Qashqadaryo viloyati dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi




Download 7,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/37
Sana11.10.2024
Hajmi7,69 Mb.
#274592
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bog'liq
Metod PDF 1

“Qirg’iz telefoni” 

Ushbu mashqni seminarda taranglikni bartaraf etish va charchoqni olish uchun 
qo’llash mumkin.
Ishtirokchilardan davraga turishni iltimos qiling. Mashq "qirg’iz telefoni" deb 
nomlanishini, dashtlarda, odatda, xabarni so’z bilan emas, belgilar, ramzlar yoki 


77 
harakatlar orqali etkazish (uzatish) osonroq ekanligini tushuntiring. (Chunki tog‘li, 
dashtli o‘lkalarda antena yaxshi emas.) 
Shuning uchun ishtirokchilar davra bo’ylab ma’lum xabarni yuboradilar.
Boshlovchining harakatlarini zanjir bo’yicha birinchi, ikkinchi va h.z. barcha 
ishtirokchilar to’xtatishga komanda berilmaguncha takrorlaydilar. 
Harakatni o’ng tomondagi ishtirokchi bajarmaguncha, keyingisi boshlay olmaydi.
Masalan(!), boshlovchi oyoqlarini tapillatadi. Undan keyin chap tomondagi 
ishtirokchi, keyin uning yonidagisi bajaradi. Agar kimdir navbati kelmasdan tapillay 
boshlasa, o’yin to’xtatiladi va yana qaytadan boshlanadi.
Harakatni bajarishni boshlagan ishtirokchilar davom ettiraveradilar.
Navbat yana boshlovchiga kelganida, u oyoq tapillashiga chapak chalishni qo’shadi, 
ya’ni keyingi ishtirokchi oyog’ini tapillatib turgan edi, endi chapak ham chaladi. Agar 
biror ishtirokchi xato qilsa, o’yin to’xtatilib, hammasi boshidan tapillashdan boshlanadi.
Ikkinchi harakat ham davra bo’ylab bajarib bo’lingandan so’ng, boshlovchi keyingi 
harakatni ko’rsatadi: chapak ko’krak to’g’risida emas, boshdan yuqorida chalinadi, 
oyoqlar tapillashni davom ettiradi.
Harakat navbati davrani aylanib, boshlovchiga etib kelganda, o'yin tugaydi. Bu 
o’yinda kishilar hamma narsani bir vaqtda bajarishga o’rganib qolganlarini kuzatish 
qiziqarli bo’ladi.
Odatda, o’yinni 2-3 marta boshidan boshlashga to’g’ri keladi. Shunday qilib, barcha 
ishtirokchilar diqqatlarini jamlab, harakatni boshidan boshlashga majbur bo‘ladilar.
Hurmatli ustozlar, "masalan" degan joyiga e'tibor bering. Har bir metodni faningiz, 
sinfingiz, o‘quvchilar yoshi va soniga MOSLAB oling! 

Download 7,69 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Download 7,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qashqadaryo viloyati dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Download 7,69 Mb.
Pdf ko'rish