93
Endi esa metodning qo’llanish jarayoni bilan tanishamiz.
O’qituvchi
mavzuni tanishtirib, “Tarixiy nonushta” metodidagi dasturxon orqali
tushuntira boshlaydi. Avvalo, metodning asl mohiyati va maqsadi haqida ham qisqacha
ma’lumot beriladi.
94
O’quvchilarni quyidagicha ilhomlantirish mumkin:
“Qadrli o’quvchilar, bugungi
darsimizda sizlarni Mirzo Ulug’bek bilan bo’ladigan tarixiy nonushtaga taklif
qilmoqchiman. Faqat bu nonushtamizning odatdagilaridan farqi – biz ertalabki
nonushtada qornimizni to’ydirsak, bugun asosiy e’tiborimizni miyamizni oziqlantirishga
qaratamiz. Miyamizni vitaminli kaloriyalar bilan boyitib, yangi bilimlarni egallaymiz.
Metodimiz bejizga nonushta holatida taqdim etilmayapti. Nonushta erta tongda iste’mol
qilinadi va bu vaqtda tanamiz har tomonlama tetik bo’lib, yegulik qabul qilishga
maksimal darajada tayyor bo’ladi. Tasavvur qiling, siz ham hozir ayni tong vaqtida super
bilimlarni egallashga intiq bo’lib turibsiz. O’zingizni ma’nan tayyorlab olgan bo’lsangiz,
mavzuga kirishni boshladik!”
O’quvchilarni “uyg’otish” va qiziqtirishda bu kabi motivatsiyalar ham muhim omil
sanaladi. Aksariyat o’qituvchilar odatdagidek dars boshlashadi. “Mavzuni yoz! Uyga
vazifa nima edi, kimlar kelmadi, nimaga vazifani bajarmading?”
bu kabi bir xilliklar
natijasida o’quvchilar bora-bora darsdan zerikadi va qiziqishi yo’qoladi. Va bu darsda
95
umuman o’tirgisi kelmay qoladi. Shu kabi xatoliklar bo’lmasligi uchun o’qituvchilarning
o’zida dars o’tishga ishtiyoq uyg’onishi lozim.
Mavzudagi har bir bo’lim ketma-ketlikda tushuntiriladi. Har bir bo’limdan so’ng
dasturxondagi yeguliklarga birlashtirilgan savollar ixtiyoriy o’quvchilar tomonidan
olinadi va javob beriladi. Ma’lumotlarni esda yaxshi saqlab qolishda bu usul samarali
hisoblanadi.
Yapon olimlarining aniqlashlaricha, insonlar 25 daqiqadan so’ng
bir xillikdan
zerikishadi va miyalari boshqa mashg’ulotga o’tishni istaydi. O’quvchilarda ham shu
jarayon kuzatiladi. Ta’lim oluvchilarni yangilik bilan tez-tez “siylab” turilmasa, darrov
xayollari chalg’ishni boshlaydi. Bunga ayni davr ijtimoiy tarmoqlaridagi insonni katta
kuch bilan jalb qiluvchi qisqa videolar ta’siri ham sabab bo’lmoqda.