|
Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrirBog'liq 4979 197 2017. 6-sonPEDAGOGIKA
2017, 6-son
112
yangiliklar;
telefon, telegraf, teletayp, telefaks va mobil telefon aloqalari;
pochta xabarlari, telegramma yozuvlari va boshqalar.
Mashg‘ulotlar о‘qituvchi, о‘quvchi yoki tadbir ishtirokchilarining faol
hamkorligi asosida tashkil etilib, shaxsda mediamadaniyat sifatlarini amaliy
jihatdan shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik faoliyat shaklidir.
Mashg‘ulotni tashkil etishdan kо‘zlangan maqsad mutaxassislar kо‘magida
umumiy о‘rta ta’lim maktabi о‘quvchilarida mediamadaniyat sifatlarini
shakllantirishdan iborat bо‘ladi.
Bu turdagi mashg‘ulotni tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi:
- о‘quvchilarni media (ommaviy axborot vositalari) va ularning jamiyat va
shaxs hayotiga kо‘rsatadigan ta’siriga doir nazariy bilimlarini mustahkamlash;
- о‘quvchilarda media (ommaviy axborot vositalari)dan foydali, zarur,
muhim va amaliy ahamiyatga ega axborotlarni izlash, tо‘plash, saralash va
ulardan amaliyotda foydalanishga oid kо‘nikma, malakalarini rivojlantirish;
- о‘quvchilarda salbiy, buzg‘unchi axborotlarga nisbatan g‘oyaviy
immunitetni shakllantirish;
- о‘quvchilarda axborotmaniya (kо‘p hollarda “igromaniya” – о‘yinlarga
tobelik) kabi xavfli kasalliklar kelib chiqishining oldini olish borasida tadbir
ishtirokchilari, xususan, ota-onalarga amaliy pedagogik yordam kо‘rsatish.
Quyidagi mavzularda mashg‘ulotlar tashkil etiladi: “Media (ommaviy
axborot vositalari) mahsulotlari: ulardan qanday qilib samarali foydalanish
mumkin?”, “Global axborotlashuvning barkamol avlod kamolotini ta’minlashga
ta’siri”, “Uyali (mobil) telefonlar. Ularning foydali va zararli jihatlari”, “Uyali
(mobil) telefonlarda muloqotni tashkil etish madaniyati”.
Mashg‘ulotning asosiy qismida о‘quvchilar uyali (mobil) telefonlarning
yaratilish tarixi bilan tanishtiriladi. Bu о‘rinda internetda A. Latipov tomonidan
chop etilgan “Mobil telefonlardan foydalanish tartibi tо‘g‘risida” nomli
maqolasida yoritilgan ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi
1
.
Shunday
qilib,
axborotlashgan
jamiyatda
о‘quvchi
shaxsi
mediamadaniyatini shakllantirishda bir qator vositalar muhim о‘rin tutadi.
Ularning orasida gazeta, jurnal, radio, televideniye hamda axborot-
kommunikatsion texnologiyalar alohida ahamiyatga ega.
1
http://fikr.uz/blog/T_A_U_I/11966.html
|
| |