|
Qashqadaryo viloyati dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabiBog'liq Metod PDF 1“Mavzular aylanganda” metodi
Bu metod ham o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otadi.
Har bir o‘quvchiga ma'lum mavzular doirasida atamalardan bittasini varaqqa
yozishlarini ayting. Doska yoniga 1ta stul chiqariladi.
Istalgan 1 o‘quvchi stulga o‘tiradi. 5ta o‘quvchi esa qo‘llariga atama yozilgan
varaqni olib o‘tirgan o‘quvchi atrofida aylana bo‘lib turishadi. O‘tirgan o‘quvchining
ko‘zi yumiladi. Musiqa ostida o‘quvchilar stulda o‘tirgan o‘quvchi atrofida aylana
boshlaydilar.
Musiqa tugagach, o‘tirgan o‘quvchi ro‘parasida kim turib qolsa, o‘quvchi o‘sha
tengdoshining qo‘lidagi varaqda yozilgan atamani izohlab, namuna keltirishi kerak.
Agar to‘g‘ri javob bersa, turgan o‘quvchi bilan o‘rin almashadi. Javob berolmasa,
joyida qoladi. Ro‘parada turgan o‘quvchi esa yana 1 stul olib, orqama-orqa o‘tiradi.
O‘yin shu tarzda davom etadi. 3 martagacha ham to‘g‘ri javob berolmagan
ishtirokchi jazolanadi.
Men o‘tilgan mavzularni takrorlashda foydalandim bu metoddan. Juda yaxshi natija
berdi, o'quvchilar qiziqib, barcha mavzuni qanday takrorlab chiqqanlarini bilmay
qolishdi
.
“Bank” metodi
Bank" metodida o‘quvchilar uch guruhga bo'linadi va quyidagicha nomlanadi:
1-guruh : Xalq banki
2- guruh: Milliy bank
3-guruh: Aloqa bank
Har bir qatorning boshiga bank nomlari yozilgan konvertlar qo'yiladi. Har bir
guruhga pullar rasmi bor kartochkalar tarqatiladi. Uning orqa qismiga oldindan
faningizga aloqador savollar yozilgan bo'ladi. Savollarga javob bergan o'quvchilar
o'zlarining bank konvertlariga pullarini qo'yishadi. Topolmagan o'quvchilar pulga ega
bo‘lolmaydilar. Oxirida har bir guruhning konvertidagi pullarning miqdori hisoblanib,
ko'p pul to'plagan guruh g'olib bo'ladi. G‘olib jamoaga sovg‘alar beriladi.
|
| |