Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/136
Sana31.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#149178
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   136
Bog'liq
4979 197 2017. 6-son

PEDAGOGIKA 
2017, 6-son
 
 
122 
bosqichlarda bilim, malaka, ko‘nikmaning shakllanishiga qarab til hodisasi, 
termin-tushuncha chizmasida ish kо‘rib, yakunida termin-tushuncha – til 
hodisasi qolipidagi tahlillarga о‘tadi. Kо‘rinadiki, ta’rif о‘rnida til hodisasining 
nimani bildirishini aytish amal qiladi, termin о‘zlashgandan keyin ta’rif о‘rnida 
amal qilgan holat – til hodisasining nimani bildirishi tahlillardan tushirib 
qoldiriladi, unga zarurat qolmaydi. 
Amaliyotda birinchi – uchinchi turdagi ish shakllari kо‘p qо‘llanadi, uchinchi 
va tо‘rtinchi ish shakllariga esa kamroq murojaat etiladi. Buni shunday 
tushunmoq lozimki, fikran bajariladigan tahlilning ixchamlab borilishini 
о‘rgatishga yetarli e’tibor berilmaydi. Vaholanki, har bir nazariy bilim ustidagi 
ishlar tо‘rtinchi holat bilan yakunlanmog‘i darkor. Bunday qilinmas ekan, 
pirovard maqsadga erishilmay qolinadi. 
Yuqoridagi tо‘rt ish shakli malaka tomon rivojlanib borish xususiyatiga ega. 
Shunday ekan, ularni bajarishdagi vaqt oralig‘i qancha bо‘lishi kerakligi ham 
muhim masalalardan biridir. Bu, albatta, о‘rganilayotgan til hodisasining oson-
qiyinlik darajasiga bog‘liq:
­ oson mavzu о‘tilayotganda, tо‘rtala ish shakli bir yoki ikki dars 
mobaynida ketma-ket bajarilgani maqsadga muvofiqdir; 
­ qiyinroq mavzu bо‘yicha ish olib borilganda, birinchi va ikkinchi ish 
shakllariga birinchi darsda, uchinchi ish shakliga ikkinchi darsda, tо‘rtinchisiga 
uchinchi darsda vaqt ajratgan ma’qul; 
­ qiyin mavzular o‘tilganda, birinchi darsda ta’rifni о‘quvchilarga yod 
oldirmagan holda, tо‘g‘ridan tо‘g‘ri savollarga javob bradigan ta’rifni о‘qib, sо‘ng 
kо‘z qirini tashlab javob qaytarish, keyingi ikki darsda uchinchi, navbatdagi 
darslarda tо‘rtinchi ish turiga vaqt ajratish lozim. 
Xullas, ona tili darslarida ta’riflar ustidagi ishlarga juda kam vaqt ajratib, 
buni termin-tushuncha о‘zlashtirilishiga qadar bajarish, keyinchalik ularga 
zarurat sezilgandagina qaytish maqsadga muvofiq. 

Download 2,8 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   136




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish