Qashqadaryo viloyati dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi




Download 7,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/37
Sana11.10.2024
Hajmi7,69 Mb.
#274592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
Metod PDF 1

“Oilaviy munozara” metodi 
O‘quvchilarni 2ta kichik guruhlarga bo‘lib olasiz. Aylana tarzda o‘tirib olishsin. 
Ularni oila nomlari bilan nomlaysiz. Masalan, Bahromovlar hamda Ilhomovlar oilasi. 
Bir o‘quvchi guruh boshi, ya'ni oila "otasi" bo‘ladi. Ikkala oiladan ham "otalarni" 
yoningizga chaqirib, ularga mavzuga oid qiyin va qisqaroq informatsiyalar yozilgan 
varaqni berasiz. "Otalar" ma'lumotlarni 2 daqiqa ichida yaxshilab o‘qib, eslab qolib, o‘z 
"oilalariga" yetkazib borishlari kerak. Ma'lumotni yetkazish uchun esa 3 daqiqa vaqt 
bering. 3 daqiqadan so‘ng oilalar navbat-navbat bir-birlariga o‘sha mavzu yuzasidan 
savol berishadi.
Bir savolga faqat bir oila a'zosi javob beradi. "Otalar" kim savol/javob berishini 
belgilab berishadi, o‘zlari esa savol-javobda ishtirok etishmaydi. Keyin esa "ota" qariydi, 
katta farzand xuddi "ota" kabi informatsiya yetkazib kelishni bo‘yniga oladi. 
Shu tarzda 3-5 marotabagacha takrorlashingiz mumkin.
Eng ahamiyatli joyiga to‘xtaladigan bo‘lsak, biz hozirda ta'lim orqali tarbiya 
berishimiz lozim. Bu metodning tagida juda katta tarbiyaviy ma'no bor. Shular haqida 
ham o‘yin so‘ngida o‘quvchilarga gapirib o‘ting.
Ayniqsa, yigitlarga mas'uliyat hissini singdirishda ham qo‘l keladi.
Qolaversa, xotirani ravonlashtiradi, ziyraklikni oshiradi... Albatta, sinab ko‘ring! 


19 
 
“Va’dalar daftari” metodi
 
Sinfingiz uchun "Va'dalar daftari" hosil qiling! O‘quvchilarni jazolash yoki o‘qishga 
bo‘lgan ishtiyoqlarini oshirish borasida bu metod juda ajoyib natija beradi.
Va'dalar quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
1. Bir hafta davomida umuman darsga kech qolmaslik! 
2. Bir oy davomida har kuni bittadan yangi so‘z/qoida/misol yodlash! 
3. 14 kun mobaynida barcha vazifalarni o‘z vaqtida bajarish! 
4. Sinf munozaralarida 5 marta qatnashish! 


20 
5. Kelasi darsdan a'lo baho olish! 
6. Yangi proyekt/taqdimot/mustaqil ishni muvaffaqiyatli topshirish! 
7. Chorak so‘ngigacha biror til musobaqasida ishtirok etish! 
8. Chet tilidan o‘tkaziladigan tadbirda qatnashish! 
O‘zingizdan ham ideyalar qo‘shasiz. Bu va'dalarni daftarning ustki qismiga 
yopishtirib qo‘ying. O‘quvchi "Va'dalar daftari"ni oladi va keltirilgan va'dalardan 1tasini 
random yo‘li bilan tanlaydi.
Shunda ustoz o‘quvchiga: "Garov o‘ynayman, sen bajarolmaysan..." deydi.
O‘quvchi esa "Va'da beraman, bajarolaman!" deya tasdiqlaydi. Keyin esa "Va'dalar 
daftari"da o‘quvchi uchun sahifa ochilib, topshiriqni olgan sanasi va tugash muddati 
yozib qo‘yiladi. Barcha o‘quvchilar guvohligida o‘qituvchi va o‘quvchi imzo chekadilar. 
Inson miyasi ishonchsizlik bildirilgan vaziyatga nisbatan bor kuchi bilan mehnat 
qilib, intiladi. O‘quvchi ham bergan va'dasini tengdoshlaridan uyalib qolmaslik uchun 
chin dildan bajarishga oshiqadi.
Va'dasini bajarish, bajarmasligiga ko‘ra o‘quvchini "Motivatsion quti" yoki "Jazolar 
guldastasi" bilan siylang. 
Bu metodni, albatta, qo‘llab ko‘ring! Bolada mas'uliyatni yanada oshiradi. Va'da 
qanchalar muhim ekanligini tushunadi. Umuman har tomonlama foydali texnika bo‘ladi. 

Download 7,69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Download 7,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qashqadaryo viloyati dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Download 7,69 Mb.
Pdf ko'rish