49
“Avtofokus” metodi
📓
Zerikarli darsning oldini oladi;
📓
O‘quvchilar e'tiborini darsga qaratishga
yordam beradi;
📓
Tinglovchilarda hushyorlikni oshiradi;
📍
Qanday qo‘llaniladi?
📚
Dars boshlanishi bilan o‘quvchilarga
qizil, oq, sariq, yashil
kartochkalar
tarqatib chiqasiz. (Kartochkalar soni bir xil bo‘lsa yaxshi.)
📚
Domigidek darsingizni boshlayverasiz
va dars davomida
kutilmaganda
qaysidir
rangni aytasiz.
📗
Masalan, yashil. Yashil rangli kartochkasi bor o‘quvchilar o‘rinlaridan turishadi
va ularga mavzuga oid savol beriladi.
📚
Savolni o‘tirgan o‘quvchilar berishadi!
📚
Shunda barcha o‘quvchilar ziyrakligi oshadi va bor e'tiborlari darsga, mavzuga
qaratiladi.
📚
Ishtirok etgan har bir faol o‘quvchini dars so‘ngida rag‘batlantiring.
✅
Ularni shirin SO‘Z, shirin KONFET yoki shirin BAHO bilan xursand qilishingiz
mumkin!
50
“Mozaika”
Bu mozaikani o‘z faningizga, mavzuyingizga moslab olishingiz mumkin.
Men ingliz tilidan “Irregular plurals” mavzusini tushuntirishda foydalanganman.
Masalan, ona tili ustozi bo‘lsangiz, omonim-sinonimlar mavzusini xuddi shu usulda
o‘ynatsangiz o‘quvchilar juda qiziqib ketishadi.
Istalgan hayvon rasmini yasab, ularni mozaika ko’rinishida qirqib chiqasiz. Qismlar
birlashish joyiga mavzuga doir ma’lumotlar yoziladi. Bu ma’lumotlar
bir-birini
to’ldiruvchi xususiyatga ega bo’ladi.
Ulashayotganlarim
siz uchun bir turtki, yo‘nalish, xolos. Qolganiga o‘z
g‘oyalaringizni ishga solib, foydalanasiz.
😊