• Lining hajm ini standartlashtirish masalasi 2001-yil- ning 16-avgusdda
  • X BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA VA PEDAGOGIK




    Download 6,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/89
    Sana22.02.2024
    Hajmi6,99 Mb.
    #160530
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89
    Bog'liq
    Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Omonov H.T, Xo\'jayev N.X, Madyarova S.A, Eshchonov

    X BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA VA PEDAGOGIK 
    MAHORAT UYG‘UNLASHUVINING 
    ISTIQBOLLARI
    10.1. Oliy ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni 
    qo‘Hashning ahamiyati
    O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan yagona va uzluksiz 
    ta 'lim tizim ini tashkil etuvchi 7 ta ta ’lim turi-m aktabgacha ta ’lim, 
    umumiy o ‘rta ta ’lim, o 'rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi, oliy t a ’lim, 
    oliy o ‘quv yurtidan keyingi ta'lim , kadrlarni qayta tayyorlash va 
    ularning malakasini oshirish ta ’limi, m aktabdan tashqari t a ’lim 
    kabilar orasida oliy ta ’lim turi malakali mutaxassislar va xalq xo‘jaligi 
    hamda jam iyat hayotining turli jabhalarida xizmat qiluvchi kadrlar 
    tayyorlashning samarali «o‘chog‘i» sifatida alohida o ‘rin egallaydi. 
    Shuning uchun h am b u ta ’lim turiga alohida va jiddiy e ’tibor beri- 
    lishi hayotiy zaruratim iz darajasiga k o ‘tarilgan. Oliy ta'lim ning 
    mazm uni va 
    Lining 
    hajm ini standartlashtirish masalasi 2001-yil- 
    ning 16-avgusdda Vazirlar M ahkam asining maxsus qarori bilan 
    rasmiy vazifa tarzida tasdiqlandi. Shundan keyingi o'tgan tarixan 
    qisqa vaqt mobaynida ushbu ta ’lim turi bilan shug'ullanuvchi muas- 
    sasalar va ularning m utasaddilari to m onidan k o ‘pgina ijobiy ishlar 
    amalga oshirildi. F anlar bo'yicha davlat ta ’lim standartlarini yara- 
    tish, o ‘quvreja va nam unaviy o ‘quv dasturlarini barpo etish, darslik 
    va boshqa o ‘quv adabiyotlarining yangi avlodini nashrga tayyor­
    lash va ularni o ‘quv amaliyotiga kiritish kabi ishlar shu jum ladan- 
    dir. T a’lim m azm unini chuqurlashtirish, ta ’lim ning amaliy tam o- 
    yillarini takom illashtirish, ta'lim jarayonlarini intensivlashtirish, 
    t a ’lim texnologiyalarini m ukam m allashtirish, ta ’lim va tarbiya- 
    ning birligini kuchaytirish, xususan, ushbu ta ’lim turining m azm u- 
    niga nafaqat bilim , k o ‘nikm a va m alaka, balki um um insoniy 
    m adaniyatni tashkil qiluvchi - ijodiy faoliyat tajribasi, atrof-m u- 
    hitga nisbatan ijobiy m unosabatlarni ham kiritish g ‘oyasi kun tar- 
    tibiga k o ‘ndalang qilib q o ‘yildi.


    Bunday ulkan vazifalarning maqsadga muvofiq tar/da bajarilishi 
    ko‘pgina omillarga bogiiqdir. U larni ijtimoiy hayolning quyidagi 
    kom ponentlari ro'yobga chiqarishi mumkin:
    - faoliyat turlari (moddiy, amaliy, ijtimoiy, m a’naviy);
    - ijtimoiy ong shakllari (axioq, san’at, siyosat, falsafa, fan va 
    boshqalar);
    - ijtimoiy m unosabatlar tizimi (moddiy va mafkuraviy);
    - moddiy, ijtimoiy va tabiiy borliq (keyingi avlodlarga meros 
    qilib qoldirilgan boyliklar).
    T a’lim mazmuni, uning kom ponentlari, tarkibi, vazifalari ha- 
    qida so‘z ketganda dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan 
    mavhumlik, bilimlar bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari o'rta- 
    sidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur.
    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta ’kidlanganidek, «Za- 
    monaviy iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish 
    asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratish- 
    m am lakatni taraqqiy ettirishning eng muhim sharti hisoblanadi. 
    Tizimning amal qilishi kadrlarning istiqbolga moMjallangan vazi­
    falarini hisobga olish va hal etish qobiliyatiga, yuksak umum iy va 
    kasbiy madaniyatga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy 
    hayotda mustaqil ravishda yo^nalish ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan 
    yangi avlodni shakllantirishni ta ’minlaydi».
    K adrlar tayyorlash sohasida hozirga qadar amalga oshirilayot- 
    gan o'zgarishlar faqat mavjud ta’lim tizimini isloh qilishga qaratil- 
    gan edi. U shaxs, jam iyat va davlatning ehtiyojlari bilan kasbiy tay- 
    yorgarlikning amaldagi tizimi o'rtasidagi tafovutlarni bartaraf etishni 
    ta ’minlam as edi. Xalqaro tajribani, mavjud kadrlar tayyorlash tizi- 
    mining ahvoli vam uam m olarini tahlil qilish asosidauning prinsip 
    jihatidan yangi modeli ishlab chiqildi.
    K adrlar tayyorlash tizimi yangi modelining mohiyati va o ‘ziga 
    xos xususiyati unga asosiy tarkibiy qismlar sifatida quyidagi kom po- 
    nentlar kiritilganligidadir:
    - shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti, ta ’limga 
    oid xizm atlam ing iste’molchisi va ulam ing yaratuvchisi;
    - uzluksiz ta ’lim — kadrlar tayyorlashning poydevori asosi;
    - fan — yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi va ulaming 
    iste’molchisi;


    - ishlab chiqarish — kadrlarga bo ‘lgan ehtiyojning istiqbolini 
    belgilashni, ularning tayyorgarlik darajasi sifatini baholashni, shu- 
    ningdek, kadrlar tayyorlash tizim ini qisman moliyaviy va moddiy- 
    texnikaviy ta'm inlashni amalga oshiruvchi asosiy buyurtm achi;
    - davlat va jamiyat — kadrlarning tayyorgarligi sifatini nazorat 
    qilish va baholashni amalga oshiruvchi, kadrlarni tayyorlash va ular- 
    ni qabul qilib olishning bosh kafillari.
    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» um um iy m adaniyatni shakl- 
    lantirish, jamiyatdagi hayotga moslashtirish, kasb-korga va ta ’limga 
    oid dasturlarni ongli ravishda tanlash ham da keyinchalik ro ‘yobga 
    chiqarish uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik- 
    pedagogik va boshqa shart-sharoitlarni yaratishni, oila va jamiyat, 
    davlat oldidagi o ‘z m as’uliyatini anglovchi barkam ol insonni tar- 
    biyalashni nazarda tutadi.
    Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga jadal sur’atlar bilan 
    kirib borish jarayoni respublikamiz aholisi uchun ta ’lim darajasini 
    oshiruvchi om illardan biri bo'lib hisoblanadi. Bu, birinchi navbat- 
    da, bozor munosabatlarining rivojlanishiga bogTiq b o ‘lib, u jara­
    yon bilim darajasiga, iqtisodiyot va ekologiya, kompyuter texnikasi 
    va axborot texnologiyalari ustuvor bo‘lgan va xalq xo‘jaligining rivoj- 
    langan tarmoqlariga, ta ’lim tizimining takomillashuvi va kadrlar 
    tayyorlashga bog'liq boMadi.
    Kadrlar tayyorlash muammosining samarali yechimi, birinchi 
    navbatda, bugungi kun talablariga javob bera oladigan psixologiya, 
    pedagogika, iqtisodiyot, ekologiya, m adaniyat, huquqshunoslik va 
    shunga o'xshash boshqa fanlarning bilim asoslarini chuqur biladi- 
    gan professional malakaga, har tom onlam a chuhur bilimga ega 
    bo ‘lgan o'qituvchi kadrlar tayyorlanishi bilan bogliqdir. Shu m uno- 
    sabat bilan O 'zbekiston Respublikasining Prezidenti l.A.Karimov 
    Oliy Majlisning IX sessiyasida ta ’kidlab o ‘tganidek: «Domlalar, pro- 
    fessorlar, kafedra mudirlari o ‘z ustida ishlamasa, o ‘z sohasi bo‘yicha 
    chet mamlakatlarga ilmiy safarlarga borib kelmasa, tajriba almashti- 
    rilmasa, albatta, bunday ahvol o ‘quv jarayoniga va uning samarasiga 
    salbiy ta ’sir qiladi».
    Rivojlangan m am lakatlar tajribasi shuni k o ‘rsatib tnribdiki, 
    yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda quyidagilar 
    hal qiluvchi ahamiyat kasb etar ekan:
    1. Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o ‘zaro samarali aloqadorligi.


    2. T a’lim korxonalari va professional ta ’lim dasturlari lurlarining 
    xilma-xilligi, ularning fan va texnikaning eng so'nggi yutuqlari, 
    iqtisodiyot va texnologiyalarning eng yuqori andozatari va ko‘ri- 
    nishlaridan foydalanish.
    3. Professional ta ’lim tizimini ustuvor va foyda keltiruvchi iqti- 
    sodiy tarm oqqa aylantirish.
    4. T a’lim muassasalariiii zamonaviy o ‘quv-metodik adabiyotlar 
    bilan ta ’minlash va ularning moddiy-texnik bazasini yaratish ham da 
    ularning moliyaviy ko'rsatkichlarini mustahkamlash.
    5. Professional ta ’lim tizimiga eng yuqori malakali o'qiluvchilarni 
    va mutaxassislarni jalb ettirish.
    6. 0 ‘quv jarayonini axborot lashtirish va kompyuterlashtirish.
    7. K adrlar tayyorlashning sifat bahosini va obyektiv nazorat 
    tizim ini qo'llash.
    8. Shaxsning rivojlanishi, o ‘lchovi, sifat va xulqini, qobiliyat 
    intellektini baholash va kasbiy mahorati muammolariga bag‘ishlangan 
    psixologik-pedagogik izlanishlarni bajarish.
    9. 0 ‘qituvchilarni yuqori darajada moddiy rag‘batlantirish va ulami 
    ijtimoiy himoya qilish.
    Bu holatlarning barchasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da 
    o‘z aksini topgan. Bugungi kunning mutaxassisi har tom onlam a rivoj- 
    langan yuqori darajadagi intellektga ega b o lgan, fan asoslarini chu- 
    qur o ‘rgangan bilimdon, zukko, dono, fidoiy, m a’rifatli va m a’na- 
    viyatli inson bo'lishi kerak. U o 'z mutaxassisligidan iashqari, xori- 
    jiy tillardan birini egallagan bo'lishi hamda konipyuter texnikasi- 
    dan foydalana olishi shart.
    Oliy ta ’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan o ‘q\tuvchi zamonaviy 
    pedagogik texnologiyalar, ta ’lim -tarbiya jarayonini faollashtirish 
    usullari va o ‘qitiladigan fanlar bo'yicha sifatli bilim, ko‘nikma va 
    malakalarni hosil qilishni ta ’minlovchi pedagogik usullarni qo‘llay 
    bilishi lozim. U zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyati, 
    maqsadi va vazifalarini o'rganib chiqib, ular haqida ilmiy asoslan- 
    gan m a’lumotlar, amaliy yo'llanm alar ishlab chiqishi, ilg‘or peda­
    gogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirganidan so‘ng, uni ta ’lim 
    tizimiga joriy eta olishi kerak.
    Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayoni, jam iyat- 
    ning tez o ‘zgarib borayotgan turm ush sharoiti, ta ’lim tizimiga 
    ta ’sirchanlik va tezkorlik xossalarining berilishini, ya’ni ijtimoiy va


    iqlisodiy taraqqiyot talablariga javob berish, shaxs qobiliyati va is- 
    te ’dodini hisobga olish imkoniyat va shart-sharoitlarini yaratishni 
    taqozo etadi.
    0 ‘quv-tarbiya dasturlarining ta ’sirchanligi va tezkorligini ta ’- 
    minlash ta ’lim jarayonini differensiatsiyalash m uam m osi bilan uz- 
    viy bog‘liq. Hozirgi sharoitda, so‘zda emas, ishda uzluksiz ta ’lim 
    tizim igata’limni differensiyalash prinsip va mexanizm larini joriy 
    etish kerak.
    Ta'lim ni differensiatsiyalash zamonaviy t a ’lim tizimining aso­
    siy xususiyatlaridan biridir. U o ‘quvchi-talabalarning shaxsiy ehti- 
    yojlari, lavoqati. imkoniyatlari, qiziqishlari, kasb tanlashidan kelib 
    chiqqan holda turli ko'rinishda bilim olish im koniyatini beradi.
    0 ‘quv-tarbiya jarayonida qatnashuvchi barcha subyektlarning 
    o bzaro samarali ta ’sirini t a ’minlovchi mexanizmlar va shart-sharoit- 
    lami yuzaga keltirish zarur. Umuman olganda, ushbu tizimning barcha 
    tarkibiy qismlari — oila, uzluksiz ta ’lim, mahalla, jam oat birlash- 
    m alari, jam g‘arm alar mavjud. Biroq, birinchidan, ulam ing o ‘z 
    ichidagi samaradorlik faoliyatini k o ‘tarish, ikkinchidan, samarali 
    ta ’sirchanlik, ya’ni uzviyligi, bir-biriga cham barchas bog‘liqligidan 
    kelib chiqib ulaming faoliyatini takomillashtirish lozim.
    T a’lim muassasalarinmg faoliyatini ijtimoiy institutlar sifatida 
    tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Bunda, maktab, litsey, kollej, 
    institutlarni nafaqat ilm-fan maskani, balki haqiqiy m adaniy-m a’rifiy 
    markazlarga aylantirish kerak. Ular mahalla, oila, jam oat birlash- 
    malari bilan yaqindan aloqada bo‘lishlari shart. Ushbu maskanlarda 
    ijod qilish m hi, ijtimoiy faollik, shaxsiy ishtirok, o'zaro hamkorlik 
    m uhitining yaratilishi, bir tarafdan, mustaqil fikr yurituvchi shaxsni 
    tarbiyalashga, ikkinchi tarafdan, yangi ijtimoiy m uhit, tafakkur- 
    ning shakllanishiga olib keladi.
    Oliy ta ’lim muassasalaridagi o ‘quv-tarbiya jarayonida modulli 
    ta ’lim texnologiyasi, hamkorlikda o ‘qitish texnologiyasi, didaktik 
    o ‘yin texnologiyalari, m uam m oli ta ’lim texnologiyalaridan foydala­
    nish yo‘llari ishlab chiqildi.
    Talabalarda darslik, ilmiy-om mabop va qo‘shimcha adabiyotlar 
    bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalari, ijodiy va mustaqil fikrlashni 
    rivojlantirish maqsadida modulli ta ’lim texnologiyalaridan foydala- 
    niladi. M odulh ta ’lim texnologiyalarining o ‘ziga xos jih ati o ‘r- 
    ganilayotgan mavzu b o ‘yicha talabalarning mustaqil va ijodiy ishla-


    shiga imkon beradigan modulli dastur tuziladi. Talabalar modul 
    dasturi yordamida mustaqil va ijodiy ishlab, m ashg'ulotlardan ko‘z- 
    langan maqsadga erishadilar.
    M odul dasturlari o ‘rganilayotgan mavzu yuzasidan talabalar 
    bajarishi lozim bo‘lgan topshiriqlar, topshiriqlarni bajarish bo'yicha 
    ko‘rsatmalarni o ‘zida mujassamlashtiradi. Ishlab chiqilgan dasturlar 
    m azm un va niohiyatiga ko‘ra, talabalarning individual, ikkita talaba 
    birgalikda va kichik guruhlarda hamkorlikda ishlashiga mo'ljallangan 
    modul dasturlariga ajratiladi. M odul dasturlarning didaktik maqsa- 
    didan kelib chiqib, o ‘quv-tarbiya jarayonidau o 'z o'rnida foydala­
    nish yuqori samara beradi.
    0 ‘quv-tarbiya jarayonida hamkorlikda o ‘qitish texnologiyasi me- 
    todlaridan foydalanish h ar bir talabani kundalik qizg‘in aqliy meh- 
    natga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o ‘rgatish, shaxs sifatida ong- 
    li mustaqillikni tarbiyalash, talabada shaxsiy qadr-qinim at tuyg'usini 
    vujudga keltirish, o 'z kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonchini mus- 
    tahkamlash, ta ’lim olishda m as’uliyat hissini shakllantirishni ko‘zda 
    tutadi. H amkorlikda o ‘qitish texnologiyasi har bir talabaning ta ’lim 
    olishdai muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini angla- 
    gan holda muntazam va sidqidildan aqliy m ehnat qilishga, berilgan 
    topshiriqlarni sifatli bajarishga, o‘quv materialini puxta o ‘zlashtinshga 
    zamin tayyorlaydi.
    Oliy o'quv yurtlarida olib boriladigan mashg‘uIotlarda ham kor­
    likda o ‘qitish texnologiyasining guruhlarda o'qitish, zigzag yoki arra, 
    kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodlaridan foy­
    dalanish uchun pedagog har bir m etodning didaktik maqsadini 
    anglagan holda o ‘quv topshiriqlarini tuzadi va ulardan o 'z o'rnida 
    foydalanish yoMlarini belgilaydi.
    Hozirgi kunda juda ko‘p metodist va pedagog olimlar «Zamonaviy 
    pedagogik texnologiyalar» talaba-o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda 
    ko'zlangan maqsadga erishishni to ‘la kafolatlaydi, deb qaralmoqda. 
    T o ‘g‘ri, zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlab chiqarishda 
    boshqaruvchidan katta kuch talab qilinmaydi. Maxsus texnologiya- 
    ning o ‘zi qo‘yiIgan maqsadga to'la erishishni kafolatlaydi. Ammo bu 
    nazariyani pedagogik texnoIogiyadato‘laligicha qabul qilib boMmaydi, 
    chunki bunda obyekt shaxs bo'lib, uning ongi taklif qilinayotgan 
    texnologiyani toialigiclia qabul qila olmaydi, aksincha uni inkor 
    qilishi mumkin. Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik tex-


    nologiyaiarni ta'limjarayoniga kiritishda uning boshqaruvchisi bo‘lgan 
    pedagog ko’zlangan maqsadga erishishning bosh kafolatchisibo‘ladi. 
    Demak, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni uning asosiy negizi 
    b o ‘lgan axborotlar texnologiyasini ta ’lim tizimiga joriy etishda 
    uning boshqaruvchisi bo‘lmish pedagogning tayyorgarlik darajasini 
    birinchi o ‘rinda hal qilish bugungi kun «Pedagogika» fanining eng 
    dolzarb m uam m olaridan biriga aylandi.
    Oliy ta ’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o'quv ja ra­
    yoniga joriy etish ko‘lamini kengaytirish, bu yo‘nalishda ilg‘or peda­
    gogik tajribalarni tatbiq etish, har bir fan b o ‘yicha bu sohada aniq 
    rejalarni tuzish va amalga oshirish; darslik, o ‘quv qo‘llanma, dastur, 
    m a'ruza matnlarini tayyorlash, ilmiy-metodik ishlarda, o ‘quv-tarbiya 
    jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etishni 
    rivojlantirish, ularni axborot vositalari bilan ta ’minlash ham da kom- 
    munikatsion tarmoqlarga bog‘lash eng muhim vazifa hisoblanadi.
    Umuman olganda, oliy ta ’lim tizimida faoUyat ko‘rsatayotgan har 
    bir pedagog quyidagi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, ya’ni:
    - zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari;
    - pedagogik texnologiyalar konsepsiyasining rivojlanish tarixi;
    - ta'lim jarayoniga texnologik yondashish haqida tasavvurga ega 
    bo‘lish;
    - pedagogik texnologiyalarning didaktik qonuniyatlarini;
    - o'qitiladigan fanga tegishli ilg‘or o ‘qitish texnologiyalarini;
    - didaktik jarayonni m a’lum vaqt chegarasida loyihalanishi;
    - o ‘qitishning faol m etodlarini bilish va qoMlay olish;
    - uy vazifalarini maqsadli, taslixisli va aniq o'quv element turi 
    tarzida berish, texnologiya loyihalarining mantiqiy tuzilmasi, kor- 
    reksiyasi;
    - o ‘quv maqsadlari tavsiyanomasini ishlab chiqish;
    - test topshiriqlarini talaba faoliyat darajalariga mos holda tuzish 
    bo'yicha ko'nikmalarga eg ab o ‘lish sharti;
    - internet kompyuter tarm og‘idan foydalanish;
    - o ‘quv jarayoniga elektron pochtadan foydalanish b o ‘yicha 
    ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
    - reyting nazorati va talabalarning bilimlarini obyektiv baholashni 
    bilishi kerak.
    Bugungi kunda respublikamizda oliy ta 'lim tizim i yangi rivojla- 
    nish pog‘onasiga ko‘tarildi: ikki bosqichli ta ’lim — bakalavriat va


    magistratura faoliyat ko‘rsata boshladi; davlat ta'lim standartlari ishlab 
    chiqildi; talabalarning mustaqil ta ’lim olishini yakka tarlibda amalga 
    oshirish joriy etilyapti, ta ’lim m azm unida fan va ishlab chiqarish 
    integratsiyasi o ‘z aksini tobora k o ‘p ro q topm oqda; professor- 
    o'qituvchilarning kasbiy m ahoratini oshirishga e ’tibor kuchaytiril- 
    ganligi alohida tahsinga loyiq.
    T a’lim-tarbiyaviy jarayonni rivojlangan davlatlar tajribalari aso­
    sida takomillashtirish, uning ishtirokchilari - o ‘qituvchi va talaba- 
    magistr faoliyatini «subyekt-subyekt» imkoniyatlari asosida tashkil 
    etish zarurati bugun barcha oliy o ‘quv yurtlarida pedagogika va psixo- 
    logiya fanlarini o ‘quv rejasiga kiritish lozimligini isbotladi. Endigi 
    vazifa esa, bu fanlarni o ‘qitishga alohida e’tibor qaratish, pedagogik 
    faoliyatning siru sinoatlarini tadqiq qilish asosida amaliy xulosalar- 
    ni qo‘lga kiritishdir.
    Respublikada shaxs manfaati va ta ’lim ustuvorligi e ’tiro f etilgan 
    bir davrda pedagogika fani erkin shaxsni shakllantirish qonuniyat- 
    lari, yoshlar shaxsini hayotga moslashtirishning shakl va metodlari, 
    m azm uni vaprinsiplarini o ‘rganadi.Endilikdapedagogikao‘z pred- 
    m eti, fanlar bilan aloqasi, pedagogik bilimlar tizim i va ulam ing 
    mantiqiy tuzilmasi, nazariy pedagogik bilimlarni tarbiyaga, ta ’lim 
    amaliyotiga qo‘llash masalalariga doir m uam m olarni qaytadan yan­
    gicha talqinda q o ‘ymoqda. Demak, pedagogikada tadqiqotlarning 
    dolzarbligi, bir tom ondan, jamiyat ehtiyoji — o ‘quv-tarbiya tizim i­
    ni yanada rivojlantirish bilan, boshqa tom ondan esa, pedagogik bi- 
    limlarning yangilanish va rivojlanish darajasi bilan belgilanar ekan.

    Download 6,99 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89




    Download 6,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    X BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA VA PEDAGOGIK

    Download 6,99 Mb.
    Pdf ko'rish