Pedagogik texnologiyaning tajriba-sinovlari




Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/89
Sana22.02.2024
Hajmi6,99 Mb.
#160530
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Omonov H.T, Xo\'jayev N.X, Madyarova S.A, Eshchonov

9.2. Pedagogik texnologiyaning tajriba-sinovlari
Pedagogik faoliyatda q o ‘llaniladigan har qanday texnologiya- 
ning ishonchliligi, samaradorligi va lining chin zaruratini aniqlashda 
tajriba-sinov ishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiya- 
larni loyihalashtirish, ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy qi­
lish jarayonida am alga oshiriladigan tashkiliy va uslubiy tadbirlar 
orasida tajriba-sinovlarni tashkil qilish va o ‘tkazish m uhim bos- 
qich hisoblanadi.
Shuning uchun ushbu tajriba-sinovlar xususida qisqacha (nrux- 
tasar) m a’lum ot berilishi maqsadga muvofiqdir.
Pedagogik tajriba-sinovlar o ‘tkazishning asl mohiyati amaldagi 
pedagogik jarayonlarni takomillashtirishga olib boradigan tadqiqot- 
lar va ularning farazlariga muvofiq ravishda, aniq m aqsad sari 
yo'naltirilgan yangi yo'nalish. mazmun, usul, vosita va yangi ta ’lim- 
tarbiyaviy m uhit yaratishdan iboratdir.
Masalani aniq tasavvur qilish uchun asosiy tushunchalarning 
ta ’riflarini aniqlab olishimiz lozim.
Tajriba-sinov —bu shunday tafakkur m etodi b o ‘lib, uning yor- 
dam ida tabiiy yoki sun’iy tarzda yaratiladigan, nazorat qilinadigan, 
boshqariladigan jarayonlar tadqiq qilinadi, m uam m olam i hal qilish- 
ning yangi vositalari izlanadi va amalda sinab ko‘riladi.
Pedagogik tajriba-sinov-bu ilmiy-pedagogik tafakkur metodi 
b o ‘lib, pedagogik omillar, shart-sharoitlar, jarayonlar va uslubiy 
yondashuvlar orasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniq rejalar 
asosida oydinlashtirish imkoniyatini beradigan tadbirlardir.


Nazariy metod-pedagogik texnologiyani modellashtirish, tahlil 
qilish, sintezlash, taqqoslash, um um lashtirish, tabaqalashtirish, 
uning tizim larini integratsiyalashtirish va ular o ‘rtasidagi eng m u- 
him qonuniy bog'lanishlarni aniqlashdir.
Em pirik m etod-tajriba-sinov tadbirlariga oid m a’Ium boMgan 
ilmiy-nazariy, o'quv-uslubiy, ilm iy-om m abop, qo'shim cha ada- 
biyotlarni o ‘rganish va mavjud g‘oyalar, farazlar ham da tajribalarni 
tahliJ qilish evaziga tajriba-sinovga daxldor modellar va bajarilishi 
kerak bo'lgan ishlar loyihasini yaratish, sinab ko‘rish va amaliyotga 
tatbiq qilish metodidir.
Tajriba-sinov ishlari natijalarining ishonchliligi va kafolatlan- 
ganligi m uhim ko‘rsatkichdir. Tajriba-sinovlarni amalga oshirish 
natijasida har xil kutilmagan xulosa va natijalar olinishi mumkinligi 
nazarda tutilishi lozim. Buning sababi shundaki, tajriba-sinovlar 
yakuni ham m a vaqt ham kafolatli natijalarni beravermaydi. Tajriba- 
sinovlaming muvaffaqiyati ko'p jihatdan uni o ‘tkazuvchining uquv 
va malakasi, metodik m ahorati, bilim va tajribasi, respondentlar 
(tajriba-sinov ishtirokchilari) ning soni va ularning bu tadbirlarga 
munosabatlariga bog'liq.
Tajriba-sinovlarga kirishishdan oldin shu sohaga doir eng maqsadga 
muvoflq ish metodini belgilab olish muhimdir. Bu metodlar, aso- 
san, yuqorida aytilgan nazariy hamda empirik tajribalarga asoslangan 
ikki asosiy guruhga bo'linadi.
Tajriba-sinovga mavzu qilib olingan m uam m oga bog'liq barcha 
m e’yoriy va metodik huijatlar, tavsiyalar, yo'niqnom alarni o'rganib 
chiqish zarur hisoblanadi.
T a’lim-tarbiya muassasalari faoliyatiga doir turli hujjatlarni tah­
lil qilish, pedagogik kuzatuvlar olib bdrish,'-og‘zaki va yozma so'rovlar 
o'tkazish, anketa va test savollariga javciblar olish, turli ilg'or tajri­
balarni o'rganish va umumlashtirish ishlarini amalga oshirish ham
pedagogik tajriba-sinovlarga yordam befadi.
Bunday ishlarni tashkil etish va o'tkazish borasida pedagogik 
texnologiya asoslariga doir o'quv qo'llanm asini davlat tilida birin- 
chilardan bo'lib yaratgan mualliflar — J.G '.Y o'ldoshev va S.A. Us- 
monov eng asosiy tasniflarni takh f etganlar.
Tajriba-sinov ishlaiini tashkil qilish quyidagilami o ‘z ichiga oladi:
1. Pedagogik texnologiyaning tajriba-sinov dasturini tayyorlash.
2. Dasturni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish:


- tajriba-sinov ishlarining moddiy bazasini yaratish;
- boshqariiv vazifalarini taqsimlash;
- kadrlarni bu jarayonga maxsus tayyorlashni tashkil qilish.
3. Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish.
4. Tajriba-sinovda ishtirok etgan pedagoglami moddiy va m a’naviy 
rag‘batlantirish.
5. Ilmiy rahbar yoki konsultant izlash, tanlab olish va ularni 
tajriba-sinov ishlariga jalb etish.
Tajriba-sinov dasturini tayyorlashda quyidagi la r nazarda tutiladi:
1. Taklif qilinayotgan pedagogik texnologiyaning dolzarbligini 
asoslash. U ning asosiy m azmunining bayoni.
2. Tajriba-sinov obyektini aniqlash:
- pedagogik jam oa;
- o ‘quvchilar;
- tarbiyaviy ish tizimlari va boshqalar.
3. Tajriba-sinov predmeti.
4. Tajriba-sinov maqsadini talqin etish:
-yangi metodika;
-yangicha tabaqalashtirish;
-yangi dastur yoki o ‘quv rejasi;
-m a’lum texnologiyaning yangicha varianti;
-yangi metodik ishlanma va hokazo.
5. Tajriba-sinov vazifalarini umumiy hamda xususiy maqsadlar 
bo'yicha aniq belgilash.
6. Tajriba-sinovning aniq metodikalari va metodlarini tanlab olish.
7. Tajriba-sinov m uddatini belgilash.
8. Tajriba-sinov bosqichlarini belgilash.
9. Talab qilinadigan vaqt miqdorini belgilash.
10.Tajriba-sinovning aniq bazasini aniqlash.

l.Tajriba-sinovdan lcutilgan natijalarni baholash mezonlarini 
tanlab olish.
12. Kutilayotgan natijalarni belgilash.
13.Tajriba-sinov dasturini ekspertiza qilish tartibini belgilash.
14.Tajriba-sinov jarayoni natijalarini kuzatib borish, nazorat 
qilish qoidalarini belgilash.
15.Tajriba-sinov natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilash 
va boshqalar.
Pedagogik texnologiyalaming samaradorligini baholash uchun 
uning uzluksiz kuzatilishi-monitoringini tashkil etish lozim.



Download 6,99 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   89




Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik texnologiyaning tajriba-sinovlari

Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish