6
KIRISH
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi “Harakatlar strategiyasi”da ta’lim
sifatini
yaxshilash va pedagoglar salohiyatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Aqlni uyg’otuvchi ma'naviy olam rivojida har bir pedagog
turli qiyinchiliklar va
muammolarga duch kelishi tabiiy hol. O’z ustida muntazam ishlaydigan va yetuk bilimga
ega kadrlargina zamon talabiga mos holda faoliyat olib borish layoqadiga egadirlar.
Izlanish va kreativlik yo’lidagi har qanday pedagog kasbiy faoliyati uchun yordam
va yo’nalish ko’rsatuvchi metodik qo’llanmalarga ehtiyoj sezadi. Yangi ish boshlagan
hamda metodik jihatdan biroz boyishni istaovchi pedagoglarimizga foydali bo’lishi
maqsadida ushbu metodik qo’llanmani tayyorlashga jazm etdik.
Darslaringizni to’plamda keltirilgan qiziqarli metodlar
bilan yana-da samaraliroq
o’tkazing! Texnologiya shiddat bilan butun olamimizni, hattoki, qalblarimizni-da egallab
olayotgan davrda yoshlar miyasi ham innovatsion usulda ishlamoqda.
Biz pedagoglar
doimiy o’qitish uslublaridan foydalanishimiz talabga javob bermaydigan, zerikarli dars
egasiga aylanib qolishimizga sabab bo’lishi mumkin.
Telegram ijtimoiy tarmog’ida “Qiziqarli metodika”
nomli blog yuritishim
mobaynida muallimlarda yuzaga keladigan turlicha muammolar guvohi bo’laman.
Hozircha olti mingga yaqin pedagoglarni birlashtirgan kanalimiz ustozlarining aksariyati
yuqori sinf o’quvchilari bilan murosa qilishga qiynalishayotganlari
haqida maslahat
so’rab murojaat qilishadi. Ko’p yillik tajribaga ega bo’lmasak-da, o’rganganlarimiz
natijasida shu kabi ustozlar savollariga ham javob topishga harakat qildik. Sinalgan
usullar bilan o’rtoqlashishda ushbu qo’llanmamizni vosita qildik.
Quyida har qanday o’quvchini
qiziqtirib, darsga jalb
qilishga yordam beruvchi
metodlar bilan tanishing.