Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/136
Sana31.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#149178
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   136
Bog'liq
4979 197 2017. 6-son

PEDAGOGIKA 
2017, 6-son
 
 
109 
­ iqtisodiy: axborot iqtisodiyotda resurs, xizmat, tovar, qо‘shimcha qiymat 
va bandlik manbayi sifatida kalit omilni tashkil etadi; 
­ siyosiy: axborot erkinligi siyosiy jarayonlarda turli sinflar va aholi ijtimoiy 
qatlamlari orasidagi о‘sib borayotgan ishtiroki bilan xarakterlanadigan yetakchi 
hisoblanadi. 
­ madaniy: axborotning madaniy qiymatini alohida individ va butun 
jamiyat rivojining manfaatida axborot qimmatini tasdiqlash vositasida belgilash
1

Albatta, jamiyatning axborotlashuvi hodisasi zamon va makon 
tushunchalari, qulaylik, ilm-fanning rivojlanishi, aborotning tezlik bilan 
almashinuviga doir mislsiz ijobiy jihatlar bilan birgalikda maqolada keltirilgan 
axborot bilan bog‘liq deviatsiya holatlariga olib keluvchi salbiy taraflarga ham 
ega. Bu masalalarni yechishda esa mediata’lim orqali mediamadaniyatni 
rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Mediata’lim – global axborotlashuv sharoitida shaxsni media (OAV)
tomonidan tarqatilayotgan axborotlarni tanlash, saralash, tahlil qilish va tanqidiy 
baholashga doir nazariy bilimlar majmuyi bilan qurollantirishga yо‘naltirilgan 
zamonaviy ta’lim turlaridan biri. Uning asosiy maqsadi shaxsga media (OAV) 
tomonidan tarqatilayotgan axborotlarni tanlash, saralash, tahlil qilish va tanqidiy 
baholashga imkon beruvchi media savodxonlikni shakllantirish asosida OAV 
tomonidan tarqatilayotgan axborotlarga nisbatan ehtiyotkorlik, oqillik, ijodiy 
yondashish, shuningdek, axborotlarni tanqidiy qabul qilish kо‘nikma va malakalarini 
shakllantirishdan iborat.
Shaxs mediamadaniyati – shaxsning ommaviy axborot vositalari (OAV; 
media) orqali tarqatilayotgan axborotlar bilan tanishish, ularni tanlash, saralash, 
tahlil qilish va baholash asosida tegishli sohalar bо‘yicha nazariy bilim, amaliy 
kо‘nikma, malakalarni о‘zlashtira olish iqtidori.
Keng ma’noda mediamadaniyat jamiyatga xos xususiyat sanaladi. Tor 
ma’noda esa u shaxs qiyofasida namoyon bо‘luvchi sifat (xislat)ni ham anglatadi. 
Shaxs mediamadaniyatining shakllanishi quyidagi bosqichlarda kechadi: Idrok 
etish → anglash → zarur bilimlarni о‘zlashtirish → mavjud bilimlarni mustahkamlash 
1

Download 2,8 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   136




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish