80
Qiyin mavzudan so‘ng o‘quvchilar miyasini dam oldirish
uchun biroz tanaffus
qiling. Doskaga to‘rtburchak chizib, ichini ham turli shakllarga to‘ldiring.
O‘quvchilardan nimani ko‘rayotgani va rasmni izohlashlarini so‘rang.
Bunda
noto‘g‘ri fikr bo‘lmaydi. Hamma o‘z fikrini, fantaziyasini aytadi.
Asab faoliyati yaxshi ishlashida bu kabi mashqlar juda qo‘l keladi.
Ilmiy jihatdan qaralganda ham katta foydalari bor.
“Assotsiatsiya”
Mavzuni tushuntirib bo‘lgach, o‘quvchilarga kutilmaganda bir so‘z ayting.
Istasangiz
mavzuga doir, yokida umuman boshqa chalg‘ituvchi so‘z bo‘lishi mumkin.
Masalan, "momaqaldiroq". Birinchi o‘quvchi "momaqaldiroq" deganda xayoliga birinchi
bo‘lib
nima kelsa, o‘sha so‘zni aytadi.
Misol uchun, "bulut". Keyingi o‘quvchi ham
81
o‘ylagan so‘zini shu tarzda aytaveradi. Parta boshidan davom etadi. Sharti oddiy, soniya
ichida miyasiga kelgan birinchi fikrni aytadi.
Xulosa yozish uslubi
Mavzuga aloqador so‘z bo‘lsa, yana ham yaxshi. Bu mashg‘ulot zerikarli darsning
oldini oladi. O‘quvchilar e'tiborini darsga qaratadi. Hozirjavoblikka o‘rgatadi.
Ota-onaning farzandga qiladigan eng katta yaxshiligi
uning talantini anqilab
berishdir. Ustozlar ham qisman bu vazifani bajaradilar. Qiziqishlariga ko‘ra yo‘naltirish,
ISHONCH bildirish kelajakda yetuk bir SHAXS paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Yana bir ajoyib usul. Balki bilarsiz. Dars so‘ngida o‘quvchilardan
bugungi dars
haqida