|
Та’limning jamoa usuli (jamoa ta'limi)Bog'liq Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Omonov H.T, Xo\'jayev N.X, Madyarova S.A, EshchonovТа’limning jamoa usuli (jamoa ta'limi) — o'quvchilarning bir-
birini o ‘qitish shakli. H ar bir o'quvchiga yangi dars mavzusi bo‘yicha
bir varaqdan kam b o ‘lm agan hajmdagi ilmiy main yoki maqolani
qayta so‘zlab berish va ham m a savollarga javob bcra olish darajasida
o ‘rganish topshiriladi. H ar bir o'quvchi navbatma-navbat bir necha
o'quvchi bilan bittadan abzatsni, misolni, savolni o ‘zaro muhoka-
m a qilib, o ‘zlashtiradi. So'ngra kichik guruh yoki butun sinf oldida
so‘zlab beradilar va o'qituvchining savollariga javob qaytaradilar,
yozma bayon qilishlari ham mumkin. Bu usulni qo'llash jarayonida
yakka va guruhli ta ’lim shakllari ham amalga oshiriladi.
Ta’lim menejeri — ta ’lim muassasasini zamonaviy m enejm ent
qonunlariga muvofiq boshqaruvchi mutaxassis.
Ta’lim metodi — o'qituvchining o'quvchilar bilan m untazam
qo'llaydigan, o'quvchilarga o'z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini
rivojlantirish, bilim va ko'nikm alarni cgallash hamda ulardan am al-
da foydalanish im konini beruvchi ish usuli.
Ta’lim sifatini nazorat qilish — o'qitish m azm uni va natijalari-
ning davlat ta ’lim standartlari talablariga muvofiqligini tekshirish.
Texnolog — biror texnologiya mutaxassisi.
Texnologiya — biror ishda, mahoratda, san’atda qo'llanadigan
yo'llar, usullar majmuasi.
Trener — m a’Ium yo'nalishda ta ’lim olish, mashqlar bajarish
bo'yichatrening mashg‘ulotlarini olib borish (rahbarlik qilish) uchun
maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassis.
Trening - m a’Ium yo'nalishda ta'lim olish, mashqlar bajarish
bo'yicha trenerlar tom onidan (rahbarligida) o'tkaziladigan mash-
g'ulotlar.
Tushunish (I) — tafakkur jarayoni. yangi mazmunni o'zlash-
tirish va uni mavjud g'oya hamda tasavvurlar tizimiga qo'shish. Ilmiy
bilishning asosiy funksiyalaridan biri.
|
| |