|
- MAVZU: DARS- TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLI
|
bet | 128/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika8- MAVZU: DARS- TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLI
REJA:
Dars haqida tushuncha va uning mohiyati.
Darsning tuzilishi
Darsning turlari.
Zamonaviy darslarnind bugungi kundagi mohiyatini metod orqali yoritish.
«BIRGALIKDA O‘QIYMIZ» BIRGALIKDA O‘QISH TEXNIKASI
Birgalikda o‘qish: o‘quv guruhi kichik guruhlarga bo‘linadi. Har bir kichik guruh o‘rganilayotgan mavzuning ma’lum bir sohasida ekspert bo‘ladi va boshqalarni o‘rgatadi.
Har bir guruhning maqsadi barcha boshqa guruhlar ishtirokchilari mavzu savollarini to‘la hajmda egallab olishidan iborat. «Birgalikda o‘qiymiz» texnikasidan foydalangan
holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi
1. Bilim darajasiga qarab 3-5 kishidan iborat bo‘lgan har xil turdagi guruhlar tuziladi.
2. Har bir guruhga bitta topshiriq beriladi –umumiy mavzuning bir qismi, uning ustida butun o‘quv guruhi ish olib boradi hamda tayanchlar – ekspert varaqlari – taqdim etiladi.
3. Har bir guruh ichida umumiy topshiriq taqsimlanadi.
4. Hamma yakka tartibdagi topshiriqni bajaradi.
5. Barcha guruh a’zolarining mini-ma’ruzalarini tinglaydi. Umumiy natija (butun ekspert varag‘i bo‘yicha savollar javobi)ni shakllantiradi va uni taqdimotga tayyorlashadi.
6. Spiker yoki guruh barcha a’zolari birgalikda bajargan ish natijalarini taqdimot etishadi.
Guruhning yakuniy bahosi ma’ruza uchun umumiy ballni va mustaqil ish uchun individual ballarni o‘z ichiga oladi.
Ekspert varag‘i
Matnni o‘qishda asoslanish zarur bo‘ladigan savollardan iborat varaq. Savollar o‘quv materiali ustidan olib boriladigan mustaqil faoliyatni yo‘naltiradi.
Odatda ekspert varag‘i 3 ta savoldan iborat.
Birinchi ikkita savol javoblari butun o‘quv matni bo‘yicha oz-ozdan yig‘iladi.
Uchinchi savol javoblarini tayyorlash birinchi va ikkinchi savol javoblari uchun yig‘ilgan material asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, ishlanma, extimol, guruhdan o‘z fikrini aniqlashni yoki masala mohiyati yuzasidan qator isbotlarni tuzib chiqishni talab qiladi.
Asosiy adabiyotlar
1. Aleks Muur. Ta’lim berish va ta’lim olish: pedagogika, ta’lim dasturi va tarbiya. -Rutledj. Ikkinchi nashr. 2012. 202-bet.
2. Mavlanova R va boshqalar. Pedagogika nazariyasi va tarixi.- T.: 2010 y. “Fan va texnologiya” nashriyoti. 461 b.
3. Hasanboyev J. va boshqalar. Pedagogika. -T.:2011 y. Noshir nashriyoti.
4. Pedagogika. M. Toxtaxodjayeva umumiy tahriri ostida. –T.: O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati. 2010 y.
Qo‘shimcha adabiyotlar
5. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.
6. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 47 b.
7. Ziyomuhamedov B. Pedagogik mahorat asoslari. –T.: TIB-KITOB. 2009 y.
8. Atayeva N. Va boshqalar. Umumiy pedagogika.-T.: 2015 y. 799 b.
9. Ishmuhamedov R. va boshqalar. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. T: 2008 y.180 b.
|
| |