II-Bob. Kasb-xunar kollejlarida “"Avtomobil dvigatellarning




Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/25
Sana11.05.2022
Hajmi1.37 Mb.
#20861
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
avtomobil dvigatellarning korsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollari
Лекция 2. Классификация микропроцессоров, bozor infratuzilmasi, jadval, Uchta maydondan iborat ma\'lumotlar tuzilmasi berilgan butun son, 5-22 Taqvim, 1-ma’ruza mavzu fanga kirish. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (1), 90029, 170171, Dars ishlanma
II-Bob. Kasb-xunar kollejlarida “"Avtomobil dvigatellarning 
ko‟rsatkichlarini oshirish usullari va ularni rivojlantirish istiqbollari "” 
mavzusini о„qitish. 
2.1. О„quv jarayoniga ta‟lim texnologiyalarini joriy etishning 
dolzarbligi. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturida» ta‟lim tizimiga ilg„or pedagogik 
texnologiyalarni joriy qilish va о„zlashtirish zarurligi kо„p karra takrorlanadi.
Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, ta‟lim muammolariga oid ma‟ruzalar, rasmiy 
hujjatlarda «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg„or pedagogik texnologiya», 
«Progressiv pedagogik texnologiya», «Zamonaviy ta‟lim texnologiyasi» iboralari keng 
qо„llanilmoqda. Ammo «Pedagogik texnologiya» tushunchasi hali ham bir qolipga 
tushurilmagan, ensiklopediyalarda izohlanganicha yо„k, uning mazmunini yagona 
talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuchi kо„pgina 
ta‟riflari mavjud. 
Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda 
О„zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta‟lim texnologiyalarnini 
yaratish va ularni ta‟lim-tarbiya amaliyotida qо„llashga intilmoqdalar. Bu yerda, nima 
uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyalarning milliy nazariy asosini yaratish va 
amaliyotga tadbiq etish zarurati tug„ildi, degan savol paydo bо„lishi mumkin. 
Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli kadrlarni va yuqori malakali olimlarni 
yetishtirib kelgan pedagogika uslublari mavjudku, ularning eskirib, talabga javob 
bermay qolgan va mafkuralashtirilgan joylarini о„zgartirib, milliy tus berib, 
foydalaneversa bо„lmaydimi? – degan mulohazalar ham yо„q emas. О„zbekistonning 
shu kundagi pedagogik jamoatchiligining aksariyati, aynan mana shu yо„ldan 
bormoqda. Bu yо„l ilojsizlikdan izlab topilgan bо„lib, qisqa muddat xizmat qilishi 
mumkin. Mustaqillikni qо„lga kiritgan va buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu 
yо„l uzoq xazmat qilolmaydi. Chunki: 
Birinchidan, ma‟lum sabablarga kо„ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib 
ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan о„rni olishi uchun, aholi ta‟limini 
jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg„or pedagogik tadbirlardan 
foydalanish zarurligi; 


29 
Ikkinchidan, an‟anaviy о„qitish tizimi yozma va og„zaki sо„zlarga tayanib ish kо„rishi 
tufayli «axborotli о„qitish» sifatida tavsiflanib, о„qituvchi faoliyati birgina о„quv
jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib 
qolganligi; 
Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyotining о„ta rivojlanganligi natijasida 
axborotlarning keskin kо„payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning 
chegaralanganligi; 
Tо„rtinchidan, kishilik jamiyati о„z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy 
va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bо„lgan, aniq 
yakunga asoslangan texnik tafakkurga о„tib borayotganligi; 
Beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng 
ilg„or bilim berish usuli hisoblongan obyektiv borliqqa tizimli yondashuv 
tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir 
Ta‟lim texnologiyasi yuqorida sanab о„tilgan beshta sababiy shartlarni 
barcha talablariga javob beradigan ta‟limiy tadbirdir. 
Bu zaruriyat, shu vaqtgacha tahsil oluvchilar yopiq tafakkur paradigma 
(namuna, misol) lari asosida о„qitilganligi, ularda о„zgacha nuqtai nazarni tan 
olmasliq, faqat о„z fikrini tо„g„ri deb bilish shakllantirilganligidandir. Bu hol 
har qanday taraqqiyotga g„ov bо„lib, shu paradigmada yurgan kishilarni inqiroz 
sari yetaklaydi. 
Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavkei 
kundan-kunga ortib bormoqda. Ammo ijtimoiy sohada va ayniqsa, ta‟lim-
tarbiyada depsinish va umumiy taraqqiyotdan orqada qolish sezilmoqda. 
Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketish yо„llaridan biri ta‟lim-tarbiya 
jarayonini qabо„l qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashtirishdir. 
Ta‟lim jarayonini, unga mukammallik, aniqlik, yо„lga solinganlik, 
tartiblilik, ravonlik, vazminlik alomatlarini berish orqali samaradorligini 
oshirish va muqobillashtirish yо„llarini izlash pedagogika sohasida doimo 
tadqiqot olib borilgan. 
Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy о„n yettinchi asrdayoq 
ta‟limning «vaqt, fanlar va uslublarni mohirona taqsimlashdan» boshqa 
narsani talab qilmaydigan tartibini topishga harakat qilgan edi. Komenskiyning 
fikricha, idealda о„qitishning yagona mukammal uslubi topilsa, «hamma narsa 


30 
toshlari tо„g„ri muvozanatlangan soatdek aniq, faqat ana shunday mahorat 
bilan yaratilgan asbobda erishish mumkin bо„lgan bexatolik bilan ilgarilaydi». 
Zamonaviy pedagogikada ham, ta‟limnmni shunday modellari, unga 
nisbatan shunday yondashuvlar ishlanmoqdaki, ular ta‟limga, ishlab chiqarish-
texnologik jarayon, ma‟lum sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida kо„zlangan 
ta‟lim mahsadlariga erishishni kafolatlaydigan xarakterni berish imkoniyatini 
yaratadi. 
T.S.Nazarovaning qayd etishicha pedagogik texnologiya 70-yillarning 
boshlarida AQShda yuzaga kelgan bо„lib, uning asoschilari taniqli olimlar 
B.Blum, 
D.Kratvol, 
N.Gronlund, 
J.Keroll, 
J.Blok, 
L.Anderson 
va
boshqalardir. 
Pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamalkatlarga tez 
tarqaldi, YUNESKO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qullab-
qо„vvatlandi va hozirgi kunda kо„pgina mamalkatlarda muvaffaqiyatli 
о„zlashtirilmoqda,qо„llanilmokda. 
Kо„pgina mamalkatlar pedagogik texnologiyadan foydalanib,о„quvchilar 
о„zlashtirishini 
oshirishda 
sezilarli 
muvaffaqiyatlarga 
erishdilar. 
Masalan,Janubiy Koreyada pedagogik texnologiya bо„yicha tajriba-sinov 
tarzida о„qiyotgan 50 ming boladan 75 foizda an‟anaviy о„qitishda faqat eng 
yaxshi о„quvchilar erishadigan natijalar qо„lga kiritilgan. 
Ta‟limni texnologiyalashtirishning asosini, ta‟lim jarayonini, uning 
samaradorligini oshirish va ta‟lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va 
ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan о„quv natijalarga erishishlarini 
kafolatlash maqsadida tо„liq boshqarish g„oyasi tashkil etadi. 
Bunday yondoshishning mohiyati, ta‟lim jarayonini tizimlashtirishdan –
uni,aniq rasmiylashtirilgan va detallari bо„y icha aniq elementlarga bо„lib 
tashlash yordamida maksimal shakllashtirishdan iborat. 
Ta‟lim texnologiyasining predmeti-ta‟lim tizimini konseptual asoslariga 
dalil keltirishdan, maqsadlarni qо„yishdan, natijalarni shakllantirishdan, о„quv 
materialini tanlash va strukturalashtirishdan,ta‟lim modelini tanlashdan, to 
ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini 
baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan. 


31 
Bizda ta‟lim nazariyasi va amaliyotida, о„quv jarayoniga texnologik 
xarakterni kiritish 50-yillardan boshlangan. Ular, ana‟anaviy о„qitish uchun 
texnik vositalar majmuasini yaratishda о„z ifodasini topgan. Hozirgi vaqtda, 
pedagogik texnologiyaga oddiygina «о„qitishning texnik vositalaridan yoki 
kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar sifatida qaralmaydi: bu, 
о„qitish samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish va qо„llash yо„li bilan 
hamda qо„llanilayotgan usullarni baholash vositasida ta‟lim jarayonining 
tamoyillarini aniqlash va optimallashtirish usullarini ishlab chiqish 
maqsadidagi tadqiqotlardir». V.P.Bespalko bо„yicha, barcha ta‟lim va tarbiya 
ishlarini pedagogik texnologiya yо„liga utkazish-о„quv amaliyotini,, pedagogik 
jarayonni qurish va amalga oshirishda ixtiyoriylikdan, uning har bir elementini 
va bosqichini tartibli asoslashga, obyektiv tashhis qilinadigan yakuniy natijaga 
intilishiga keskin ravishda burilishini ifodalaydi. 
Ma‟rifatli va rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qо„llanilib 
kelinayotgan ta‟lim texnologiyalarini о„rganib,xalqimizning milliy pedagogika 
an‟analaridan hamda ta‟lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan 
holda О„zbekistonning milliy ta‟lim texnologiyasini yaratish lozim. 

Download 1.37 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-Bob. Kasb-xunar kollejlarida “"Avtomobil dvigatellarning

Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish