PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK
МЛН О RAT BILAN ALOQADOR AYRIM
S O ‘ZLARNING IZOHLI LUG‘ATI
Absolut va nisbiy haqiqat — bilish jarayonining taraqqiyotini
belgilovchi kategoriyalar. Nisbiy haqiqat o ‘sib absolut
haqiqatga ay-
lanadi.
Abstrakt tafakkur — narsa va hodisalarning bevosita idrok qilish
mumkin bo‘lmaganxususiyatlari, o ‘zaro munosabatlari,
qonuniyat-
lari haqidagi mavhum tushunchalar asosida fikrlash turi. Bunda
mavhum tushunchalar hosil qilinadi.
Abstrakt tushuncha — narsa va hodisalarning mavhum belgi, xusu-
siyat, sifat va o ‘zaro munosabatlarini aks ettiradigan tushunchalar.
Avtoritar pedagogika (avtoritar pedagogik texnologiya) — ta’lim-
tarbiya jarayoniga rahbarlikda o ‘qituvchining obro‘siga asoslanish, unga
o'quvchilarning ko‘r-k o ‘rona, so‘zsiz itoat etishlari. Bunda o ‘quv-
chilam ing
erkin va mustaqil fikrlashlari, shunday harakatlar qi-
lishlari cheklangan bo‘ladi.
Avtoritet — shaxsniig boshqalar e ’tirof qilgan obro‘si, fazilati,
boshqalarga nisbatan ta ’siri va ular tom onidan qadrlanishi. Avtoritet
chin yoki sohta bo‘ladi.