“Qiziqarli basketbol” metodi Darsni noodatiy tarzda o‘tish uchun ajoyib metod! 2ta savatcha kerak bo‘ladi.
O‘tilgan 2ta mavzuni 2ta litsga katta qilib yozib, savatlar ustiga yopishtirib qo‘yasiz.
Masalan, bitta savatga "So‘z turkumlari", ikkinchisiga esa "Gap bo‘laklari" mavzulari
yopishtiriladi. Savatlarni ko‘tarib turish uchun ikki o‘quvchini doskaga chiqaring.
Bu "Basketbol" o‘yinida ishtirok etish uchun ixtiyoriy ravishda o‘quvchilarni 2
guruhga bo‘lasiz. "So‘z turkumlari" va "Gap bo‘laklari" guruhlari.
Barcha ishtirokchilar doskaga chiqishadi. Har bitta parta ustiga ishtirokchilar soniga
ko‘ra ikkala mavzuga oid tushunchalarni yozib, qo‘yib qo‘yasiz.
O‘quvchilar galma-gal istalgan partadagi savol yoniga kelib, qaysi mavzuga doir
ekanligini aniqlaydi. To‘g‘ri topolsa, savol yozilgan qog‘ozni koptokcha shaklda
g‘ijimlab, kerakli savatchaga turgan joylaridan otib tushirishlari kerak.
Masalan, bir qog‘ozda "ega, kesim" so‘zlari yozilgan. Bu "Gap bo‘laklari"
mavzusiga taalluqli. Shu sababdan "Gap bo‘laklari" savatiga otilishi kerak. Agar
mo‘ljalga yaxshi olinmay qolsa, savat ko‘tarib turganlar yordamlashishlari mumkin.
Barcha tushunchalar o‘z savatini topib bo‘lgach, har ikkala guruh o‘zlariga tegishli
savatni olishadi va o‘sha tushunchalarni izohlashga tayyorgarlik ko‘rishadi.
26
2 daqiqadan so‘ng esa ishtirokchilar javob berishadi.
Mavzuni takrorlash, mustahkamlash uchun ajoyib va qiziqarli metod! Bir xillikdan
zerikkan o‘quvchilar harakatli mashqlar orqali o‘yinlar bajarishsa, dars muhiti ancha
ijobiy bo‘ladi. Qolaversa, bu metodni istalgan yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘tkazish
mumkin!