Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/136
Sana31.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#149178
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   136
Bog'liq
4979 197 2017. 6-son

PEDAGOGIKA 
2017, 6-son
 
 
121 
bog‘lanish hosil qilishdan iborat deb bilish tо‘g‘ri bо‘ladi. О‘quvchi predmetga 
nisbatan ot, predmet belgisiga nisbatan sifat, miqdoriga nisbatan son singari 
bog‘lanishlarni amalga oshira olishlari kerak.
Ta’kidlash joizki, lisoniy masalalar yuzasidan keng fikr yuritish davrida 
ta’riflardan foydalanish tо‘g‘ri bо‘ladi, lekin bora-bora fikrlash ixchamlashib, ichki 
nutq tomon kо‘chadi. Bunday paytlarda ta’rif aytilmay, anglash jarayoni sо‘z yoki 
sо‘z shakli → nimani anglatishi → termin-tushuncha shaklida; malaka hosil 
bо‘lishiga qarab esa sо‘z yoki sо‘z shakli → termin-tushuncha; termin-tushuncha 
→ sо‘z yoki sо‘z shakli qolipida kechadi. Bu davrga kelib, ta’rif butunlay tilga 
olinmay qо‘yadi.
Dastlab til hodisasining asosiy mohiyatini ifoda etuvchi tushuncha (narsa-
buyum, sо‘ng uning belgisi, miqdori, bajaradigan ish-harakati, bajarish tarzi va 
boshqalar) о‘rganiladi, sо‘ng mushohadalarga zaruriyat qolmagach, bevosita til 
hodisasi (uning nomini tilga olgan holatda) ongda saqlanib qoladi. Boshqacha 
aytganda, termin-tushunchadan tо‘g‘ridan tо‘g‘ri til hodisasidan amalda 
foydalanish uchun asos vazifasini bajaradigan qoidalarga о‘tiladi. Shuning uchun 
qoidalarni о‘rganish va amalda tatbiq etish jarayonida termin-tushuncha 
anglanib turgani aniq bо‘lgan holatlarda ta’riflarga murojaat etilmaydi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta’rif ustida quyidagi ish turlari bajarilishi 
ma’qul deb hisoblaymiz: 
­ rasmlarga qarab yoki tovush-harflar, sо‘zlar, sо‘z shakllari yoki gaplar 
yuzasidan berilgan savollarga javob berish talab etiladigan mashq bajarish va 
mashq asosida xulosa chiqarish (induktiv usul); 
­ ta’rifni о‘qish; 
­ savollarga javob berish; 
­ tegishli terminlarni eslagan holda, sо‘z yoki sо‘z shakllarini tahlil qilish. 
Tahlil jarayonida tovushning qanday tovush ekanligi, sо‘zning qaysi sо‘z 
turkumi ekanligi, sо‘zga qanday qо‘shimcha qо‘shilgani, gapning qanday gap 
ekanligi yoki gapdagi u yoki bu sо‘zning qanday gap bо‘lagi sanalishi aniqlanadi. 
Bunday mashqlar pirovardida dastlab о‘quvchilar о‘rganilayotgan til hodisasining 
о‘zini ajratadi, ya’ni tovush, sо‘z, sо‘z shakli yoki gap, uning nimani bildirishi, 
termin-tushuncha chizmasida ish kо‘radi. Nihoyat, u termin-tushuncha nimani 
bildirishi, sо‘z yoki sо‘z shakli qolipidagi tahlillarga о‘tadi. Navbatdagi 



Download 2,8 Mb.
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   136




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish