|
-MAVZU: PEDAGOGLIK KASBI VA UNING VAZIFALARI.
Reja
|
bet | 123/152 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #131775 |
Bog'liq Pedagogika kafedrasi umumiy pedagogika2-MAVZU: PEDAGOGLIK KASBI VA UNING VAZIFALARI.
Reja:
Sharq pedagogikasi
G’arb mutaffakkirlarining pedagogik qarashlari:
Pedagogika tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishni, uning qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson manfaatlari uchun tarbiya jarayonlariga ta‘sir etishni nazarda tutadi. Shuningdek, ta‘lim sohasidagi bilimlarni, pedagogik faoliyatga aloqador qonun va qonuniyatlarni ham o’rganadi, tahlil qiladi va bevosita bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga taryorlaydi. Demak pedagogika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta‘lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo’llarini o’rgatuvchi fandir. Pedagogik mahoratga erishish uchun aynan pedagogika faniga oid bilim, ko’nikma va malakalarni egallashgina emas, balki psixologiya fanini ham chuqur o’rgangan kishidagina pedagogik faoliyati davomida pedagogik mahoratga erishish mumkin.
Tarbiyalash g’oyat nozik san‘at bo’lib, unga jiddiy yondoshmoq darkor.
O’z ishining mohir ustasi bo’lgan pedagog-bu yuksak darajada madaniyatli, o’z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san‘atning tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o’qitish uslubiyotini mukammal egallagan mutaxassisdir».
Bu ta‘rifni yaxshi tushunib, uning ma‘no mohiyatini tahlil etadigan bo’lsak, ushbu ta‘rifda pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin bo’ladi:
Umumiy madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko’rsatkichi;
O’qitayotgan faniga doir keng va chuqur bilim sohibi;
Pedagogika, umumiy, yosh va pedagogik psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlar bilan qurollanganlik, ularda o’qitish va tarbiyalash ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish;
O’quv-tarbiya ishlari metodikasini mukammal egallaganlik.
O’qituvchi hozirgi zamon talablariga javob beradigan yuksak axloqiy- ma‘naviy sifatlarga ega bo’lgan, chuqur bilim va mahorat egasi bo’lishi lozim. O’quvchilarda bilimga qiziqish va ishtiyoqni tarbiyalash, ularni hozirgi zamon dunyo taraqqiyoti darajasida bilimlar bilan qurollantirish kerak. Shu bilan birga o’qituvchi yosh avlodni hayotga, ongli mehnat va kasb tanlashga tayyorlashi, ularning axloqiy, huquqiy, etik va estetik bilim va mahoratlarining rivojlanishiga e‘tibor qaratishi lozim Har bir o’qituvchining muhim hayotiy o’rni o’z ishining ustasi bo’lishdir. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishidagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin.
O’qituvchi mahorati uning faoliyatida ko’rinadi.
Pedagogik mahorat - pedagogik faoliyatni va vaziyatni mohirlik bilan boshqarishdir. Pedagogik mahoratning asosi - pedagogik bilimdonlikdir.
Pedagogik mahorat egasi kam kuch (mehnat) sarf qilib katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishidagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin.
O’qituvchi avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo’lishi lozim. Shu ma‘noda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi kata ahamiyatga molik bo’ladi.
Mahorat - bu alohida qudrat. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chog’idagina go’zal bo’lganidek, mohir - tajribali o’qituvchi o’quv jarayonini tashkil etishda, olib borishdagi mahorati, pedagogik ishga qobiliyatliligi bilan jamoasi orasida obro’ ortiradi va pedagoglik faoliyatini go’zallashtiradi. Pedagogik mahoratga yetishish o’qituvchining muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi.
Pedagogik mahoratning mazmunida quyidagi o’zaro bog’liq bo’lgan asosiy qismlarini ajratish mumkin:
Pedagogik insonparvarlik yo’nalishi.
Ixtisos-mutaxassislikka doir bilimlar. (kasbiy bilimlar)
Pedagogik qobiliyat.
Pedagogik texnika (ko’nikma-iqtidor).
O’qituvchilik dunyodagi eng qadimgi kasblardan biridir. Uning ijtimoiy ahamiyati hech qachon kamaymaydi, so’nmaydi. O’qituvchilik kasbi bir qator muhim talablarga javob berishi kerak. Pedagogik mahorat asosan o’qituvchining faoliyatida namoyon bo’ladi. O’qituvchi o’z faoliyatida pedagogik mahoratga erishish uchun o’z faoliyatini boshqarish qobiliyati, yuqori bilim, yetarli malaka va ko’nikmalar bo’lishi talab qilinadi. Pedagogik mahoratni egallash uchun o’qituvchi doimo o’z ishini tahlil qila bilishi, o’ziga o’quvchilar nazari bilan qaray olishi va kamchiliklarni tuzatish uchun tinimsiz izlanishi zarur.
Fan va madaniyat rivojlanishi ta‘lim-tarbiya ishlarining qay yo’sinda olib borilishidan kelib chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo’lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ta‘lim-tarbiya sohasida, milliy axloq-odobni qayta tiklash borasida, milliy urf-odatlar, turli-tuman an‘analarni joyiga qoyish, milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk burilishlar bo’lgani barchaga ayondir. Davlatning buyuk kelajagi, albatta yoshlarni chuqur bilimli va pokiza axloq-odob, qalb ekanini yoddan chiqarmaslik lozim. Bu katta muammoda mahoratli, bilimli pedagoglarning va pedagogik mahorat fanining roli o’lkan. Shu bilan birga o’qituvchi yosh avlodni hayotga, ongli mehnat va kasb tanlashga tayyorlashi, ularning axloqiy, huquqiy, etik, estetik bilim va mahoratlarining rivojlanishiga e‘tibor qaratishi lozim.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi o’qituvchi shaxsiga ham katta talablar quymoqda:
O’qituvchi hozirgi zamon talablariga javob beradigan yuksak axloqiy-ma‘naviy sifatlarga ega bo’lgan, chuqur bilim va maxorat egasi bo’lishi lozim.
Vatan tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur biladigan, ma‘naviy komil inson bo’lishi;
O’z fani doirasida chuqur bilimga ega bo’lgan, kompyuter savodxonligi bor fanlararo aloqalarni yaxshi bilish va uni o’quvchilarga o’rgatish;
Pedagogik texnologiyani yaxshi biladigan uning yangi-yangi yo’llarini yarata oladigan ijodiy ishlaydigan pedagogik maxorat egasi bo’lish;
Pedagogik muomala madaniyatini yaxshi egallagan, pedagogik etika qoidalariga amal qiladigan bo’lishi;
Dunyo taraqqiyoti darajasidagi bilimlardan xabardor, ilmiy dunyoqarashga ega bo’lgan inson bo’lishi;
Bolalarni sevishi va ularning kelajagi uchun qayg’uradigan, istiqbolni uylab ish ko’ra biladigan mohir inson bo’lmog’i lozim.
|
| |