Qashqadaryo viloyati dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi




Download 7,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/37
Sana11.10.2024
Hajmi7,69 Mb.
#274592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Metod PDF 1

“Motivatsion quti” metodi 
Har qanday sinf o‘quvchilari uchun qo‘llash mumkin.
Darsda ajoyib muhit yaratishga yordam beradi. Hayratlanarli natijaga ega bo‘lasiz. 
O‘quvchilarning bilim darajalarini yuksaltirasiz. 
Keling, bu metodni yuqori sinf o‘quvchilarida qo‘llashni ko‘rib chiqamiz.
O‘smir yoshdagi o‘quvchilarni qanday bilim olishga ilhomlantirish mumkin?
Turli rangdagi stikerlar, yulduzchalar orqalimi? Yo‘q, albatta! Bu yoshdagi 
o‘quvchilar uchun rangli stikerlar qiziqarli emas. Yuqori baho qo‘yib motivatsiya berish 
mumkinmi? Bu usul doim ham ish bermaydi. O‘quvchilar faqat baho uchun o‘qishga 
odatlanib qolishlari mumkin. Qaysidir maqsadini amalga oshirishga yordam berish 
orqalimi? Yaxshi usul bo‘lishi mumkin, ammo bu davrdagi bolalar hali maqsad va 
karyera haqida o‘ylash mas'uliyatini to‘la his qilishmagan bo‘ladi.
Xo‘sh, unda qanday qilib motivatsiya beramiz?


14 
Diqqat qiling! O‘smirlar boshqalar unga nisbatan ko‘proq e'tiborli bo‘lishlari va 
hurmat ko‘rsatishlarini, tengdoshlari ularga havas bilan qarashlarini istashadi. Ko‘pchilik 
o‘quvchilar sinfda eng zo‘ri ekanligini ko‘rsatib qo‘yish, o‘z muvaffaqiyatidan 
rohatlanish va rag‘batlanish maqsadida harakat qiladi.
Bu metod esa aynan shu kabi vaziyatda juda samara beradi!
Darsda faol ishtirok ketgan yoki savollarga, vazifalarga to‘liq javob bergan 
o‘quvchilarga "Motivatsion quti"dan foydalanish rag‘batini bering. 
Demak, o‘rtacha kattalikda, chiroyli qilib bezatilgan qutiga turli xil kartochkalarni 
solasiz. Kartochkalarga quyidagi jumlalar yozilgan bo‘lishi kerak:
"1. Eng zo‘r stul!"
Ushbu kartochkani tanlagan o‘quvchiga bir kun yoki bir hafta davomida o‘zi istagan 
joyda o‘tirishiga ruxsat bering. Tabiiyki, o‘quvchilar birinchi partada o‘tirishni 
xohlashadi.
"2.Liderlik!"
O‘quvchiga 1 kun yoki 1 hafta mobaynida sinf sardori bo‘lishiga imkon bering.
"3.Qo‘shimcha tanaffus!"
Dars davomida o‘quvchiga qo‘shimcha tarzda 5-8 daqiqa tanaffus qilib olishiga 
imkon bering.
"4.Uyga vazifani o‘tkazib yuboring!" Bir dars o‘quvchidan uyga vazifani 
so‘ramang.
"5.Tushlik hamda ustoz bilan suratga tushish!"
Bir kun o‘quvchingiz bilan suhbatlashib tushlik qiling va rasmga tushing. Bu 
imkoniyat o‘quvchilar uchun kutilmagan va juda qiziqarli jarayon bo‘ladi. Qolaversa, 
ustoz-o‘quvchi o‘rtasida samimiy aloqa o‘rnatilishiga yordam beradi. 
O‘quvchilar yoshi va xohishiga ko‘ra ushbu listni uzaytirish mumkin! 
Xuddi shu tarzda "Jazolar guldastasi"ni ham yaratishingiz mumkin. O‘quvchilarga 
past baho qo‘yish, ota-onasiga xabar qilish, stul ko‘tartirib qo‘yishdan ko‘ra ular uchun 
sevimli bo‘lgan biror narsani ta'qiqlab qo‘ying. Yoki jazo turini o‘zgartiring. Masalan:
1. Bir hafta davomida darsga 10 daqiqa oldin kelib hamma changlarni artish.


15 
2. Bir kun doskani tozalash.
3. 2 kun tanaffusga chiqmaslik.
4. 3 kun navbatchilik qilish.
5. Yoqtirgan shirinligini yemaslik

Va hokazo. 
Quyidagi rasmlarda “Motivatsion quti” metodini o’z o’quvchilarim bilan 
qo’llaganimni ko’rishingiz mumkin. 


16 


17 


18 

Download 7,69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 7,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qashqadaryo viloyati dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Download 7,69 Mb.
Pdf ko'rish