Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili




Download 0.53 Mb.
bet6/32
Sana24.03.2017
Hajmi0.53 Mb.
#1732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
4. Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. O‘zbek tilshunosligi, xususan, o‘zbek leksikologiyasi sohasida keyingi yillarda bir necha tadqiqotlar bajarilib, jiddiy yutuqlarni qo‘lga kiritdi. O‘zbek tili lug‘at boyligini ilmiy tadqiq etishda Sh.Rahmatullayev, I.Qo‘chqortoyev, S.G‘iyosov, H.Ne’matov, R.Rasulov, E.Begmatov, H.Jamolxonov, O.Bozorov, B.Jo‘rayev, Sh.Orifjonova, Sh.Iskandarova, B.Mengliyev, R.Safarova, H.Saidova, B.Qilichev, A.Sobirov, G.Ne’matova, Z.Yunusova, B.Bahriddinova, Sh. Bobojonov kabi tadqiqotchilarning nomi bilan bog‘lash o‘rinlidir1.

Bir tildan boshqa tilga so‘z o‘zlashish tillarning aralashuvi sifatida yuqori baholanadi. Mashhur tilshunos L.V.Shcherba bunday jarayonni tilshunoslikning muhim muammolari sirasiga kiritadi. Qozon tilshunoslik maktabining namoyandalaridan biri V.A.Bogoroditskiy o‘zbek tilini o‘rganishda boshqa tillarning ta’sirini hisobga olish zarurligi va uning ahamiyatini qayd qiladi. Bir tildan boshqa tilga lisoniy birliklarning o‘zlashish masalalari, tillarning o‘zaro ta’siri bir qator tilshunos olimlarning tadqiqotdarida ham e’tiborli o‘rinda bo‘lgan. Xususan, arab va arab bo‘lmagan boshqa tillardan ot turkumiga xos so‘zlarning o‘zlashishi, bunday sotsiolingvistik jarayonda o‘zga til leksemalarining morfologik qiyofasidagi o‘zgarishlar haqida turli fikrlar bildiriladi.

O‘zbek tilshushosligida professor Sh.Raxmatullayev, F.Abdullayev, I.Qo‘chqortoyev, M.Mirtojiyev, A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Berdialiyev, H.Ne’matov, R.Rasulov kabi olimlarning o‘zlashma so‘zlarning leksik-semantik xususiyatlari, ularning o‘zbek tili lug‘at tarkibiga o‘zlashish omillari haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir.

Lekin o‘zbek tilshunosligida bevosita inglizcha o‘zlashma so‘zlar va ularning ma’no taraqqiyotini ilmiy tadqiq etishga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqotlar hali yaratilmagan.





Download 0.53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Download 0.53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili

Download 0.53 Mb.