PEDAGOGIKA
2017, 6-son
108
mahsulotlardan ta’lim jarayonida samarali foydalanish imkoniyati mavjudligidan
dalolat beradi.
О‘zbekistonda axborot sifatida media vositalar tomonidan uzatilayotgan
axborotlarning: shaxs intellektini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish, ilmiy
bilimlarni
mustahkamlash, ijtimoiy mavjudotni g‘oyaviy jihatdan boshqarish,
uning bо‘ysunuvchi bо‘lishini ta’minlash, ongini buzg‘unchi g‘oyalar bilan
tо‘ldiruvchi ma’lumotlar sifatida guruhlanishini, shuningdek,
axborotlarni faol
о‘zlashtiruvchi auditoriyaning katta qismini bevosita voyaga yetmaganlar tashkil
etishi
nazarda
tutilsa,
о‘quvchilarda
mediamadaniyatni
rivojlantirish
masalasining naqadar dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi ayon bо‘ladi.
Binobarin, zamonaviy sharoitda bolalar va yoshlarning axborotlarni olishga
bо‘lgan ehtiyojlarini cheklashning imkoni yо‘q, bu ilmiy, metodik jihatdan ham
tо‘g‘ri emas. Shunday yо‘l tutilganda ham, u samarasiz natijalanadi. Demak,
yoshlarning ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatiladigan foydali, xavfsiz
axborotlarni о‘zlashtirishlariga erishish maqsadga muvofiq sanaladi. Axborotlarni
ishlab chiqish, tо‘plash,
qayta ishlash, tarqatish sohasida, umumiy о‘rta ta’lim
muassasalarining (7-9-sinf) о‘quvchilarida ijtimoiy fanlarni о‘rganish jarayonida
ularni turli xavfli, zararli va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan himoyalash borasida
muayyan muammolarning mavjudligi mavzuning naqadar dolzarbligini izohlaydi.
Shu о‘rinda
axborotlashgan jamiyat, mediata’lim, mediamadaniyat
atamalariga izoh berish о‘rinlidir.
Axborotlashgan jamiyat atamasi nafaqat axborot sohasi mutaxassislari,
balki siyosatchi, iqtisodchi, olimlar tomonidan ham keng qо‘llanilmoqda. Kо‘p
hollarda bu tushuncha fuqarolik jamiyati platformasida
yangi evolutsion
sakrashni amalga oshirishga va axborot asriga axborotlashgan jamiyat sifatida
qadam bosishga imkon beruvchi axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya
vositalarining rivoji bilan umumlashtiriladi.
Axborotlashgan jamiyatni tavsiflovchi mezonlar:
texnologik: ishlab chiqarish, muassasalar, ta’lim tizimida keng
qо‘llaniladigan axborot texnologiyalari;
ijtimoiy: axborot yashash sifatini о‘zgartirishning
muhim stimulatori
sifatida yuzaga chiqadi, axborotga keng kirishda «axborot ongi» shakllanadi va
tasdiqlanadi;