• Plazmolemmaning
  • Prokariot hujayralarga bakteriyalar, ko‘k-yashil suv o‘tlari kiradi. Ularda yadro taraqqiyqilmagan, faqat bitta halqasimon xromosoma mavjud. Prokariotlar




    Download 428.44 Kb.
    bet5/10
    Sana01.04.2017
    Hajmi428.44 Kb.
    #2639
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Eukariot hujayralar ikki xil bo‘lib, sodda hayvonlar va ko‘p hujayralilarning hujayralariga bo‘linadi (2-jadval). Biz amaliy mashg‘ulotlarda asosan eukariot hujayralar bilan tanishib chiqamiz.Hujayralar shakllarixilma-xil bo‘lib, bajaradigan vazifalariga bog‘liqdir. Masalan, mushak hujayralarining funksiyasi qisqarish bo'lganligi tufayli bu hujayralar cho'zinchoq shaklga ega bo‘lsa, nerv hujayralari nerv impulslarini o‘tkazishi tufayli uzunchoq o‘simtalarga ega.

    Hujayralarning o‘lchamlari ham xilma- xil bo‘lib, bir necha mikrondan to 100 va undan ortiq mikrongacha bo‘lishi mumkin. Eng yirik hujayralar tuxum hujayralaridir, ularning diametri ba’zi qushlarda 10sm dan ham ortiq (tuyaqush tuxumi) bo‘lishi mumkin. Odamning limfocitlari va eritrositlari eng mayda hujayralar qatoriga kiradi.

    Eukariot hujayra sitoplazmadan vayadrodan tashkil topadi. Sitoplazma atrof muhitdan hujayra qobig‘i bilan ajratilgan. Hujayra qobig‘ining tarkibiga plazmolemma va uning tashqi qismiga joylashgan uglevodlar qavati va membrana tagida joylashgan sitoskelet organoidlari kiradi. O‘simlik hujayralarida (2-rasm) uglevod qavati juda qalin bo‘lib, asosan sellyulozadan tashkil topgan. Hayvon hujyralari plazmolemmasining tashqi qismiga glikoproteidlar va glikolipidlardan tashkil(3-rasm) topgan glikokaliks qavati joylashgan, uning qalinligi 10-20 nm dan oshmaydi.

    Plazmolemmaning asosini bimolekulyar joylashgan yog‘lar tashkil qiladi. Oqsil molekulalari esa unda har xil joylashgan ba’zan esa ichkariga botib kiradi.

    Plazmolemmaning funksialari xilma-xil bo‘lib, hujayrani tashqi muhitdan chegaralab turadi, uni himoya qiladi, har xil moddalarni tanlab o‘tkazishi tufayli hujayra ichki muhiti tarkibini idora qiladi. Plazmolemma tarkibidagi reseptorlar yordamida hujayra gormonlar va boshqa biologik aktiv moddalarni ta’siriga javob beradi.

    2-jadval



    Download 428.44 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 428.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Prokariot hujayralarga bakteriyalar, ko‘k-yashil suv o‘tlari kiradi. Ularda yadro taraqqiyqilmagan, faqat bitta halqasimon xromosoma mavjud. Prokariotlar

    Download 428.44 Kb.