512
Bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy kompetensiyalarni shakllanganlik mezonlari, darajalari
va ko‘rsatkichlari haqida so‘z yuritganda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga
qaratilgan informatika ta’limini tizimli joriy etish va natijasini baholashga imkon beruvchi
tavsiflar (sifatiy va miqdoriy ko‘rsatkichlar)ning yig‘indisini aniqlash zarur.
Bo‘lajak mutaxassislarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish samaradorligi
monitoringining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi: jarayonni tashkil etish
samaradorligini baholash – ayni yo‘nalish quyidagi kichik mezonlarni o‘z ichiga oladi:
kasbiy tayyorgarlikning tashkiliy ta’minoti va mazmuni, tayyorgarlik sifati, kadrlar
salohiyati, ta’lim jarayonining o‘quv-metodik ishlar, axborot-metodik ta’minoti; natijaning
smaradorligini baholash-bitiruvchining kasbiy madaniyat normalari,
etaloniga mosligini
motivatsion-qadriyatiy, kognitiv, faoliyatiy
mezonlar orqali baholash.
Tajriba˗sinov ishlari tayyorgarlik darajasi bir xil bo‘lgan, shartli ravishda “tajriba˗sinov
guruhi” va “nazorat guruhi” deb belgilab olingan guruhlarda o‘tkazildi. Tajriba˗sinov ishlari
bir xil material va ikki xil metodikadan foydalangan holda o‘tkazilib, ikkala guruh
o‘quvchilarida rivojlangan kasbiy madaniyat taqqoslandi. Shuningdek, “......” nomli dasturiy
ta’minotini mazmuni, uni o‘rganish shart-sharoitlari, metodlari tanlanib, savol-javob,
pedagogik kuzatish natijalari, o‘quvchilarning bilimini nazorat qilish va baholash mezonlari
jamlandi. Nazorat va tajriba˗sinov guruhlarining natijalari muntazam tahlil qilib borildi va
bir-biriga taqqoslanib xulosalar chiqarildi. Zarur bo‘lgan hollarda bu jarayonda bevosita
ishtirok etgan ishlab chiqarish ta’limi ustalari va o‘qituvchilar
tomonidan bildirilgan
fikr˗mulohazalar atroflicha muhokama etilib, kursning mazmuni va mashg‘ulotlarni olib
borish metodikasiga kerakli o‘zgartirishlar ham kiritildi.
Tajriba˗sinov ishining maqsadi, vazifasi va dasturga muvofiq pedagogik tadqiqotning
o‘zaro bog‘liq va bir˗birini to‘ldiruvchi metodlar (pedagogik kuzatish, suhbat, anketa
so‘rovnoma, test) tizimidan foydalanildi.
Kasb-hunar kollejlarining 15 nafar o‘qituvchisi, 365 nafar o‘quvchisi, 5 nafar oliy ta’lim
muassasasi o‘qituvchilari bilan anketa-so‘rovnoma o‘tkazildi (2˗ilova). So‘rovnomani
o‘tkazishdan maqsad ularning kasbiy amaliy faoliyati, kasbiy kompetensiyalarni
shakllantirish, differensial ta’lim, qo‘llaniladigan metodik tizim bo‘yicha tushuncha va
qarashlari hamda “........” nomli dasturiy ta’minoti mazmuniga munosabatini aniqlashdan
iborat edi. Ayrim o‘quvchilar hatto o‘zlari tanlagan “Informatika va axborot texnologiyalari”
tayyorlov yo‘nalishi kasblarining mazmun-mohiyati va kasbiy amaliy faoliyat va uni tashkil
etish imkoniyatlari haqida yetarlicha tasavvurga ega emas. Bu esa kollej o‘quvchilarida
kasbiy kompetensiyalarni informatikadan differensial ta’lim berish asosida
shakllantirishning metodik tizimini ishlab chiqish va amalda joriy etishning muhimligi
ko‘rsatdi.
So‘rovnomada ishtirok etgan o‘quvchilarning 50 foizi informatika o‘qitish metodik
tizimini insonning kasbiy ijodiy imkoniyatini rivojlantirish shakliga qiyoslagan bo‘lsa, 22
foizi shaxsiy˗kasbiy shakllanish va informatika ta’limi sifatini oshirish usuli sifatida
baholadi. Faqat so‘rovnomada ishtirok etgan o‘quvchilarning 20
foizi yangi bilimlarga,
ilmiy izlanishga zaruratning mavjudligini anglab yetadi va kasbiy faoliyat madaniyati bilish
faoliyatining turlari ekanligini e’tirof etdi.
O‘tkazilgan tahlil natijalari shundan dalolat berdiki, kollej o‘quvchilariga informatika
o‘qitishning turli yondashuvlar, tamoyillar, metodikalar, texnologiyalar,
vositalar,
shakllardan foydalanish zarurligini individual ishlab chiqarish ta’limini tashkil etish va
maxsus kurslarni o‘qitishda tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan holda ish olib borish va
buning yangi bilimlarni uzliksiz o‘zlashtirish zarur.
“.........” nomli dasturiy ta’minoti bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlarda kollej
o‘quvchilarga bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyasi, informatika sohasidagi
kasbiy faoliyati mazmun va mohiyati haqida bilim berish amaliy ishlar orqali amalga
oshirildi: