“A4 format” metodi
Bu metod dangasa o‘qituvchilar uchun juda qulay
😄
Negaki, menda har xil
kartochkalar, o‘yin o‘tkazish uchun turli ko‘rgazmali qurollar yo‘q, deb qayg‘urmaysiz.
Sizga faqatgina 1 varaq list kifoya.
👌📃
◾️
Aksariyat sinflarda o‘quvchilar 3 qator partada o‘tirishadi. Va har bir partada
2tadan o‘quvchilar bo‘ladi.
◽️
6 dona listni olib, faqat birinchi partada o‘tirgan o‘quvchilarga 1tadan berib
chiqasiz.
◾️
Ular o‘tilgan mavzu bo‘yicha eslarida qolgan jumla, atamalarni qisqa qilib
yozishlari kerak bo‘ladi.
◽️
Oldinda o‘tirgan o‘quvchilar ma'lumot yozib, qog‘ozni orqasidagi o‘quvchiga
uzatadi.
◾️
Ma'lumotlar takrorlanmasligi kerak.
◽️
Shu tarzda har bir qator oxirigacha jumlalar yozib boradi.
◾️
Qaysi qator birinchi tugatsa, imtiyozli 1 ballga ega bo‘ladi.
◽️
Oxirida o‘tirgan o‘quvchilar doskaga chiqib A4 listda jamlangan ma'lumotlarni
o‘qib beradi.
◾️
Eng to‘g‘ri informatsiyalar yozgan jamoa g‘olib hisoblanadi!
54
🖍
Oddiy oq list o‘rniga rangli qog‘ozlardan foydalansangiz, o‘quvchilar kayfiyatiga
ijobiy ta'sir qiladi.
🖍
Bu metodni xohlagan mavzu yuzasidan o‘tkazish mumkin.
🖍
O‘quvchilar jamoaviy mas'uliyatni his qilib, tezda fikrlay boshlashadi.
🖍
Va eng asosiysi, har qaysi raqobat bolani tez o‘stiradi.
🖍
O‘quvchi miyasidagi bilimlar ba'zasini tita boshlaydi, ziyrakligi ortadi.
55
“Do’stingni top!” metodi
✉️
Konvertga savol va javoblar yozilgan kartochkalar aralash qilib solinadi.
⏺Sinfda 30 ta o'quvchi bo'lsa, demak, 30 dona kartochkalar bo‘ladi: 15ta savol, 15ta
javob.
📨
Sinfdagi har bir o’quvchi konvertdan ko’rmagan holatda kartochkalarni
tortadilar.
Dastlab, savol tushgan o‘quvchilar savolni o’qiydi, javobi qaysi o’quvchida bo’lsa
o’sha do’sti savolga javob berishi kerak bo'ladi.
📝
Bu metod o’quvchini fanga qiziqtirib har bir savol uchun o’zi harakat qilishga
undaydi.
Savol va javob orqali birlashgan o’quvchilarni 1 guruh qilib, keyingi mashqni
bajartirish mumkin.
56
“Toj” metodi
🔸
Bu metodda o’quvchi boshiga mavzuga oid atama yozilgan toj kiydiriladi.
🔸
Atamaga qarab o’qituvchi yoki o‘quvchilar navbatma-navbat izoh bera boshlaydi.
🔸
1ta izoh bilan o’quvchi topsa 5 ball, 2ta izoh bilan topsa 4 ball, 3ta izoh bilan topsa
3 ball qo’yiladi. 1ta atamaga 1ta o’quvchi chiqadi.
57
🔸
Bu metod o’quvchini fanga nisbatan qiziqishini oshirib yakkama-yakka
harakat qilishga undaydi.
🔸
Zerikarli darsning oldini oladi.
|