“Tezkor tozalash”
⚡️
O‘QISHGA
QIZIQTIRISHNING
ENG
yaxshi
YO‘LI
O‘QITISHGA
QIZIQISHDIR!
⚡️
Yana bir ajoyib usulni darsimizda sinab ko‘ring.
Doskaga mavzuga oid ma'lumotlar aralash tarzda yoziladi. O‘quvchilar 2 guruhga
bo‘linib, navbat-navbat doskaga chiqadilar. O‘qituvchi ta'rifini bergan ma'lumotni qaysi
jamoa a'zosi birinchi bo‘lib topib, o‘chirsa, o‘z guruhiga ball olib beradi...
🖍
O‘quvchilarda ziyraklikni oshirib, diqqatni jamlashga yordam beradi!
🖍
Sinfda super atmosfera hosil bo‘ladi.
☺️
🍀
O‘qituvchi tomonidan maxsus tayyorgarlik talab etilmaydi.
🍀
Mavzuni mustahkamlashga yordam beradi.
🍀
Miya faoliyatini yaxshilab, tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi...
96
“72 soat qoidasi”
Bu o‘qituvchilarga ham, o‘quvchilarga ham kerakli narsa ekan. Miyangizda nimadir
ish qilish uchun g‘oya, turtki paydo bo‘ldimi 72 soat ichida bunga urinib, harakat
qilishingiz kerak.(Olimlar tadqiqot o‘tkazishgan.)
Aks holda, sizdagi energiya va qiziqish yo‘qolib qoladi.
Qandaydir ajoyib fikr kelsa, uni amalga oshirish uchun o‘ylagan paytingizdan
harakatni boshlang. Ishtiyoqingiz yuqori potensialda turgan payt sizga qiyinchiliklar ham
sezilmaydi. Bu holat sizda ham yuz bergan bo‘lishi mumkin. Nimanidir keyin qilaman,
ertaga qilaman, deb umuman qilgingiz kelmay qoladi. Informatsiya yangi paytida vaqt
ham unumli o‘tadi.
Qissadan hissa shuki, o’quvchilarga ham ushbu super usulni o’rgatib, ularning
natijaviyligini oshirish mumkin.
|