-Mavzu: “TA’LIM JARAYONINING QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI” MAVZUSIDAGI SEMINAR MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK MODELI




Download 3,04 Mb.
bet126/152
Sana07.01.2024
Hajmi3,04 Mb.
#131775
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   152
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika

5-Mavzu: “TA’LIM JARAYONINING QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI” MAVZUSIDAGI SEMINAR MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK MODELI


REJA:
1.Tа’lim jаrаyoni hаqidа tushunchа.
2.Tа’lim jаrаyoni yagоnа tizim sifаtidа.
3.Tа’lim funksiyalаri. Bilimlаrni o’zlаshtirish jаrаyonining bоsqichlаri.
4.“Zаmоnаviy shаrоitdа tа’lim jаrаyonini tаshkil etish shаrtlаri” mаvzusidа tаvsiyanоmа tаyyorlаsh.
1- ilova
Ta’lim jarayonining qonuniyatlari, prinsplari
mashg‘ulot topshiriqlari (uy vazifasi uchun):
Ta’lim jarayonini yaxlit hodisa sifatida o‘rganish va uning tuzilishini aniqlashtirish (pedagogika // M.X.Toxtaxodjayeva umumiy tahriri ostida. – t.: faylasuflar milliy jamiyati, 2010. – b. 31-32; Ibragimov X., Abdullayeva Sh. pedagogika nazariyasi. – t.: “fan va texnologiya” nashriyoti, 2008. – b.29-31; Podlasiy I.P. pedagogika. – m: vissheye obrazovaniye, 2008).
Pedagogikaga oid lug‘atlardan (Hasanboyev J., To‘raqulov X., Usmanov N. pedagogika fanidan izohli lug‘at. – t.: “fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2009; pedagogicheskiy ensiklopedicheskiy slovar. – m.: nauchnoye izdatelstvo «bolshaya rossiyskaya ensiklopediya», 2007; Morozova O.P. pedagogicheskiy slovar-spravochnik. – barnaul: 2000) foydalangan holda “qonun”, “qonuniyat”, “tamoyil” va “qoida” tushunchalariga izoh yozish.
Ta’limning umumiy va xususiy qonuniyatlarini o‘rganish hamda har biriga alohida-alohida izoh berish (pedagogika // M.X.Toxtaxodjayeva umumiy tahriri ostida. – t.: faylasuflar milliy jamiyati, 2010. – b. 31-32; Ibragimov X., Abdullayeva Sh. pedagogika nazariyasi. – t.: “fan va texnologiya” nashriyoti, 2008. – b.29-31; Podlasiy I.P. pedagogika. – m: vissheye obrazovaniye, 2008.).
Ta’limning mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillarini o‘rganish va tahlil etish (pedagogika // M.X.Toxtaxodjayeva umumiy tahriri ostida. – t.: faylasuflar milliy jamiyati, 2010. – b. 31-32; Ibragimov X., Abdullayeva Sh. pedagogika nazariyasi. – t.: “fan va texnologiya” nashriyoti, 2008. – b.29-31; Podlasiy I.P. pedagogika. – m: vissheye obrazovaniye, 2008).
2-ilova
ta’lim jarayoni “formula”si
izoh: odatda formula deganda ko‘z oldimizga matematik-fizik hodisalar gavdalanadi. biroq ta’lim jarayoni ham o‘ziga xos formulalarda ifodalanish xususiyatiga ega. quyidagi formulaga e’tibor qarating va uni izohlang. sizningcha, unda qanday ma’no ifoda etilgan?
dj = m + abf + ab
dj –
m –
abf –
ab –
4-ilova
Keys Topshirig‘I: “Ta’lim Jarayoni Yaxlit Hodisa Sifatida”
Quyida keltirilgan chizmaga e’tibor qarating. unda grafik ifoda etilgan, biroq unda aks etishi lozim bo‘lgan jumlalar chizma ostida berilgan. mazkur jumlalarni shunday ketma-ketlikda joylashtiringki, natijada ta’lim jarayoni tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi aniq namoyon bo‘lsin.



chizmada aks ettirilishi lozim bo‘lgan jumlalar:


1. maqsad. 2. natija. 3. o‘qituvchi faoliyati. 4. o‘quvchi faoliyati. 5. mazmun. 6. shakl. 7. metod. 8. vosita
3-ilova
ijodiy test topshirig‘i. gapni tugallang.
barqaror, takrorlanuvchi, invariantli tavsifga ega narsa-hodisa va jarayonlarning ichki mavjud aloqalari ...
nuqtalar o‘rniga kerakli so‘z yoki jumlani topib qo‘ying.
didaktikada ... deganda ta’limiy hodisalarning namoyon bo‘lishi va rivojlanishi bilan shartlanadigan ichki mavjud aloqalar tushuniladi.
gapni davom ettiring.
qonuniyat – bu ...
gapni tugallang.
ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari orasidagi obyektiv, mavjud, barqaror, takrorlanuvchi aloqadorlik ...
gapni davom ettiring.
tamoyil deganda …
6. nuqtalar o‘rniga kerakli jumlani topib qo‘ying.
... o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang‘ich qoidalardir
7. gapni tugallang.
ta’lim tamoyillarini amalga oshirish texnologiyasi ...
4-ilova
ta’limning qonuniyatlarini o‘zlashtirishga doir topshiriqlar
ta’limning umumiy qonuniyatlariga doir topshiriqlar.
1.1. Quyidagilar orasidan ta’lim maqsadini belgilovchi qonuniyatlarni aniqlang.
1) jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi; 2) ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati; 3) o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi; 4) jamiyatning talablari va imkoniyatlari; 5) o‘quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari;6) pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari
1.2. quyidagi qonuniyatlarni ta’lim jarayonining qaysi tarkibiy qismiga tegishli deb hisoblaysiz?
1) avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar; 2) o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi; 3) o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish; 4) o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti.
1.3. ta’lim metodlari samaradorligi quyidagi qaysi qonuniyatlarni hisobga olish bilan bog‘liq?
1) ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korreksiyaga; 2) ta’limning ichki rag‘batlariga; 3) ta’lim maqsadiga; 4) o‘quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlariga; 5) ta’lim muassasasining moddiy-texnik ta’minotiga.
1.4. quyidagi qonuniyatlaridan qaysilari ta’lim sifatini ta’minlashga xizmat qiladi?
1) o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi; 2) ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi; 3) ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari; 4) avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar.
1.5. ta’lim mazmunini belgilashda qaysi qonununiyatlarga amal qilish lozim?
1) ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari; 2) o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi; 3) ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati; 4) o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlari; 4) ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korreksiya; 5) ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi.
ta’limning xususiy qonuniyatlariga doir topshiriq.
Quyidagi fikrlar bilan tanishing va ularni ta’limning qaysi xususiy (tashkiliy, sotsiologik, psixologik, kibernetik, gnoseologik) qonuniyatiga tegishli ekanligini aniqlang:
Ta’lim natijalari o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘nikmalariga; ta’lim samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati hajmiga; bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish samaradorligi ularning amalda qo‘llanilishiga; o‘quvchilarning aqliy rivojlanishi o‘zaro aloqador bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish hajmiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.
Ta’lim samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga qiziqishiga; fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o‘ziga xosligiga; xotiraning rivojlanganlik darajasiga; bilish faolligi darajasiga bevosita bog‘liq.
Ta’lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga; bilimlarning sifati nazoratning to‘g‘ri olib borilishiga; ta’lim sifati o‘quv jarayonini boshqarish sifatiga; boshqaruvning samaradorligi boshqaruvga doir axborotlarning soni va sifatiga bevosita bog‘liq.Individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqotda bo‘ladigan individlarning rivojlanishiga; ta’lim samaradorligi “intellektual muhit”ning mavjud holatiga, o‘zaro bir-biriga o‘rgatishning jadalligiga; o‘qituvchi va o‘quvchilar muloqotining sifatiga bevosita bog‘liq.
Ta’lim natijasi o‘quvchining o‘quv mehnatiga, o‘zining o‘quv majburiyatlariga munosabatiga; o‘quvchining ishchanlik qobiliyatiga; o‘quvchilarning aqliy faolligini oshirish o‘quv mashg‘uloti jadvalining tuzilishi, unda jismoniy tarbiya va mehnat mashg‘ulotlarining joylashtirilishiga bevosita bog‘liq.

Download 3,04 Mb.
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   152




Download 3,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: “TA’LIM JARAYONINING QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI” MAVZUSIDAGI SEMINAR MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK MODELI

Download 3,04 Mb.