Qashqadaryo viloyati dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi




Download 7,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/37
Sana11.10.2024
Hajmi7,69 Mb.
#274592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Metod PDF 1

“Kodlangan ma’lumotlar” metodi 
🔍
Bu metodda oddiygina qutidan foydalanasiz. 2ta jamoa uchun 2ta quti. Yoki 
istalgan ko’rinishda qo’llang.
🔍
Quti ichiga yangi mavzuga doir ma'lumotlar joylanadi. Quti "kodlangan" bo’ladi.
🔍
O’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirmasdan, yangi mavzuga oid test berasiz.
🔍
Bu testni yechish uchun o’quvchilar kodlangan qutini ochib, ma'lumotlarga ega 
bo’lishlari kerak.
🔍
Kodni ochish uchun esa o’tilgan mavzu yuzasidan doskaga yopishtirilgan raqamli 
ma'lumotlarning to’g’ri yoki noto’g’riligini topishlari kerak.
🔍
To’g’ri ma'lumotlar qatoriga yopishtirilgan raqamlarni quti ustiga yozish orqali 
qutini "ochish" mumkin.
Ajoyib-a?! Afzalliklari bir dunyo:

Uyga vazifa so’rab olinadi. 

O’tilgan mavzu takrorlanadi.

Yangi mavzuni mustaqil o’zlashtirishadi, tanqidiy fikrlash qobiliyatlari 
rivojlanadi.

Jamoaviy ishlash ko’nikmasi ortadi.

Ziyraklik salohiyatlari yuksaladi.

Sinfda super atmosfera hosil qiladi!
Albatta, qo’llab ko‘ring! 
 
 
 
 
 



“Qiyin va oson” metodi 
Bola uchun aniq belgilab qo'yilgan "qiyin" yoki "oson" degan tushunchalar yo'q, 
aslida. Ingliz yoki yapon tilimi, Bax yoki yosh bolalar musiqasimi, bir xil ohangdagi va 
bir turdagi kuy yoxud tovushlar uyg’unligimi 

barchasi bir vaqtda o'rgatila boshlanishi 
mumkin. Gap qiyin yoki osonligida emas, bola uchun hammasi yangi. 
Keling hozir o’quvchi uchun qiyin bo‘lgan tushunchalarni osonga aylantirish 
yo‘llaridan birini ko‘rib chiqamiz. Inson miyasi ko’rgani, eshitganiga ko’ra ishonchni 
idrok qiladi. O’quvchilaringiz qiyin deb bilgan ma'lumotlarni ularning miyalariga oson 
deya singdirib qo‘yish mumkin. 
Aslida hamma narsa oson yoki qiyin bo‘lishi mumkin. Barchasi inson miyasi buni 
qanday qabul qilishiga bog‘liq. O‘quvchilar bilan ham bu muammoni hal qilish 
choralarini izlab ko‘ring.
Ulardan mavzuga doir o‘zlari uchun qiyin deb bilgan tushunchadan bir qog‘ozga 
1ta, oson deganidan esa boshqa qog‘ozchaga 1ta yozishlarini so‘rang. (Shartni galma-gal 
bajarishadi.) Va 2 quti olib, birinchisiga "oson", yana boshqasiga esa "qiyin" deb yozilgan 
qog‘ozlarni yopishtirib qo‘ying.
O‘quvchilar qo‘llaridagi "oson" va "qiyin" tushunchalarni tegishli qutilarga 
soladilar. Keyin esa qutilar ustidagi yozuvlarni almashtirib qo‘ying. 
Endi qiyin deb bilgan iboralari "oson" tushunchalar qutisida turibdi. Ko‘rish orqali 
idrok qilib miyaga "oson" signali yetib boradi va o‘sha jumlaga nisbatan fikr o‘zgaradi. 
Aslida esa ularda aynan qiyin deb o‘ylagan ma'lumotlari haqida ham to‘g‘ri fikr bor, 
to‘g‘ri xulosani bilishadi, faqatgina miyalari nimadir sabab bilan qiyin deb tasavvur qilib 
qolgan. Biroz chalkashlik tufayli qabul qilishni istashmaydi.
O‘quvchi o‘zi uchun qiyin tuyulgan birikmani "oson" qutisidan oladi va izohlashga 
harakat qiladi. Bunda o‘quvchilar va o‘qituvchi ham, albatta, yordam beradilar.
Keyin esa "qiyin" qutisidan o‘zi uchun oson ma'lumotni oladi. Dastlab, bu 
ma'lumotni qiyin deb o‘ylashi mumkin, ammo 1 soniyadan so‘ng miyasidagi fikrlar 
jamlanib, o‘sha tushunchaning ma'nosini aytadi. Anglaydiki, aslida "qiyin" qutidan 
olingan bo‘lsa ham u buni bildi, ayta oldi. Muhimi miya holati va o‘quvchining xohishi.
Har bir tushuncha 3martadan takror-takror izohlanadi. Qaytadan qutiga solinadi.
Qutilar ustidagi yozuv dastlabki holatiga qaytariladi. O‘quvchi yana qog‘ozchalarni 
oladi va u o‘z-o‘zidan to‘g‘ri javob bera boshlaydi.
Chunki bundan oldingi 3 marta takrorlashdan so‘ng har ikkala ma'lumot yuzasidan 
ham bir baza shakllanib qoladi. Ham takrorlash, ham yodlash orqali "qiyin" signali 
"oson"ga almashadi. 




Download 7,69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 7,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qashqadaryo viloyati dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Download 7,69 Mb.
Pdf ko'rish