Pedagogika 017, 6-son Bosh muharrir




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/136
Sana31.01.2024
Hajmi2,8 Mb.
#149178
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   136
Bog'liq
4979 197 2017. 6-son

PEDAGOGIKA 
2017, 6-son
 
 
125 
Mazkur masalaning muammoli jihati shundaki, tasviriy san’atning tarixiy 
mavzudagi asarlarini aniq tarixiy voqelikka oid asar sifatida tan olmaslik 
natijasida “Qadimgi dunyo” va “О‘rta asrlar tarixi” о‘quv qо‘llanmalari va 
darsliklarida ulardan foydalanishga qarshi bо‘lgan nuqtayi nazarlar yo‘q emas, 
ammo shunday tasviriy san’at asarlari mavjudki, ular bevosita tarixiy voqelikning 
real talqini sifatida e’tirof etilishi mumkin, masalan, Sharafiddin Ali Yazdiyning 
“Zafarnoma” hamda Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarlariga 
ishlangan miniatyuralar shunday maqomga ega
1

Keyingi yillarda о‘z asarlarida aks ettiriladigan davrni diqqat bilan 
о‘rganuvchi, tarixchilar hamda arxeologlarning kо‘rsatmalaridan foydalanuvchi 
rassom va yozuvchilar tarixiy mavzudagi tasviriy san’at asarlaridan keng 
foydalanish imkoniyatini yaratmoqda. Zamondosh rassomlarimiz Zayniddin 
Faxriddinov, Alisher Aliqulov va boshqalarning ijodi bunga yaqqol misol bо‘la 
oladi
2
. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tarixni o‘qitishda tasviriy san’at 
asarlaridan foydalanishning samaradorligini aniqlash maqsadida dastlab 7-8-
sinflar uchun “О‘zbekiston tarixi” darslariga tegishli bо‘lgan miniatyura 
asarlaridan ayrimlari tanlab olindi. Bir о‘quv yili davomida miniatyura asarlari 
yordamida Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi 4- va 9-maktablar hamda 
Toshkent shahridagi Olmazor tumanining 133- va 185-maktablaridagi 7-8-
sinflarda amaliy eksperimental ishlari olib borildi. О‘quv yili yakunida natijalar 
tahlil etilganda, miniatyura asarlari asosida о‘tilgan mavzularni о‘quvchilar 
tо‘liqroq hamda ongli о‘zlashtirganligi ma’lum bо‘ldi. Olib borilgan tajriba-
tadqiqot jarayonida tarix о‘qituvchisi tarixiy mavzudagi tasviriy san’at asarlaridan 
foydalanishda quyidagi pedagogik talablarni e’tiborga olishi lozimligi belgilandi:
­ o‘qituvchi tarix fanini о‘qitishning faol va innovatsion metodlarining 
dars shakli, mavzu va maqsad uchun tegishlisini, samaralisini tanlay olishi;
­ o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni shakllantirishda faol psixologik metodlar 
va strategiyalarni bilishi;
­ tarixiy tushunchaning hajmi va mazmunini tо‘liq anglashi;
1

Download 2,8 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   136




Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish