|
Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrirBog'liq 4979 197 2017. 6-sonPEDAGOGIKA
2017, 6-son
102
2-bosqich. О‘rganiladigan fan о‘quv dasturiga asoslanib, har bir mavzu
bо‘yicha bilim oluvchi bilishi kerak bо‘lgan asosiy kalit sо‘zlar bazasi
shakllantiriladi. Har bir mavzu bо‘yicha (kalit sо‘zlardan kelib chiqqan holda)
elektron nazorat savollarini tuzishda qiyinlik darajasi hisobga olinadi. Har bir
savolga javob berish uchun ajratilgan vaqt alohida kо‘rsatilgan holda tuziladi
(vaqt kо‘rsatilishining sababi keyin bayon etiladi). Har bir mavzu qiyinlik darajasi
bо‘yicha uch pog’onali (oson-A ,о‘rta-V, qiyin-S) kо‘rinishda shakllantiriladi.
3-bosqich. Mavzularni qiyinlik darajasiga qarab klassifikatsiyalashda
noravshan mantiq nazariyasidagi Saati metodidan foydalaniladi. Bunda
ekspertlar guruhi jalb qilinib, mavzularning qiyinlik darajalarini tasniflash bir
nechta kriteriyalar asosida taqqoslash orqali olib boriladi.
Elektron nazorat savollarining qiyinlik darajasi va ularni bajarish uchun
sarflanadigan vaqtni aniqlash uchun 3 yil davomida fizika fanidan 1458 talaba
bergan javoblar natijalari o’rganib chiqildi. “Ma’lumotlarni intellektual tahlil
qilish” (Data Mining) algoritmlari asosida ranjirovka qilindi. Elektron nazorat
savollarining qiyinlik darajasini ekspertiza qilish uchun maxsus yaratilgan
my.estudy.uz tizimi orqali testlash ishlari amalga oshirildi.
4-bosqich. Har bir mavzu bо‘yicha savollar diagnostik (D) va joriy (J)
elektron nazorat savollariga ajratiladi, ya’ni D 𝜖 𝐽. Shular asosida yakuniy nazorat
savollari tuziladi.
Shakllangan о‘quv kursining ishlash prinsipini yaxshi tushunib olish uchun
quyidagi jadval taqdim etiladi.
1-jadval
О‘quv kursning kо‘rinishi
Mavzular
1-mavzu
1
-m
av
zu
b
о
‘y
icha
t
es
t
2-
mavzu
2
-m
av
zu
b
о
‘y
icha
t
es
t
3-
mavzu
3
-m
av
zu
b
о
‘y
icha
t
es
t
4-
mavzu
4
-m
av
zu
b
о
‘y
icha
t
es
t
N-
mavzu
Yak
u
n
iy
t
es
t
Mavzuning
darajasi
Oson (A)
A1
A2
A3
A4
AN
О‘rta (V)
V1
V2
V3
V4
VN
Qiyin (S)
S1
S2
S3
S4
SN
Bu yerda A, V, S mavzularning darajasi (oson – A, о‘rta ‒ V, qiyin ‒ S).
Demak, har bir mavzu 3 xil darajada bо‘ladi.
Adaptiv о‘qitish tizimidagi jarayonlar ketma-ketligini quyidagi strukturada
kо‘rish mumkin (1-rasm):
|
| |