PEDAGOGIKA
2017, 6-son
119
ta’lim о‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning boshlang‘ich sinflari uchun
nashr qilingan amaldagi “Ona tili” darsliklari, ta’lim qozoq tilida olib boriladigan
maktablarning boshlang‘ich sinflari uchun nashr qilingan amaldagi “Ana tili”
darsliklari asosida bayon qilishga harakat qilamiz.
1-sinf “Ana tili” darsligida bittagina ta’rif berilgan, lekin u savollar bilan
mustahkamlanmagan
1
. 2-sinf “Ana tili” darsligida 10ta ta’rif keltirilgan, lekin
ushbu ta’riflarni mustahkamlashga qaratilgan savollar bо‘lim yakunida, yil
oxiridagi takrorlash materiallarida keltirilmaydi
2
. 3-sinf “Ana tili” darsligida
ta’riflar kо‘proq, ularni mustahkamlash uchun 5dan ortiq o‘rinda berilgan
savollar bо‘lim oxiridagi savollar orasida ham bor
3
. 4-sinf “Ana tili” darsligida
ta’riflar kо‘p, lekin mustahkamlashga doir savollar 3-4 о‘rindagina uchraydi
4
.
Ta’riflar har xil variantlarda bayon etilgan. Metodik adabiyotlarda
ta’riflarning nima uchun zarurligi haqida fikrlar uchraydi, jumladan,
«Практическая методика обучения русскому языку в средних и старших
классах» nomli metodik qо‘llanmada ta’kidlanishicha, ta’rif tipidagi lingvistik
qoidalar, masalan, sо‘z turkumlari, gap bо‘laklari, grammatik kategoriyalar
haqidagi ma’lumotlar (ot, sifat deb nimaga aytiladi, turlanish deb nimaga
aytiladi, mayl nima va hokazo) ruscha tо‘g‘ri gapirish va yozishga bevosita
о‘rgatmaydi
5
. Ushbu fikrni istagan tilga nisbatan qо‘llash mumkin. Darhaqiqat,
ta’riflar nutqdagi xatolarni bartaraf etish ma’nosida ham amalda qо‘llanmaydi.
Ular termin-tushunchani anglatish vositasi sanaladi. Masalan, ta’riflar sо‘z
turkumlaridan
ot, sifat, son, fe’l degan terminlarning nima ekanligini ma’lum
qiladi, xolos, lekin ushbu terminlarni, ularning izohlari sifatida tanishtiriladigan
ta’riflarni bilish nutqning tо‘g‘ri tuzilishi uchun bevosita yordam bermaydi. Biz
termin-tushuncha va ta’riflarni о‘rganish kerak emas, degan fikrdan yiroqmiz.
1