8 fiziol. Nerv hujayralarining orga-nizmning biror faoliyatini boshqaruvchi ma’lum guruhi. Harakat markazi.Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Nafasmar-kazi. Miya po‘stlog‘i markazlari.
Diqqat markazidagi yoki diqqat markazida turgan Asosiy diqqat-e’tiborni o‘ziga tortib turgan. Yolg‘ z o‘g‘lini jangga yo‘llash Me’mor xonadonining diqqat markazida edi. Mirmuhsin, Me’mor.
Lug‘aviy o‘zlashmalarning o‘z tildagi shakli bilan so‘z kabul qilgan tildagi shakli orasida turlicha munosabatga kirishish holatlari uchraydi. Bu holatlar ma’no kengayishi, ma’no torayishi, omonimlik, sinonimlik va polisemiya bo‘lishi mumkin.
Xususan: a) arab tilida konkret ma’noda ishlatilgan lug‘aviy birlik o‘zbek tilida mavhum ma’no bildiradi (sohib (ega), ayyom (kunlar), mavj (to‘lqin)); b) arab tilida jins ma’nosida ishlatiluvchi so‘z o‘zbek tilida tur ma’nosida qo‘llanadi: murabbo (murabbo, marmelad), ayol (bola-chaka, oila - ayol(xotin), maraz (umuman kasallik, dard)- maraz (yaramas, razil inson); v) arab tilida bir ma’noda ishlatilgan so‘z o‘zbek tilida polisemantik xarakter kasb etadi (g‘alayon); g) arab tilida otdan o‘zlashgan ba’zi so‘zlar o‘zbek tilida uslubiy muqobiliga ega bo‘lmaydi (anhor, araq ariza, aruz); d) arab tilida noarxaik tavsifdagi lug‘aviy birlik o‘zbek tilida arxaiklashgan bo‘ladi; (qozi, firqa, ishtirokiga, xikmat (fizika); o) arab tilida lug‘aviy mustaqillikka ega bo‘lgan so‘z o‘zbek tilida lug‘aviy mustaqilligini inkor etadi (almisoq(dan qolgan), daqyonus(-dan qolgan); Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir. 6) arab tilida atama maqomidagi lug‘aviy birlik o‘zbek tilida so‘z tavsifida bo‘ladi (lisoniy, lug‘aviy, sifat, fe’l); k) arab tilida so‘z holida ishlatiluvchi birlik o‘zbek tilida so‘z birikmasi tarkibida qo‘llanadi (nazar solmoq, afv etmoq, xayol surmoq, bahridan o‘tmoq.
XIX-XX asrlarda jamiyat hayotida boshlangan tarixiy o‘zgarishlar tilda ham o‘z aksini topa boshladi. Bu davr so‘zlarning o‘zlashish va so‘zlarning iste’moldan chiqib ketish jarayonining tezlashgan davri bo‘ldi. XX asrda maktablar tashkil etilishi, ommaviy savod chiqarish, gazeta va jurnallarning chop etilishi bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi. Bu davrning muhim xususiyati shundaki, tilimizga nafaqat ruscha so‘zlar, balki ko‘plab inglizcha, xitoycha, fransuzcha, ispancha so‘zlar rus tili orqali kirib kelgan bo‘lsa, leksikamizdagi ko‘p miqdordagi forscha-arabcha so‘zlar nofaol so‘zlarga aylandi yoki iste’moldan chiqib ketdi.
XX asr o‘zbek tilshunosligi uchun yuksalish asri bo‘ldi. Ona tili darsliklarining yaratilishi, tilshunoslik nazariyasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishi, ilmiy jurnallarning nashr etila boshlashi, ilmiy maqolalar, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining yuzaga kelishi, filologik va ensiklopedik lug‘atlarning chop etilishi o‘zbek tilshunoslari tomonidan yaratilgan ulkan meros sanaladi.
O‘tgan yuz yil ichida jamiyat taraqqiyoti tezlashdi. Insonlar ongi, ularning dunyoqarashi ham shunga muvofiq soddalikdan murakkablikka qarab o‘zgardi. Shuningdek, insonlarning kundalik iste’moldagi so‘zlari ham nutqiy rivojlanishda bo‘ldi, ko‘p ma’nolilik kasb etdi. Shunga muvofiq zamonaviy lug‘atlarga bo‘lgan ehtiyoj ham kuchaydi.
XX asr boshlarida o‘zbek tilining fan sifatida o‘qitila boshlashi, maktablarda grammatikaning o‘qitilishi o‘zbek adabiy tili normasining shakllanishiga sabab bo‘lgan edi. O‘zbek leksikografiyasi shu davrda ham nazariy, ham amaliy ko‘rinishda – yana qayta yangi bir fan sifatida shakllandi. XX asrda o‘zbek lug‘atchiligi rivojiga A.Zohiriy, A.Qodiriy, Y.D.Polivanov, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, S.Ibrohimov, Olim Usmon, Z.Ma’rufov, Sh.T.Rahmatullayev, N.Mamatov, A.Hojiyev, T.Aliqulov va boshqalar munosib hissa qo‘shdilar1.
Ma’lumki, sobiq ittifoq tuzumining ayrim salbiy jihatlari keyinchalik jamiyatimiz taraqqiyotida ham o‘zining salbiy oqibatlarini ko‘rsata boshladi. Aytish mumkinki, millat ma’naviyatini g‘orat qilish maqsadida yuritilgan siyosat sarhadlarining bir rishtasi milliy lug‘atchilik rivojining to‘sib qo‘yilishi ham sabab bo‘ldi. Turli xalq marosimlarining yo‘q qilinishi, Navro‘z bayrami, Ro‘za hayiti, Qurbon hayiti kabi udum, an’ana va marosimlarining cheklab qo‘yilishi lug‘atlarni xalq milliy madaniyatidan uzib qo‘yilishiga sabab bo‘ldi.
O‘tgan asr tilshunosligimiz borasida qilingan ishlar rus tilshunosligi bilan bevosita bog‘liq. Birgina tilshunoslikning leksikografiya sohasi kuzatiladigan bo‘lsa, mavjud lug‘atlarning deyarli ko‘pchiligi rus tili lug‘atlari andazasi asosida yaratildi. Yaratilgan lug‘atlar – ilm-fan taraqqiyoti, bu – ijobiy hol. Biroq bu lug‘atlarning ayrimlarini tilimizning ontologik xususiyati, milliy xalq madaniyati asosida qayta ishlab chiqish zarur masala bo’lib qolmoqda.
O‘tgan asrning 80-yillariga kelib o‘zbek lug‘atchiligi borasidagi ishlar susaydi, ilm-fan yangiliklari, leksikografiya sohasidagi nazariy ishlar amaliyotga tatbiq etilmadi, zamonaviy yangi lug‘at turlari yaratilmadi, tilda mavjud lug‘atlar mukammallashtirilib qayta ishlanmadi, jahon leksikografiyasi yutuqlariga tayanib ish tutish, yig‘ilgan tajribalarni amaliyotga tatbiq etish ishlari amalga oshirilmadi. Natijada o‘zbek lug‘atchiligi rus lug‘atchiligi va jahon lug‘atchiligidan orqaga qolib ketdi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, leksikografiyadagi keyingi davr o‘zgarishlari to‘xtab, bu sohada keskin o‘zgarishlar shu davrdan so‘ng kuchli sezilmadi.
Lug‘at tuzish ishi mashaqqatli, og‘ir, ko‘p yillik mehnat talab etadigan soha bo‘lganligi bilan bir qatorda tez o‘zgaruvchan, hozirgi taraqqiyot tezlashgan jarayonda har o‘n yillikda yangilanishi zarur bo‘lgan til fanining bir bo‘limi bo‘lib qoldi. O‘z davri so‘zlarini aks ettira oladigan har qanday lug‘at ma’lum vaqtdan so‘ng zamon talablariga javob bera olmay qoladi. Bu borada G‘arbiy Germaniyalik tilshunos Koseriu shunday degan edi: “Lug‘at rivojlanib ketayotgan leksikani quvib yeta olmaydi, shunday ekan, “zamonaviy” so‘zini lug‘atga nisbatan qanday qo‘llash mumkin,”1. Koseriu keyingi nashrdan chiqadigan lug‘atlardan “zamonaviy” so‘zini olib tashlashni taklif etdi. Uning asosiga ko‘ra, tilning rivojlanish jarayoni texnika, ishlab chiqarish yoki adabiyotning rivojlanish jarayonidan farq qiladi. Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui. Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch. Yangi so‘zlar til qonuniyatiga muvofiq eskilariga tayanadi. Yangi va eski so‘zlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Lekin shunday bog‘liqlik texnikada bo‘lmasligi mumkin2.
Hozirga qadar tilimizda chop etilgan lug‘atlar ko‘zdan kechirilar ekan, ularning ko‘pchiligi shu borada yaratiladigan lug‘atlarga namuna tusini olib qolgan. Tilimizda o‘z davrida bo‘lsa ham mukammal yaratilgan lug‘atlar soni kamchilikni tashkil etgan.
Bugungi kunda filologik lug‘atlarning ko‘pgina turlari yaratilgan. Biroq ularni mukammallashtirish, zamon ruhiga mos ravishda yangilash lozim. Masalan, o‘zbek tilining imlo lug‘atini olaylik. 1929- yildan hozirgacha o‘zbek tilining turli hajmli 20 dan ortiq imlo lug‘ati tuzilgan. Biroq ulardan mutaxassislar talabani qondirishi mumkin deb hisoblangan birgina 65 000 so‘z va so‘z shaklini qamrab olgan eng mukammal imlo lug‘ati3 ham bugungi kunda o‘z ahamiyatini qisman yo‘qotdi deyish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 1995- yil 24- avgustda tasdiqlangan O‘zbek tilining imlo qoidalari orfografik me’yorlarga o‘zgartirishlar kiritdi. Shundan buyon hanuz ba’zi so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi haqida hattoki mutaxassislar orasida ham tortishuvlar bo‘lib turibdi. Masalan, syujet – sujet, byudjet – budjet, sentyabr – sentabr kabi.
Bularga chek qo‘yish maqsadida tilimizdagi barcha so‘zlarning yozilishini muayyanlashtirish maqsadida 2013-yil A.Madvaliyev, E.Begmatovlar tomonidan nashrga tayyorlangan, soha mutaxassislari va omma talabini qondirishi mumkin bo‘lgan, 85 000 dan ortiq so‘zni qamrab olgan “O‘zbek tilining imlo lug’ati” (-T., Akademnashr, 2013) shu kunning muhim yangiliklaridan biri hisoblanadi.
Yangi ko‘p jildli O‘zbek tilining izohli lug‘ati 1981- yil yaratilgan ikki jildli lug‘at1ning to‘ldirilgan, yoki qandaydir o‘zgartirishlar bilan qayta ishlangan nashri emas, balki leksikografiyaning yangi yutuqlarini hisobga olgan holda yaratilgan mutlaqo yangi lug‘atdir2. Yangi lug‘atda so‘zshakllar izohlanishi leksikografiyaning yangi yutuqlariga tayangan holda aks etgan. Ularga misol tariqasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
a) bir umumiy lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan so‘z shakllaridan asosiysini berish, qolganlarini esa, ma’noda muayyan siljish, o‘zgarish bo‘lmagan hollarda bermaslik;
b) avvalgi lug‘atda “eskirgan”, “diniy”, kabi belgilar ostida berilgan (yoki umuman berilmagan) tarixiy, etnografik, diniy terminlarga yangicha yondashuv;
c) o‘zbekcha va umumturkiy leksikadan boshqa (arabcha, forscha, baynalmilal, ruscha va b. tillarga mansub) so‘z va terminlarga mumkin qadar to‘liq etimologik ma’lumot berish kabilar yangi lug‘atning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatadi3.
Tilimizda o‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati, sinonimlarning izohli lug‘ati allaqachon yaratilgan4. Biroq ulardan ko‘plab so‘zlarning sinonimik qatorini, ma’nodoshlarning uslubiy farqlanishini topib kuzatish imkoni yo‘q. Shuningdek, hozirda barcha tilshunoslar tomonidan sinonimik qatordan farqli o‘laroq graduonimik qator farq qilishi barcha mutaxassislar tomonidan tan olingan5. Bu lug‘atning izohsiz namunasi Sh.Bobojonov va I.Islomovlar tomonidan yaratildi1. Shunga muvofiq o‘zbek tilining tom ma’nodagi sinonimlar lug‘atini mukammal tartibda yaratish, kengaytirish, shuningdek, til tizimidagi darajalangan so‘zlarni izohli tartibda batafsil ishlab chiqish kun tartibidagi masala sifatida ko‘tariladi. Xullas, shu kabi filologik lug‘atlar muammolari 80-yillar lug‘atchiligi davridan buyon yig‘ilib qolgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ma’lumki, tilshunosligimizning XX asrdan buyon bo‘lgan tarixiy taraqqiyoti jarayonida til hodisalarini qiyoslab o‘rganish, kerakli o‘rinlarda andaza olish rus tilshunosligi nazariyasi asosida olib borildi. Hozirgi davr lug‘atchiligini esa faqat shu holat bilangina chegaralab bo‘lmaydi. Bugungi kunda sanoati rivojlangan (kapitalistik) mamlakatlar orasida elektron lug‘atchilik va tilni avtomatlashtirish ishlari boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha taraqqiy etgan. Bu masala kun tartibiga qo‘yilar ekan, wordnet, elektron lug‘atchilik sohasida ko‘proq AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya, mamlakatlari hamda Rossiya lug‘atchilik tajribalari asosida ham ish ko‘rish lozim bo‘ladi. Fransiya (France), Fransiya Respublikasi (République Française) - Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shim. da Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, jan.da Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km². Ángliya (ingl. England) - Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligining eng katta qismi. Angliya Buyuk Britaniya katta orolining janubi-gʻarbini egallagan.
Tilni avtomatlashtirishning yana bir afzallik xususiyati shundaki, kishilarning ma’lum bir ish yuritish jarayonida til hodisalariga ehtiyoj sezganda imlo, talaffuz, ma’nodosh so‘zlar, ma’nodosh so‘zlardan uslubiy normaga mos so‘zni tanlab berish kabi mukammal muharrir, musahhih vazifalarini bajarib berishi ko‘zda tutilgan. Kompyuter tili bilan aytganda, uzer (foydalanuvchi)ning davlat tilida ish yuritish uchun o‘nlab lug‘atlarning o‘zi bilan birga olib yurishiga zarurat qolmaydi. Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Bu dasturlarning ko‘pchiligi yuqorida ta’kidlab o‘tilgan davlat tillarida allaqachon yaratilgan.
Istiqloldan so‘ng belgilangan vazifalar borasida ko‘pgina nazariy va amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Biroq yuqorida ta’kidlanganidek, mashaqqatli mehnatlar evaziga yaratiladigan lug‘atlar ko‘p yillik vaqtni talab etadi. Shunday og‘ir zahmat hisobiga yaratilgan va yaratilayotgan besh tomdan iborat “Ozbek tilining izohli lug’ati”ning yangi nashri1, 12 tomdan iborat O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi2 yuqoridagi fikrimiz dalilidir. Ensiklopediya (yunon. ἐγκύκλιος παιδεία - barcha bilimlar doirasida taʼlim olish) yoki qomus ilmiy yoki ilmiy-ommabop nashrdir. Oʻzida barcha (universal ensiklopediya) yoki baʼzi (soha ensiklopediyasi) sohalar boʻyicha nazariy hamda amaliy bilimlarni saqlaydi.
Tilshunoslar har qanday til va lug‘at tarkibining eng muhim xususiyatini harakatda va o‘zgaruvchan ekanida deb hisoblaydilar.
Bu kabi til lug‘at tarkibini boyituvchi yo‘llardan biri boshqa tillardan so‘z o‘zlashish hisobiga tilning boyishidir.
Tilda so‘z o‘zlashish jarayoni, asosan, xalqaro aloqalarning kengayishi, bozor munosabatlari shakllanishi, tovarlarning keng ko‘lamda savdo-sotig‘i, mafkuraviy yoki ijtimoiy aloqalar doirasida yangi tushunchalarni ifodalash ehtiyoji, jamiyatning ma’lum bir tuzumdan yangi shaklga o‘tishi kabilar bilan bog‘liq.
Mustaqillikdan so‘ng o‘zbek tilining mavqei, ayniqsa, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotdagi, davlat idoralarida ish yuritishdagi va matbuotdagi o‘rniga bo‘lgan ahamiyat kuchaydi. Tilimizning go‘zal imkoniyatlaridan unumli foydalanish, uning ifodaviyligi, jozibadorligini ko‘rsatib berish, turli sohalarga oid xalqaro miqyosda umumlashayotgan so‘z va iboralarni tilimiz qonuniyatlariga mos holda olib kirish ishlariga alohida e’tibor berila boshladi.
Tarixdan ma’lumki, uzoq davrlar davomida takomillashgan turkiy tillar xalqaro miqyosda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Turkiy tillar - hozirgi va qad. turkiy xalqlar va elatlarning tillari. Asosan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyam, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Makedoniya, Albaniya, AQSH, Saudiya Arabistoni va boshqa bir kancha mamlakatlarda tarqalgan. O‘zbek qozoq, qirg‘iz kabi tillar uchun bobo til hisoblangan turkiy tilda yirik-yirik nasriy va nazmiy asarlar yaratilgan, olamshumul ahamiyatga ega bo‘lgan “Xamsa” kabi shoh asarlar yaratilgan.
Ko‘p asrlik taraqqiyotga ega bo‘lgan o‘zbek tili ko‘plab tillarning o‘zlashma so‘zlari hisobiga boyimoqda va ko‘plab tillarga o‘z fondidan so‘z berib kelmoqda.
So‘z o‘zlashish jarayoni har bir jonli tilga xos bo‘lgan qonuniyat bo‘lib, dunyo tillari orasidagi ijtimoiy-madaniy, ma’naviy sohalar asosida to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Hattoki hozirgi ingliz tilida ham o‘zlashma qatlam so‘zlari taxminan 60 foizdan ortiq ekani manbalarda ta’kidlanadi.
| Ingliz tili (ingl. English) - hind-yevropa oilasining german guruhiga kiruvchi til. Ingliz xalqining tili. Avstraliya, AQSH, Birlashgan Qirollik, Hindiston, Irlandiya, JAR, Kanada, Liberiya, Malta va Yangi Zelandiyaning rasmiy tili. |
Ingliz tili hind-yevropa tillari oilasining german guruhiga kiradi. Inlizcha so‘zlarning o‘zlashishi nafaqat o‘zbek tiliga, balki sobiq ittifoq tarkibidagi rus, chechen va gruzin kabi boshqa tillarga ham sezilarli ta’sir qildi. Biroq rus tili ingliz tili singari hind-yevropa tillari oilasiga mansub bo‘lgani bois ularda bu tilning ta’siri tilimizga nisbatan faolroq sezilishini kuzatish mumkin.
O‘zbek tiliga inglizcha o‘zlashma so‘zlarning o‘zlashish yo‘llari tulicha yo‘sinda. Qator yangi tushunchalar va hodisalar aynan o‘zbekcha nomlanishga ega bo‘lmasa yoki o‘zlashma so‘z tushunchaning (sinonimiga nisbatan) turli qirralarini ifodalash va nomlash jihatidan o‘zining ijobiy va samarali ta’siriga ega bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirish yoki aynan o‘zlashtirish usulidan foydalanilmoqda. Masalan, chat (chat) – suhbat, bifshteks – (beefsteaks) – qovurilgan mol go‘shtini qaylaga solib beriladigan ovqat turi, mani (money) – pul, boy-frend (boy-friend) – do‘st, o‘rtoq kabi so‘zlar ham ayrim reklama, bolalar kiyim-kechaklari yoki aholi e’tiborini tortuvchi buyumlarda aks etmoqda.
Buning isboti sifatida E.A’zamovning «Bayramdan boshqa kunlar» qissasidan olingan parchaga e’tibor qaratamiz. Asar qahramonlaridan sanalgan Safuraning tilidagi parazit so‘zlar ko‘plab qo‘llanishini kuzatish mumkin. «Umuman, ko‘p gapirib og‘zini charchatmaydi. Demoqchi bo‘lgan fikrini biron bitta alomatroq so‘zga jamlab qo‘ya qoladi. Xuddi mashhur «O‘n ikki stul» dagi tantiq Ellochkaga o‘xshab. Masalan: «bravo», «ujas», «genialno», «shik», «se lya vi», «chi gap», «oybay», «salut», «chao», «okey» va hokazo. Bu baynalmilal – qurama so‘zlarni u doimo xitob bilan, ohangini keltirib talaffuz qiladi. Siz o‘zbekcha gapiravering, u ana shu «til» da javob qaytaraveradi... ...Hello-o! BB larga (Bakir bilan Bargida demoqchi) salut deb qiyqiradi u telefondayoq: ismlarini to‘liq aytish ham unga malol kelsa kerak yoki oliftagarchilikkamikin?..
Bu kabi so‘zlar odatda tushuncha ifodalashi jihatidan ingliz yoki boshqa tillarda o‘z ekvivalentiga ega bo‘lsa-da, biroq ulardan uslubiy jihatdan u yoki bu xususiyatiga ko‘ra ma’noni tasviriy ifodalashiga ko‘ra farqlanadi.
O‘zlashma so‘zning o‘zlashgan tilda sinonimi bo‘lsa, uning qo‘llanishi uchun turli sabablar mavjud bo‘ladi. Ya’ni, sinonim sifatida kirib kelgan so‘z tilda termin sifatida yashaydi, yoki uslubiy ma’no ifodalovchi so‘z bo‘ladi, yoki o‘z zidlanuvchi so‘zga nisbatan mavhum tushuncha ifodalaydi, ba’zan esa yoshlar orasida odat tusini olmoqda.
Ingliz va rus tillari bir til oilasiga mansub bo‘lgani bois inglizcha so‘zlarning rus tilida o‘zlashish jarayoni o‘zbek tiliga nisbatan faol va miqdoran ko‘pchilikni tashkil etadi. Tilshunos olimlar ta’kidlaganidek, ko‘pchilik inglizcha o‘zlashma so‘zlar tilda, avvalo, okkozional (muvaqqat) xarakterga ega bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan okkazional neologizmlar o‘zining bilingvizm (ikki tillilik) xususiyatini kengaytira boshlaydi.
Hozirgi paytda gazeta, jurnal, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlarda muxlislarni o‘ziga jalb etadigan mavzular nomi inglizcha so‘zlar va ularning urf-odatlari bilan bog‘liq holatlar tez ko‘zga tashlanadi. Radioeshittirish, radioeshittiruv - ommaviy axborot vositalarining oʻziga xos elektron texnikaga asoslangan turi. Ovozni maxsus apparatlar yordamida koʻpaytiradi va keng hududlarga, uzoq masofalarga yetkazib beradi. R. Mashhur siyosiy arboblar, siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar ham o‘zlarining nutqlarida sohalariga mos holatda o‘rni bilan inglizcha o‘zlashmalarga murojaat qilib turishadi.Arbob (arab.- xo‘jayin, ega so‘zining ko‘pligi) - 1) ijtimoiy-siyo-siy va boshqa faoliyati bilan xalqqa tanilgan, el orasida obro‘ qozongan mashhur shaxslar - jamoat va davlat A.lari (mas, Ali-sher Navoiy); 2) fan va san’atda o‘z ijo-diy mehnatlari bilan tanilgan shaxslar - fan va san’at A.
Manbalarda so‘z o‘zlashtirishning ikki yo‘li borligi ta’kidlanadi:
1) jonli so‘zlashuv orqali so‘z o‘zlashtirilishi. Bunda boshqa til so‘zlari o‘zbek tiliga mahalliy aholining og‘zaki nutqi orqali o‘tadi. Masalan, ruscha rami (рамы), klubnika, podnos so‘zlari o‘zbek tilining jonli so‘zlashuvidan rom, qulubnay va patnis deb talaffuz qilingan, keyinchalik o‘zbek adabiy tiliga ham shu shaklda o‘zlashgan;
2) bosma manbalar orqali so‘z o‘zlashtirilishi. Bunda boshqa tildagi matnni o‘zbek tiliga tarjima qilish yoki o‘zbek tilida yozilgan maqolalarda, ilmiy va badiiy asarlarda boshqa til so‘zlarini (ayniqsa, termin va atamalarni) ishlatish orqali bo‘ladigan o‘zlashtirish nazarda tutiladi. Matematikadagi katet, gipotenuza, adabiyotshunoslikdagi kulminatsiya, syujet kabi terminlar, ocherk, roman, povest kabi so‘zlar shu yo‘l bilan o‘zlashtirilgandir1.
Ko‘pgina tilshunoslar so‘z o‘zlashishining asosiy sababi sifatida quyidagilarni ko‘rsatishadi:
-
xalqlarning tarixiy aloqasi;
-
yangi predmet, jarayon va tushunchani nomlash zaruriyati;
-
nutqiy tejamkorlik imkoniyatiga intilish;
-
ikki tildan foydalanishning alohida turi;
-
chet tili so‘zlarini yangilik sifatida qo‘llash;
-
biror millatning o‘ziga xos udum yoki rasm-rusumlariga nisbatan ko‘r-ko‘rona ergashish.
Umuman olganda, so’z o’zlashish jarayoni tilning doimiy harakatdagi qonuni bo’lib, o‘zbek tili leksikasiga o‘zlashishi sezilarli darajada ta’sir qilgan 20 dan ortiq til o‘zlashmalari mavjud. Shuningdek, tilimizda o‘zlashishi faol bo‘lmagan bir qancha tillarning o‘zlashmalari ham mavjudki, ularning lug’atlarimizdagi miqdori kam foizni tashkil etadi.
2. O‘zbek tili leksikasida o‘zlashma so‘zlar
Ma’lumki, dunyo tillari orasida sof tilning o‘zi yo‘q. Tilning sofligi uning o‘z til so‘zlari hisobiga yashashi bilan belgilanmaydi. Tillarning o‘zaro omuxtalashishi, birining ikkinchisiga ta’sir etib borishi til jarayonining harakatdagi barqaror qonuniyatlaridan biri hisoblanadi. Bu hodisaning rang-barang tillarda me’yoriy, me’yordan past va me’yordan ortiq ta’siri ko‘zga tashlanib, so‘z o‘zlashishining me’yordan past va me’yordan ortiq darajada harakatlanish holati til tizimida ma’lum bir salbiy oqibatlarni yuzaga keltirishi mumkin.
O‘zbek tili leksikasi bugungi kunga qadar til taraqqiyoti natijasida doimiy o‘z ichki imkoniyatlari asosida so‘z yasash, o‘zga tillardan so‘z olish, eskirgan so‘zlarning chiqib ketishi kabi ma’lum bir o‘zgarishlar hisobiga tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tmoqda. Leksik qatlam taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Xalqlarning o‘zaro madaniy, siyosiy, iqtisodiy aloqalari tillarning omuxtalashish holatiga sabab bo‘ladi.
O‘zbek tili leksik qatlami taraqqiyotini ham jamiyatdagi muhim o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ma’lum bir davr bosqichlari asosida o‘rganish mumkin. Turkiy til sifatida yuritilgan o‘zbek tili qadimdanoq O‘rta Osiyo hududida bir necha asr mobaynida forsiy (fors-tojik) til bilan bir qatorda iste’molda bo‘ldi. Uzoq vaqtlik muloqot natijasida til omuxtalashishi sezilarli darajada har ikkala til leksik qatlamiga ham ta’sir qildi. O‘zbek tili leksik qatlamiga yangi so‘zlar, so‘z birikmalari, iboralar, hattoki so‘z yasovchi qo‘shimchalar ham kirib keldi. Bunday so‘zlar avvalo mavhum, keyinchalik ularning ko‘pchiligi o‘z qatlam so‘zlari kabi tilimizga moslashib, ajratib bo‘lmas holatda o‘rinlashdi. Buning sababi sifatida o‘zlashma so‘zlarning tilda ko‘p asrlik nutq jarayoni va til tizimidagi sinonimik, graduonimik, giponimik, bir so‘zning faollashuvi ikkinchi so‘zni passivlashishi jarayoni kabi munosabatlar hisobiga barqaror o‘rinlashib qolgan deyish mumkin. Turkiy va forsiy tillarning bunday omuxtalashish jarayoni X asrgacha sezilarli darajada davom etdi, deyish mumkin.
VII-VIII asrda boshlangan arab istilosidan so‘ng islom madaniyati ta’siri bilan birga leksikamizga, avvalo, diniy-ma’rifiy tushunchalar, keyinchalik esa keng qamrovli arabcha so‘zlar qatlami kirib keldi. Aholining islom diniga katta e’tibor qaratishi, arab tiliga bo‘lgan ishtiyoq va qiziqish natijasida xalqimiz orasida arab tili ilm-ma’rifat tili, madaniyat tili darajasiga ko‘tarildi. Madrasalarda arab tili chuqurlashtirib o‘qitila boshlandi, zamonaning ziyoli kishilari uchun arab tilida so‘zlasha olish, shu tilda yoza bilish zamona talabi sifatida qaraldi. Arab tilini o‘rganish nafaqat turkiylar orasida, balki arablar tasarrufidagi forsiy va boshqa xalqlar orasida ham avj olib bordi. Natijada arab tili islom madaniyatiga asoslangan xalqlar uchun ilm-fan tili – baynalmilal til vazifasini bajara boshladi. Zeroki Qur’oni karim lafzi bitilgan arab tilida yoziladigan asarlargina shu soha olimlari tomonidan tahlil qilinar, foydalanishga tavsiya qilinar va ko‘pchilik tomonidan tan olinar edi. Avvalo, xalqimiz orasida yetishib chiqqan ziyoli kishilar bu tilda din, ma’rifat, islom nazariyasiga doir asarlar yozishgan bo‘lsa, keyinchalik, turli sohalarga bag‘ishlangan asarlar ham yozila boshlandi. X asrning muhim xususiyati shundaki, bu davrda turkigo‘y alloma va adiblarning ilmiy va badiiy asarlarni bitishlari uchun bir vaqtning o‘zida arab, fors va turk tillari amalda bo‘ldi. Aniqroq qilib aytiladigan bo‘lsa, ijodkor ahli uchun din-ma’rifat mavzusi ko‘proq arab tilida, she’riyat fors tilida, rang-barang sohalarda asar yozish esa turkiy tilga xoslangan edi. Fors tili, forsiy - xindevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruhining jan.gʻarbiy tarmogʻiga mansub til; asosan, Eronda (Eron Islom Respublikasining rasmiy tili hamda millatlararo aloqa tili), shuningdek, Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston, Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari, AQShda, Kavkazorti va Oʻrta Osiyo respublikalarida ("eroniy" deb ataladi) tarqalgan. X asrdan boshlab asarlarning fors tilida yozilishi sezilarli darajada susaydi. Somiy tillar oilasiga kiruvchi arab tili turkiy tillarga til oilalari jihatidan uzoq hamda fonetik va grammatik jihatdan ancha murakkab bo‘lganligi bois turkiy qavm orasidan kam miqdordagi kishilargina bu tilda mukammal asar yozish uchun jur’at qila olar edi. Ma’lum yillar davomida arab tili bilan muttasil shug‘ullanib, arab davlatlarida yashab, bu tilni sinchiklab o‘rgangan ijodkorlargina bu tilda mukammal asarlar yozishga kirishdi. Misol sifatida biz faxr bilan tilga oladigan qomusiy ijod sohibi Mahmud Zamaxshariyning arab tili grammatikasiga oid “Al-Mufassal” asarini yozishi, unga “Arablar va g‘ayriarablar ustozi” sharafli nom berilishi fikrimiz dalilidir.
Bir tildan boshqa tilga, jumladan, boshqa tillardan o‘zbek tiliga so‘z o‘zlashishi yozma yoki og‘zaki nutq orqali bo‘ladi. Masalan, arabcha o‘zlashmalarning ko‘pchilik qismi yozma manbalar orqali o‘tgan. Tojikcha so‘zlarning o‘zlashishida esa og‘zaki nutq ham muhim rol o‘ynagan1.
Fors tilining xalqimiz hayotida o‘z mavqeini yo‘qota borishi O‘rta Osiyoda Uyg‘onish (renessans) davrining buyuk vakili Alisher Navoiy davrigacha davom etdi. Shundan keyingi davrdagi devon va asarlarning forscha yaratilishi adiblarimizning zullisonaynlik mahoratini ko‘rsatish maqsadida bo‘ldi. Muhimi shundaki, tilimizning shunday ko‘p yillik omuxtalashish jarayonida ham leksik qatlamining katta qismi o‘z til so‘zlari hisobiga saqlab qolgani quvonarli hodisadir. Zeroki, leksikamizdagi o‘zlashma so‘zlar hisobi hozirgi davr fors tili leksikasiga qiyoslanadigan bo‘lsa (ayrim mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu til leksik qatlamining 65 % ini arabcha so‘zlar tashkil etadi) yuqoridagi holat nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligi va bugungi kunda fors millati uchun til sofligini saqlash davlat ahamiyatidagi masala sifatida turgani ma’lum bo‘ladi. Bu holat tilda so‘z o‘zlashishining me’yordan ortiq darajasi bo‘lsa, tilimizdagi arab, fors so‘zlarining leksik qatlamdagi o‘rni, qo‘llanishi va miqdori esa so‘z o‘zlashishining me’yor darajasidagi holatini ko‘rsatadi. Aynan shu so‘z o‘zlashishining me’yordan ortiqlik darajasi til taraqqiyotining salbiy oqibatlarini keltirib chiqarishi mumkin. O‘rni kelganda shuni ham aytish lozimki, til omuxtalishishidan chetda qolgan, so‘z o‘zlashishining me’yordan past darajasida bo‘lgan, milliy, madaniy, siyosiy, iqtisodiy aloqalardan uzilgan tilda ham shunday “fojiaviy” holatlar kutilishi mumkin. Hozirgi paytda dunyo tillari orasida o‘lik tillar qatoriga o‘tib borayotgan bir necha tillar shunday tarixiy jarayonni boshidan kechirmoqda.
XIX-XX asrda jamiyat hayotida boshlangan tarixiy o‘zgarishlar tilimizda ham o‘z aksini bera boshladi. Bu davr so‘zlarning o‘zlashish va so‘zlarning chiqib ketish jarayonining tezlashgan davri bo‘ldi. XX asrda maktablar tashkil etilishi, ommaviy savod chiqarish, gazeta va jurnallarning chop etilishi, maktablarida savod chiqarish kabi omillar asosida bu holat yanada tezlashdi. Bu davrning muhim xususiyati shundaki, tilimizga nafaqat ruscha so‘zlar, balki rus tili orqali ko‘plab inglizcha, fransuzcha, italyancha va boshqa tillardan so’zlar kirib keldi.
O‘zlashma so‘zlar datlabki davrda neologizm xarakterida bo‘lsa-da, keyinchalik asta-sekin qabul qiluvchi til qonuniyatlariga bo‘ysunishi, xuddi o‘z so‘zdek, tabiiy va aniq bo‘lishi (barg), fonetik qayta shakllanishi (karavot), grammatik singishi (bankdan), so‘z yasash tizimida faol ishtirok etishi (traktorchi), takror-takror qo‘llanishi tufayli uning yot elementigi sezilmay qoladi1.
Tilimiz leksik taraqqiyotining navbatdagi bosqichi mustaqillik davri bilan bog‘liqdir. Jamiyatimiz har bir sohasida boshlangan tub islohotlar, xalqaro madaniy, iqtisodiy, siyosiy aloqalar ma’lum til o‘zgarishlariga, tilimiz taraqqiyotiga yangi yo’l ochdi. Muhimi shundaki, bu davrga kelib, turli tillarga oid rang-barang soha so‘zlari kirib kelishi kuchaydi. Dunyo tillarini o‘rganish bilan birga ularning milliy-madaniy an’analari, urf-odatlariga muvofiq tushuncha va so‘zlarning o‘zlashishi tilimiz lug‘at boyligini yanada oshirdi.
Yuqoridagilarga muvofiq o‘zbek leksikasi taraqqiyotini ma’lum bosqichlar asosida davrlashtirish mumkin:
1. XV asrgacha turkiy tilga fors-tojik tilining ta’siri.
2. VIII-X asrlarda turkiy tilga arab tilining ta’siri.
3. XX asrda o‘zbek tiliga rus tilining ta’siri.
4. Istiqloldan so‘ng o‘zbek tiliga turli tillar, xususan ingliz tilining ta’siri.
Istiqloldan so‘ng o‘zbek tiliga turli tillar ta’siri. Neologizmlarning kirib kelishi.
XXI asr jahon hamjamiyati tomonidan ulkan o‘zgarishlar, texnik taraqqiyot, axborotlashtirish asri sifatida tarixda qolishi e’tirof etilmoqda. Ayni paytda qisqa muddat davomida yangiliklarning dunyo bo‘ylab ommalishishi, jamiyatdagi shunday yangiliklarga bo‘lgan ehtiyoj har bir til leksik tarkibining ma’lum bir jihatdan o‘zgarishiga olib kelmoqda. Bugungi kun neologizmlarning kirib kelishi, ularni omma tomonidan iste’molda bo‘lishi tilimiz lug‘atlarida aks etishini kutayotgani yo‘q. Zamonaviy texnika sohasidagi xalqaro bog‘liqlik va yaqinlik tilimizda ko‘plab shunday tushunchalarni o‘z so‘zlarimiz bilan ifodalashga o‘rin qoldirmayapti. Ba’zi bir o‘zlashma so‘zlarning ma’nolari lug‘atlarda ham qayd etilmagan (flesh, koka-kola). Bugungi kunda zamonaviy texnika so‘zlari dunyo bo‘ylab baynalmilal soha so‘zlari darajasiga ko‘tarilib bormoqda.
Istiqloldan so‘ng o‘zbek tili lug‘at boyligi ham shunday so‘zlar hisobiga kengaydi va taraqqiy etdi. Buning sababi sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
1. Mustaqillikdan so‘ng jamiyat hayotida siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalarda bo‘lgan o‘zgarishlar.
2. Jahon miqyosidagi ilf-fan, texnik taraqqiyot ta’siri.
3. Xorijiy tilda muloqot qiluvchi yurtdoshlarimizning o‘zlashma so‘z va terminlarni o‘z nutqlarida ko‘plab qo‘llashlari.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida o‘zlashma so‘zlarning qaysi tilga tegishli ekani alohida shartli qisqartmalar asosida ko‘rsatilar ekan, ularning o‘z tilidagi lug‘aviy ma’nosi va tilimizga o‘zlashganidan keyingi monosemantik yoki polisemantik xususiyati alohida ko‘rsatib berilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘zbek tilining izohli lug‘atida o‘zlashma so‘z olib kirgan tillar sifatida 16 ta til so‘zlaridan misollar berilgan. Bular sirasiga arab, fransuz, fors-tojik, golland, hind, ingliz, ispan, italyan, lotin, mo‘g‘ul, nemis, polyak, rus, xitoy, yunon, chex tillari kiritilgan. Biroq adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati1 va qisqacha siyosiy lug‘at2da portugal va skandinavcha tillardan olingan so‘zlar ham ko‘rsatilgan. Bu kabi tillardan olingan so‘zlar ma’lum bir sohaga oid termin ekanligi uchun “O‘zbek tilining izohli lug’ati”dan o‘rin olmagan bo‘lishi mumkin.
Neologizmlarning paydo bo‘lish yo‘llari xilma-xil bo‘lib, ular tilning mavjud lug‘aviy tarkibi va grammatik qonun-qoidalari asosida yangi so‘z yasash yo‘li, shuningdek, mavjud so‘zning lug‘aviy ma’nolaridan birini yangi ma’noda qo‘llash yo‘li bilan va boshqa tildan so‘z qabul qilish orqali hosil qilinadi3.
Ma’lumki, tilda umumtil neologizmi va individual nutq neologizmi mavjud bo‘lib, umumtil neologizmi jamiyat hayotida katta o‘rin egallaydi. Bunday neologizmlar muallif tomonidan ma’lum bir uslubiy talab asosida yaratiladi. Biroq har qanday yangi neologizmlar, avvalo, individual nutqda paydo bo‘ladi. Bunday so‘zlar jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilinsa, til tizimida shu so‘zga ehtiyoj bo‘lgan holatdagina o‘z vazifasini bajarib, umumtil neologizmi qatoriga o‘tishi mumkin. Tilimizda shunday vazifani bajara olmay individual nutq neologizmi sirasiga qolib ketayotgan leksemalar ham talaygina. Shunday misollar sirasiga hanuz harakati davom etayotgan badiiy uslubning ko‘tarinki ruh kayfiyatini ifoda etuvchi sezim neologizmini ham kiritish mumkin bo‘lib, bu so‘z sezgi so‘zi o‘rnida bir necha o‘n yillardan buyon umumtil neologizmi qatoriga kira olmay kelyapti.
Ba’zi manbalarda neologizmlar ma’lum bir guruh va turlarga ajratib o‘rganilar ekan, haqiqiy neologizmlarning paydo bo‘lishi nomlangan voqelikning yangi nomi bo‘lishi lozimligini asos qilib olishadi4. Biroq hozirgi paytda til tizimida neologizmlarning paydo bo‘lish talabi jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda o‘zgardi. So‘zlarning bir tildan ikkinchi tilga o‘tishi ma’lum bir yangi voqea-hodisaning yangi nom sifatida shakllanishiga, til leksik “bazasi”ga o‘rinlashishiga sabab bo‘lmoqda. Jahon xalqlari orasidagi o‘zaro madaniy, siyosiy, iqtisodiy hamkorlik til rivojlanish jarayoniga ham o‘zining shunday ta’sirlarini o‘tkazib bormoqda.
Mavjud manbalarda neologizmlar o‘rganilar ekan, ularda bugungi kun neologizmlari sifatida ma’lum bir so‘zlarni alohida ta’kidlab ko‘rsatilganini kuzatish qiyin. Shunday neologizmlar qatoriga kosmos, telivedeniye1; konfliktsizlik, kosmodrom2; marketing, qayta qurish, reyting, tender3 kabilar ko‘rsatilsa-da, ularni hozirda yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotgan, zamonaviy qatlam so‘zlari sifatida baholab, hozirgi harakatda bo‘lgan yangi so‘zlarga misollar keltirilmaydi. Buning sababi shundaki, umumtil neologizmlarining qisqa muddat shu vazifada yashashi, bu tushunchaning nisbiyligi, shuningdek, ko‘pgina so‘zlarning yangilik bo‘yog‘ini jamiyatning barcha soha vakillari birdek qabul qilmasligidadir.
Neologizm tushunchasi va tilimizda paydo bo‘layotgan yangi so‘zlarni turli soha vakillari va jamiyatning turli qatlam kishilari uchun doimo birdek ahamiyat kasb etmasligi masalasini turlicha tushunish mumkin. Odatda ziyoli, yangilikka qiziquvchi kishilar va yoshlar atrofdagi o‘zgarishlarga nisbatan befarq bo‘lishmaydi. Ular jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarni tez payqashadi. Ba’zi bir tabaqa vakillari borki, ularga ma’lum bir texnologiya va yangilik ko‘z o‘ngida joriy qilinmagunga qadar bu hodisaga befarq bo‘lishi kuzatiladi. Umuman olganda, jamiyat a’zolarining neologizmlarga bo‘lgan munosabati ularning ijtimoiy hayotga bo‘lgan faol yoki passiv yondashishi bilan bog‘liqdir. Shunga ko‘ra, ayrim o‘rinlarda ba’zi bir yangilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlarning (neologizmlarning) tilda tutgan o‘rni haqida keskin xulosa chiqarish to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin.
Bundan 20-30 yil ilgari ham tilimizning boyishi ichki manba orqali so‘z yasashdan ko‘ra o‘zlashtirish ustun bo‘lib borayotgani kuzatilgan edi4. Hozir ham tilimiz taraqqiyotida shunday jarayon davom etmoqda.
Mustaqallikdan so‘ng tilimizga yangi so‘zlarning kirib kelishi qanchalik tezlashgan bo‘lsa, ko‘pgina so‘zlarning tilimizning leksik qatlamidan chiqib ketishi shunchalik tezlashdi. Shu bilan bir qatorda tilimizga flesh, multimedia, blutus, multimillioner, intranet, peyjering kabi neologizmlar ham kirib keldi.
Eskirgan so‘zlar sirasidagi rayon, oblast, otpuska, praktika, ekonomika, gimn, so‘zlari iste’moldan chiqib o‘rnini yangi so‘zlar yoki ma’nodosh qatoridagi boshqa bir so‘z egallagan bo‘lsa, sovxoz, kolxoz so‘zlari tarixiy so‘zlar qatoriga o‘tdi. Bu kabi sho‘rolar boshqaruvi tizimini ifodalovchi eskirgan so‘zlar tilimizda talaygina topiladi.
Tilimizda mavjud bo‘lgan vazir, posbon, hokim, kabi ko‘pgina so‘zlarning vazifa doirasi va mazmuniy mundarijasi kengaydi1. Shakllangan bozor iqtisodiyoti sohasidagi yangi tushunchalar fan va texnika sohasidagi yangi so‘zlar tilimiz boyligini oshirishda muhim faktor sifatida qaraladi. Texnika sohasining kompyuter, internet va ular bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum bir soha so‘zlari tilimizda soha (terminologik) so‘zlari sifatida emas, kengaygan holda umumiste’mol so‘zlari sifatida ishlatilmoqda.
Neologizmlar masalasi o‘rganilar ekan, ularning mazmun-mohiyatini bugungi kunda yangi nashr etiladigan lug‘atlarda so‘zlarning ma’nosini berish, ularni izohlash orqali kishilarga yetkazib bo‘lmaydi. Negaki mavjud lug‘atlar keyingi nashrining kishilar qo‘liga yetib borishi kechikib borayotgan bir paytda bu masalani lug‘atlar orqali yechib bo‘lmaydi. Shuningdek, ba’zi bir gazeta va jurnallarda berib borilayotgan sanoqli so‘zlarning tushuntirishlari bilan ham xalqqa to‘laqonli yangi so‘zlarni, ular uchun zarur bo‘lib turgan tushunchalarni yetkazish mumkin emas. Bizning nazarimizda, buning yagona yo‘li internet tizimida “O‘zbek neologizmlarining elektron lug‘ati”ni tashkil qilish lozim. Bu lug‘at mutaxassislar tomonidan doimiy, kunlik harakatda bo‘lib turishi zarur bo‘ladi. Ish intranet tizimi2 asosida olib borilsagina tilimizda paydo bo‘layotgan yangi tushuncha va so‘zlarni tartibga solib turish muammosi yechilishi mumkin.
Bunday elektron lug‘atlar ikki guruh jamoasi tomonidan boshqarilishi zarur bo‘ladi. Birinchi (tadqiqotchi) guruh a’zolari tilimizda yuzaga kelayotgan neologizmlarni o‘zlari aniqlab, izohlab borishadi. Ikkinchi (javob beruvchi) guruh a’zolari esa uzer (internet tizimida ishlovchi kishi)larning talabiga ko‘ra ular uchun tushunarsiz bo‘lgan ma’lum bir so‘zlarni ularga javob tariqasida izohlab borishadi.
O‘zlashma so‘zlar borasidagi yana bir muhim masala shuki, mustaqillikdan so‘ng tilimiz turli davlatlar bilan ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, iqtisodiy soha hamkorligi natijasida mavjud tillarning so‘zlari hisobiga kengayayotganini ta’kidlash joiz. Ilf-fan va texnik taraqqiyot ta’siri natijasida tilimiz so‘zlari miqdori, xusuan, inglizcha va boshqa til so‘zlari hisobiga ham boyib borayotgani tilshunoslarning diqqat-markazida turibdi. Misol sifatida, brifing so‘zi inglizcha briefing (brief – qisqa) bo‘lib, yangi o‘zlashma so‘z bo‘lmagani uchun nashr etilgan lug‘atlarning ko‘pchiligida uchramasa-da, uni rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi, shuningdek, muayyan masala bo‘yicha rasmiy nuqtai nazar yoki xalqaro muzokaralar, kengashlar, konferensiyalarning borishi va boshqalar to‘g‘risida tomonlarning o‘zaro kelishib olingan qarashlari rasmiy xulosasi qisqacha bayon qilinadigan uchrashuvi sifatida izohlanadi1.
Mustaqillikdan so‘ng tilimizga brifing – briefing, injenereng – ingineering, imej – image, vizual – visual, virtual – virtual, organayzer – organizer kabi inglizcha o‘zlashma so‘zlarning kirib kelishi qanchalik tezlashgan bo‘lsa, ministr, komitet, oblast, rayon kabi ko‘pgina so‘zlarning tilimiz leksik qatlamidan chiqib ketishi ham shunchalik tezlashdi.
Kundalik so‘zlashuvda ishlatilayotgan va qo‘llanilishi faol bo‘lgan ayrim leksemalarning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan joy olmaganini kuzatish mumkin. Masalan, imij, koka-kola, minimarket, gipermarket, chizburger, xot-dog, chipsi, netbuk, blutus, sensor, flesh xotira, vay-fay, planshet, intranet kabi ko‘plab leksemalar ham izohli lug‘atimizdan joy olishi zarur.
Yogurt asl turkiy leksema bo‘lib, jem, meva konservasi, shokolod, kakao va boshqa qo‘shimcha (to‘ldirgich)lar aralashtirilgan, qaymoqli kremga o‘xshash sut-qatiq mahsuloti (oddiy ivitilgan qatiq, kefir va boshqalar) ma’nosida ishlatiladi. Bu ham utyuk leksemasi kabi o‘z shaklini o‘zga til xususiyatlariga mos ravishda o‘zgartirib leksikamizga qaytgan leksema bo’lib o‘zlashma sifatida baholanadi.
Ba’zi o‘zbek tiliga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarning bir guruhi o‘zbek tili leksikasida asl lug‘aviy ma’nosini butunlay yo‘qotib, etimologik ma’no va tushunchasi bilan aloqador bo‘lmagan boshqa semantik birlikka aylangan. Bunday xarakterdagi so‘zlar asl fonetik va morfologik qiyofalarini o‘zgartirmagan. Shunday bo‘lsada, ular ingliz va o‘zbek tilida semantik yaqinlikka ega bo‘lmaydi. So‘zning o‘z tildagi ma’nosi bilan o‘zlashgan tildagi ma’nolari orasida bog‘liqlik unutiladi.
Masalan:
YUMOR [ingl. humour — xulq, fe’l-atvor, kayfiyat < lot. humor — namlik, xo‘llik] 1 Kamchiliklar, ayrim voqea va hodisalarni kulgili qilib, hazilomuz tas-virlay bilish, ularni beg‘araz hajv qilish. Butun harakatlari yumorga boy bo‘lgan Nabi Rahimov yaratgan xar bir obraz favqulodda hayotiyligi.. bilan qalblarni maftun etadi. X. To‘xtaboyev, Sahnamiz yulduzi.
2 Shu yo‘sinda yozilgan adabiy asar. Satira va yumor. Muqimiy yumorlari.
KOKTEYL [ingl. cocktail - xo‘rozning dumi] 1 Spirtli ichimliklarning (konyak, rom va b.) ba’zan qand, meva va turli ziravorlar qo‘shib tayyorlanadigan, sovi-tilgan aralashmasi. -Qani yuring, bir qultum kokteyl ichamiz, — dedi u.. dasturxon yasatilgan uzun foyyega boshlar ekan. I. Rahim, Tinimsiz shahar.
2 Meva sharbati, sut va sh. k. larga shakar, rezavor va b. qo‘shib tayyorlanadigan alkogolsiz ichimlik.
KOLLEJ [ingl., fr. college — o‘rtoq, birodar; o‘quv yurti] 1 Buyuk Britaniya, AQSH va b.Buyuk Britaniya, Britaniya, (ingl. Great Britain) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (ingl. United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) - Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat. ba’zi mamlakatlarda: o‘rtadan oliygacha bo‘lgan turli xil o‘quv yurtlari.
2 Fransiya, Belgiya, Shveytsariya va b.Belgiya, Belgiya Qirolligi (flamandcha: Koninkrijk België; frans.: Royaume de Belgique) - Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Shim. dengiz sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan 3 regionga, regionlar viloyat (provinsiya)larga, viloyatlar kommunalarga boʻlingan. Shveysariya (Switzerland, nem. Schweiz, frans. Suisse, ital. Svizzera), Shveysariya Konfederatsiyasi (nem. Schweizerische Eidgenossenschaft, frans. Conferderation Suisse, ital. Confederazione Svizzera) - Markaziy Yevropada joylashgan davlat. ba’zi mamlakatlarda: o‘rta va to‘liqsiz o‘rta o‘quv yurti.
3 Uzbekistonda: o‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurti.
Kasb-hunar kolleji Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quvchilarga o‘rta max-sus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, bi-lim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlanti-rish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratuvchi o‘quv muassasasi.Kollej (ing . college) - 1) Buyuk Britaniya, AQSH va ayrim boshqa mamlakatlarda oliy, oʻrta, yuqori oʻrta oʻquv yurti (ayrim hollarda universitet tarkibida). Dastlab 13-asr boshlarida Buyuk Brita-niyada vujudga kelgan; 2) Fransiya, Shveysariya, Belgiya, shuningdek, Afrika va Osiyoning ilgari fransuz mustamlaka imperiyasi tarkibiga kirgan bir qancha mamlakatlaridagi oʻrta va toʻliqsiz oʻrta oʻquv yurti. Fransiyada dastlabki K. oʻrta asrda universitetlarda paydo boʻldi; 3) Oʻzbekistonda oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurti. OʻzRning 1997 yil avg .da qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni hamda OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1998 yil fevral dagi qaroriga muvofiq, kasb-hunar kolleji sifatida tashkil etilgan.
Aytish joizki, tilimizga ingliz tilidan o‘zlashgan so‘zlarning o‘zlashishida ularning semantik tuzilishidagi o‘zgarishlari ham turlicha bo‘lishi kuzatiladi. Ayrim so‘zlar tilda o‘z ma’nosini saqlab qolgan o‘zlashmalar sifatida o‘rinlashsa, ayrimlari ma’no kengayishi, ma’no torayishi yoki yangi ma’no kasb etishi mumkin.
Umuman olganda, tilimizdagi o‘zlashma so‘zlar haqida fikr yuritilganda tilshunos olim N.Mahmudov ta’kidlaganidek, O‘zbek tilidagi xorijiy o‘zlashmalarning me’yori va milliyligi masalasi ma’naviy-madaniy sohalar doirasida favqulodda ahamiyatga molik ekanligini hamisha yodda tutish lozim1.
BOB BO‘YICHA XULOSA
O‘zbek tili leksikasiga o‘zlashishi sezilarli darajada ta’sir qilgan 20 dan ortiq til o‘zlashmalari mavjud, shuningdek, tilimizda o‘zlashishi faol bo‘lmagan bir qancha tillarning o‘zlashmalari ham uchrab turadi.
Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda o‘zlashgan ayrim leksemalar rus tilining tabiatiga moslashgan holda tilimizga o‘zlashgan. Masalan, chempionat, trenirovka, tanketka, kovboyka, trusi kabi leksemalar so‘ngida -at, -ka singari elementlarning kelish hollari inglizcha leksemalarning tabiatidan yiroq hisoblanadi. Shuningdek, bu kabi hodisani xaker, xuligan va xoll kabi leksemalarda h fonemasi o‘rniga x fonemasi ishlatilganidan ham sezish mumkin.
O‘zbek tili leksikasining katta qismini o‘z qatlam leksemalari tashkil etadi. Lug‘at boyligimizdagi forscha-arabcha, shuningdek, ruscha o‘zlashma leksemalarning ham miqdori boshqa til o‘zlashmalariga qaraganda katta miqdorda bo‘lib, hozirda ularning qatoriga inglizcha o‘zlashmalarni ham kiritish mumkin.
Eski nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga 80 ga yaqin inglizcha o‘zlashma so‘z kiritilgan bo’lsa, yangi nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga 500 dan ortiq inglizcha o‘zlashma so‘z izohlangan. Shuningdek, “O‘zbek tiliga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarning izohli lug‘ati”da 350 dan ortiq so‘z, bundan tashqari, vaqtli matbuotda qo‘llanayotgan neologizmlar, “Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha axborot texnologiyalari va internetga oid qisqacha atamalar lug‘ati” kabi inglizcha o‘zlashmalar hisobiga mingdan ortiq leksema o’zlashganini aniq aytish mumkin.
Kundalik so‘zlashuvda ishlatilayotgan va qo‘llanilishi faol bo‘lgan ayrim leksemalarning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan joy olmaganini kuzatish mumkin. Masalan, imij, koka-kola, minimarket, gipermarket, chizburger, xot-dog, chipsi, netbuk, blutus, flesh xotira, vay-fay, planshet, intranet kabi ko‘plab leksemalar ham izohli lug‘atimizdan joy olishi zarur.
Har bir tilda ham o‘ziga xos o‘rinsiz ishlatiladigan o‘zga til unsurlari mavjud bo‘lib, ular varvarizmlar sifatida izohlanadi. Hozirgi paytda yoshlar nutqida okey (OK – all correct) – ishlar besh; vau (wow) – ijobiy ma’nodagi his-hayajon ifodalovchi undov so‘z; o yiss (o, yess) – tasdiq ma’noni ifodalovchi so‘z; o, best – (best) ishlar a’lo; hello (hello) – salom; bay (bue) – xayr kabi ingliz tili ta’sirida o‘zlashgan varvarizmlar ham uchrab turadi. Zeroki so‘z o‘zlashish jarayoni, o‘zga tilning madaniyat, urf-odat, o‘ziga xos rasm-rusumlari bilan bevosita bog‘liqdir.
Inglizcha o‘zlashmalarni leksikamizga o‘zlashishini mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyingi davrlarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Ayrim fermer, biznes, bodibilding, gamburger, broyler kabi leksemalar mustaqillikkacha passiv holatda ishlatilib, mustaqillikdan keyingi davrlarda faollashgan bo‘lsa, ayrimlari brifeng, konsalting, trening, kemping, sheyping kabi leksemalar mustaqillikdan so‘ng o‘zlashgan leksemalardir.
O‘zbek tili leksikasining katta qismini o‘z qatlam leksemalari tashkil etadi. Lug‘at boyligimizdagi forscha-arabcha, shuningdek, ruscha o‘zlashma leksemalarning ham miqdori boshqa til o‘zlashmalariga qaraganda katta miqdorda bo‘lib, hozirda ularning qatoriga inglizcha o‘zlashmalarni ham kirish mumkin.
Eski nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga 80 ga yaqin inglizcha o‘zlashma so‘z kiritilgan bo’lsa, yangi nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga 500 dan ortiq inglizcha o‘zlashma so‘z izohlangan. Shuningdek, M.To‘xtayeva B.Qilichevlarning “O‘zbek tiliga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarning izohli lug‘ati”da 350 dan ortiq so‘z, bundan tashqari, vaqtli matbuotda qo‘llanayotgan neologizmlar, “Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha axborot texnologiyalari va internetga oid qisqacha atamalar lug‘ati” kabi inglizcha o‘zlashmalar hisobiga mingdan ortiq leksema o’zlashganini aniq aytish mumkin.
|