchun zarur
didaktik materillar, vositalar xonasini tashkil qilish.
7. Yangi texnologiya bo'yicha ishlashning afzalliklarini, o ‘quv-
chilar, ota-onalar, pedagogik jam oa tom onidan qo'llab-quw atlani-
shini oshkor etib borish.
8. Ilg'or, innovator pedagoglardan innavator pedagogik jam o-
ani shakllantirish.
9. Yangilanishning uzluksizligi, davomiyligini ta ’minlash.
H ar bir ta ’lim muassasasi o ‘z pedagogik jamoasining um um pe-
dagogik tayyorligi, istak va xohishlariga muvofiq pedagogik texnolo-
giyani joriy etish strategiyasi va taktikasini o ‘ziga moslab rejalashti-
rishi mumkin.
Pedagogik texnologiyalarni joriy etish uchun o ‘qituvchilar bi
lan quyidagi tashkiliy tadbirlar o'tkaziladi:
- yakka tartibda (individual) ishlash (ta’lim muassasasida, ku-
tubxonada, uyda, m a’rifiy tadbirlarda);
- juft bo'lib ishlash (o‘quv yurtida);
- kichik guruhlarda ishlash (ta’lim-tarbiya muassasalarida, hududiy
tashkilot(arda);
- katta guruhlarda ishlash (mintaqaviy ko'lam da).
Tajriba almashish, ilg'or pedagogik faoliyatni ommalashtirish,
anjum anlarda qatnashish, interfaol m ashg‘ulotlar tashkil etish va
shular kabi ko'rgina tadbirlar ham amalda tez-tez qo'llaniladi.
Bularda quyidagi tartib-qoida va yo'riqlarga rioya qilinishi lozim:
- vaqt rejimiga bo‘ysunish;
- vaqtdan unum li foydalanish;
- o ‘zgalar fikri bilan hisoblashish;
- boshqalarning tajribasi va mulohazalariga hurm at bildirish,
hamkorlik va hamjihatlik;
- keng fe'llilik va tanqid qilmaslik. tanbeh bermaslik;
- mulohazalilik;
- fikrni lo ‘nda bayon etish va boshqalarning fikriga diqqat bil
dirish;
- erkin m unozara vaziyatiga bo ‘ysunish;
- o'zaro munosabatda samiiniylik ham da xolislik va boshqalar.
Pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishda ayrim peda
gogik va psixologik tajribalarni e ’tiborga olish maqsadga muvofiqdir.
0 ‘zlashtirish-shaxsning individual xususiyatiga bog‘liq b o ‘l-
ganligi uchun o ‘quv jarayonini tabaqalashtirilgan yondashuv asosi
da tashkil etish, diqqatni to ‘plash, xotirani mashq qildirish, xa-
rakterni tarbiyalash, axborot olishning yakka tartibli usulini keng
qo'llash zarur.
Shaxsning individual va psixologik diagnostikasi m a'lum otlarini
amaliyotda hisobga olish va o ‘quv faohyatini takomillashtirishning
intensiv usullaridan keng foydalanish, bilim oluvchilarning o ‘z-
lashtirish jarayonini tekshirish va nazorat qilish ham da baholashda
reyting tizimiga bo‘ysunish ijobiy natija beradi. Ta'lim berish va ta r
biyalash jarayonida shaxsning biologik, fiziologik, genetik, sotsial
(ijtimoiy) jihatlarini o ‘rganib pedagogik tadbirlarni tashkil etish va
o ‘qitish mexanizm ini ishga tushirish, avvalo, samara, so‘ngra sifat
ko'rsatkichlarini yaxshilaydi.
M ashg'ulotlar turlarining a n ’anaviy ko‘rinishlari bilan bir qa-
torda noan'anaviy tashkiliy tadbirlarni keng yolga q o ‘yish ta ’lim
oluvchilarning sezilarli darajadagi rivojlanishiga olib boradi. Bunday
o ‘zgarishlar m iqdor va sifat kesim larida, vaqt birligi davom ida
salmoqli natija beradi. M ashq qilish tufayli ko‘rish va eshitish sezgi-
lari evaziga bo ‘ladigan o'zlashtirish natijalarini oshirish pedagogik
tajribada isbotlangan.
0 ‘qitishning asosiy tashkiliy shakli-dars va uning uzviy ham da
mazmuniy davomi b o ‘lgan darsdan tashqari ishlar xilma-xil va-
riantlarda amalga oshirilganda ta'Jimning sifat va samaradorligi pro-
porsional ravishda ko‘tariladi. Bunda motivatsiyaning ahamiyati kat-
ta. Motivatsiya-shaxsni o ‘qishga. ko‘nikma va malaka egallashga hamda
ijtimoiy-foydali m ehnatga yo‘naltiruvchi (undovchi) turli sabablar-
ning yig‘indisidir.
0 ‘zbekiston Respublikasida ta ’lim sohasidagi islohotlaming nati-
jasi oMaroq, pedagogik-psixologik tashhis xizmatining keng ko‘lamda
yo‘lga qo‘yilishi sodir bo'ldi. Salbiy va ijobiy motivlar, kamchilik va
yutuqlar, maqtov va e ’tjroz, tanbeb va rag‘bat nisbatlarining shaxs
oMchamida nomuvofiq baholanishi yaxshi natijalarga olib kelmaydi.
Shuning uchun,
- inson farzandi asosiy tarbiyani otlada olishini;
- dast.labki ta ’lim va tarbiya elementlari bolaning murg‘akligida
shakllanishini;
- maktabgacha ta ’lim turida berilajak m a’lum otlar va tarbiyaviy
fikrlar faqat oilaning shu boradagi fondiga yordam chi ekanligini;
- individual yoki tabaqalashtirilgan ta ’lim omm aviy yonda-
shuvga nisbatan samaraliroq ekanligini;
- o'qituvchi va o'quvchi munosabatidagi eng yaqin va samimiy
ta ’sir funksiyasi kelgusi yutuqlarning garovi bo‘lishini;
- ta ’lim va tarbiyadagi muvaffaqiyatlarning ichki (shaxsiy) va
tashqi (atrof-m uhit) omillarga bog‘liqligini;
- bolalik, o‘smirlik, o'rta va katta yoshlik hamda keksalik davrlari-
dagi aqliy faoliyat bir-biridan jiddiy farq qilish ini;
- balog'at fazasida inson organizmining fiziologik nuqtai nazar-
dan keskin o ‘zgarishlarga uchrashi va buning oqibatida ta ’lim va tar
biya omillariga bo‘lgan m unosabatning ijobiy yoki salbiy taraflarga
o ‘zgarishi mumkinligini;
- ta'limdagi muvafifaqiyatlar shaxsning o ‘z muammolari, aqliy
va jism oniy salomatligi, oilaviy ahvoli, jam oatchilik omillari, mod-
diy ta ’minoti, qiziqishiva o ‘qishgatayyorgarligi, qobiliyati, hayotda
orttirgan belgilari, o ’qituvchilarning kasbiy mahorati, motiv va hissiy
tuyg‘ulari kabi ko‘pgina holatlarga bog‘liqligini pedagogik faoliyatda
diqqat markazida tutgan holda ishlash, o'qitish va tarbiyalash lozim.
Pedagogik amaliyotda pedagogik jarayonning moddiy, obyektiv
jihati doimo ruhiy jarayonlar bilan q o ‘shilgan holda mavjud bo ‘lib,
biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydi. Bu har qanday faoliyatga te-
gishli, lekin, ayniqsa, ta ’lim oluvchilar, tarbiyalanuvchilar va tar-
biyachilar faoliyatiga ko‘proq tegishli.
Pedagogik jarayonni psixologik mexanizmlarsiz amalga oshirjb
b o im aydi.
O damning shaxs sifatidagi eng asosiy belgisi-iming ijtimoiyli-
gidir. Ong va psixik jarayonlar insonning olamni va o ‘z -o '/in i ang-
lashiga xizmat qiladi. Bunda birinchi va ikkinchi signal tizimlari
uyg‘unlikda faoliyat yuritadi. M uloqot va fikrni og'zaki yoki yozma
ifodalash va masofaga uzatish inson individining eng katta yutug'idir.
Individ ijtimoiy mavjudot darajasiga ko'tarilganda shaxsiy sifatlar
mukammallashadi,
Shaxsning eng xarakterli jihati — uning individualligidir. Indi-
viduallik shaxs psixologik xususiyatlarining qaytarilmaydigan (be-
takror) birikmasi bilan ifodalanadi. Shaxsga ta ’sir qilayotgan barcha
om illar uning um ri davomida moddiy va m a’naviy dunyoni ham da
o ‘zligini anglashiga, ularga javob reaksiyasini nam oyon qilishiga va
axborotlam i o ‘zlashtirishiga xizmat qiladi.
Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatn o ‘zgaruvchanlik xusu-
siyatlari shaxs xislatlarining bir butunligini va o'zaro bogliqligidan
iborat bo'lgan murakkab birlikni, ya’ni lining dinam ik struktu-
rasi(tuzilmasi)ni hosil qiladi.
Shaxsning harakatlantinivchi kuchlarini va uning psixologik tuzi-
lishini ham da faollik m anbalarini 3 asosiy om il bilan bog‘lab
o ‘rganiladi:
1. Tashqi tabiiy va ijtimoiy muhit.
2. Shaxsga umri davomida tizimli tarzda va uzluksiz marom da be-
riladigan ta'lim -tarbiya.
3. Odamga tug‘m a ravishda beriladigan nasliy xususiyatlar.
Psixologlar ta ’lim-tarbiya jarayonlarining obyektlari va subyekt-
lari hisoblanadigan shaxs xaritasining bir qator elementlarini e ’tirof
etadilar.
Psixologlar qobiliyatning nam oyon bo‘lishida psixomotor, musi-
qiy, vokal, artistlik, badiiy, texnik, m atem atik, adabiy, ilmiy,
pedagogik, tashkilotchilik, axloqiy, huquqiy jihatlarni, xarakter-
ning umumiy xislatlari sifatida esa insonparvarlik, vatanparvarlik
qat’iylik, soflik, g‘ayratlilik, faollik, uyushqoqlik, jamoatchihk, op-
timizm, ko‘ngHchanlik kabi individual xususivatlarni qayd etishgan.
Psixik jarayonlar bilan bog‘liq individual xususiyatlar ta ’lim
jarayonida va tarbiyalanishning turli bosqichlarida katta ahamiyat kasb
etadi. Bular - em otsional muvozanatlilik, diqqat-e’tiborlilik, xoti-
raviy mustahkamlik kuchli emotsiyalar, tanqidiy tafakkur, farosat-
lilik, ijodiy xayol, irodalilik, maqsadga intiluvchanlik, m atonatli-
lik, q at’iyatlilik, intizomlilik kabi sifatlar biJan bog’liq ijobiy yoki
salbiyjihatlardir.
Insondagi biJimlarning hosil bo‘lishida undagi 5 ta sezgi a ’zolari
vositasida qabul qilingan va ishlab chiqilgan axborotlar nisbati quyi-
dagicha:
K o‘rish a ’zosi orqali
- 80-85 %
Eshitish a ’zosi orqali
- 9-13 %
H id bilish a ’zosi orqali
- 2,5-3,5 %
Teri sezgisi orqali
- 1,5-3 %
T a’m bilish a ’zosi orqali - 1-2 %
Jam i
- 100 % gacha.
Turli sezgi organlari ishtirokida o ‘zlashtirilgan va qayta ishlan-
gan axborotning oradan 2 hafta o ‘tgach, quyidagi miqdorlari eslab
qolinadi:
0 ‘qilganlar
- 10 %
Eshitilganlar
- 20 %
K o‘rilganlar
- 30 %
K.o‘rilgan va eshitilganlar
- 50 %
Gapirilganlar
- 80 %
Gapirilgan va amalda bajarilganlar - 90 %.
Eslab qolish va o ‘z)ashtirish bilan bog‘liq unutish, xotiraga joy-
lash, qismlarga ajratib yodlash, mexanik yoki anglab yodlash, xotira
mashqi suggestopediya (bir shaxsning boshqasiga psixik ta ’sir
ko‘rsatishi), suggestiya(lotincha-ishontirish), gipnopediya(uyquda
o'qitish) kabi ko‘pgina ta ’lim beruvchi va tarbiyalovchi operatsiya-
lar ham pedagogik tizimga tez kirib kelmoqda.
Zam onaviy ta ’lim texnologiyalari belgilangan maqsadga m u-
vofiq yo‘nalish va hajmga ega b o ig a n ta ’lim mazmunini davlat ta’lim
standartlari, o ‘quv rejasi, o ‘quv dasturi va darsliklar asosida yetka-
zishga xizmat qiladi. H ar qanday texnologiya ta ’lim maqsadiga mos
sabab bilan yaratiladi.
Pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bilan bog'liq ko'pgina tash-
kiliy-uslubiy m uam m olar ham borki, bugungi kunda ularni, albat-
ta, e’tiborga olish lozim bo'ladi. Bular-o‘qituvchining kasbiy salo-
hiyati va metodik mahorati, poyindor bilimi, o'quv-m etodik ta ’m in-
langanligi, malakasini oshirishi va jahon pedagogik tajribasidan xa-
bardorligi, fuqarolik mas’uliyati, axborot olam ining benihoya ken-
gayib borayotganligi, ta ’lim muassasaJarining moddiy va m a’rifiy
imkoniyatlari, bilim va kasb-hunar egallovchilar kontingentning
dunyoqarash k o ‘rsatkichlari bilan bog‘liq masalalardir. Eng muhi-
mi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng miqyosda foy
dalanish shiori ostida va innovatsion texnologiyalarni joriy etish
bahonasida tarix va ijtimoiy hayot sinovidan muvalfaqiyatli o'tib va
yashab kelayotgan a n ’anaviy o ‘qitish metodikasi. m etod va usulla-
ridan voz kechib yubormaslikdir.
Biroq o'qitish jarayoni dinamik va barhayot jabha bo'lganligi tu-
fayli ham unga yangilik kirishi va yangilanish am aliyotining davom
etishi tabiiydir. Shuning uchun ham, sinalgan va samara beradigan
pedagogik texnologiyalarni qo'llash zaruriy holdir.
|