PEDAGOGIKA
2017, 6-son
124
“Hozir О‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq,
balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bо‘lganini
butun jahon tan
olmoqda. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu
kungacha kо‘rk-u fayzi, mahobatini yо‘qotmagan osori atiqalarimiz qadim-
qadimdan
yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morlik va
shaharsozlik san’ati yuksak bо‘lganidan dalolat beradi”
1
. Shu bois uzoq tarixdan
hozirga qadar saqlanib kelayotgan moddiy va ma’naviy boyligimiz haqida
о‘quvchi-yoshlar aniq, mukammal ma’lumotga ega bо‘lishlari kerak.
Buning
uchun, avvalo, ta’lim muassasalarida, xususan, umumiy о‘rta ta’lim maktablarida
о‘qitiladigan о‘quv fanlarining tarixiy negizlariga alohida e’tibor qaratish talab
etiladi, jumladan, “О‘zbekiston tarixi” fanini о‘qitishda
tarixiy qiymatga ega
manbalardan, shuningdek, tarixiy mavzudagi tasviriy san’at asarlaridan
foydalanish tarixni obyektiv tarzda baholash imkonini beradi. O‘z o‘rnida esa
tasviriy san’at asarlaridan foydalanish
tarixiy mavzularning oson, tо‘liq va
samarali о‘zlashtirilishini ta’minlaydi, ammo buning uchun “О‘zbekiston tarixi”ni
о‘qitishda, tasviriy san’at asarlaridan foydalanishning interfaol pedagogik
texnologiyalari, tasviriy san’at asarlarini tanlab olishning pedagogik talablarini
ishlab chiqish talab etiladi. Zero, tarixiy voqelikni tasviriy san’at vositalari orqali
aks ettirish
davrni qayta tiklovchi, vizual tarzda qaytadan gavdalantiruvchi
san’atdir. Zero tasviriy san’at asarlarining ahamiyati asar sujetining tarix
о‘qitishda nechog‘lik muhim ekanligi ahamiyatlidir. San’atkorning
tarixiy
voqelikni qanchalik tо‘g‘ri anglay olishi va obrazli aks ettira bilishi, asarning
g‘oyasi aniq tarixiy voqelik hamda bu voqelikni badiiy tarzda ochib berish har bir
о‘quvchilarning yosh xususiyatlariga nechog‘lik mos va
tushunarli ekanligi bilan
belgilanadi.
Tarixiy mavzudagi tasviriy san’at asarlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda, “О‘zbekiston tarixi” darslarida foydalaniladigan qayta tiklovchi san’at
asarlari oldiga ham tarixga doir boshqa о‘quv qо‘llanmalariga qо‘yiladigan
talablar qо‘yiladi, lekin bu talablarning amalga oshirilishi о‘ziga xos ilmiy
asoslangan bo‘lishi: о‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga
olish, asarda tasvirlanayotgan tarixiy davr uchun haqqoniy bо‘lish kabi
xususiyatlarni o‘zida jamuljam etishi lozim.
1
Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Тошкент: Шарқ, 1998.
Б. 3.