28
Parta ustiga ham jamoalar soniga ko’ra har bir jamoa uchun to’qqiztadan chiroqlar
qo’yib qo’yiladi. Chiroqlar orqasiga esa mavzuga doir savollar yozilgan bo’ladi. Guruh
a’zolari navbat-navbat chiroqlardan olib, yashiringan savollarga javob berishlari kerak.
To’g’ri javob berishsa, chiroq rasmini o’z guruhining uyiga yopishtiradi. Chiroqlar
ustiga do’stlikda
muhim sanalgan jihatlar, xislatlardan yozib qo’ysa yana
ham ifodaliroq
chiqadi.
29
O’yin so’ngida esa o’qituvchi birdamlik bilan, donolik bilan birgalikda harakat qilib,
o’z uylarini ezgu fazilatlar ila yoritgan jamoaga
maqtovlar aytib, rag’batlantiriladi.
31
“Jonli kitob” metodi
Ayni davrda bolalarda kitobga, kitob o’qishga bo’lgan muhabbatni uyg’otish muhim
masalaga aylandi. Kitobsevarlikni targ’ib qiluvchi “Jonli kitob”
metodini taqdim
qilmoqchiman. Bu metod uchun bola yoshiga mos, kichik hajmli kitob yoki darslikning
ma’lum mavzularini tanlashingiz mumkin.
Olti o’quvchi uchun ikkitadan jami 12ta betni bo’lib berasiz. O’quvchilar soni va
kitob betini o’zgartirishingiz mumkin. Mana shu olti o’quvchi “Jonli kitob” vazifasini
bajaradi.
32
Masalan, birinchi o’quvchiga 25,26-betlar, ikkinchi o’quvchiga 27,28-betlar va
hokazo tarzida kitob sahifalari taqsimlab beriladi.
Va eng asosiy qismini ma’lum
qilmoqchiman, quyidagi
listni chiqartirib oling,
istasangiz,
chizing.
Doskaga
shu
listni
ilib
qo’yasiz.
Ko’rinib turgan raqamlar tartiblash uchun berilgan.
Ularning orqasida esa kitob
sahifasi sonlari yozilgan bo’ladi. Ya’ni, 12 tartib raqam ortida 6 o’quvchiga bo’lib
berilgan 12 ta bet aralash holatda yozilgan bo’ladi.
33
Olti o’quvchi bugungi darsda jonli kitob vazifasini bajarishlarini aytasiz.
Ularga
kitob sahifalari 1 dars oldin berilgan bo’lishi kerak. O’quvchilar
darsga tayyorlanib
kelishadi.
37
Kitobsevarlikni targ’ib qiluvchi bu metodni, albatta qo’llab ko’ring. Natijangiz esa
sevimli ustozga aylanish va sifatli metodlar bilan qurollanish bo’ladi.