38
“Diqqatni jamla!”
Ta’limda enerjayzerlar, ya’ni tetiklashtiruvchi o’yinlar muhim ahamiyatga ega va
juda kerakli hisoblanadi. Ushbu metodni ham darsning tetiklashtiruvchi qismida
foydalanish
mumkin.
O‘quvchilarimdan uyga vazifani so‘rayotganda shardan foydalandim. Sharni yerga
tushirmagan holatda javob berishlari kerak. Shar har safar qo‘llariga tushganda bitta so‘z
aytishadi.
Bu o‘yin diqqatni jamlab, bolalarda ziyraklikni oshiradi. Miyalari har tomonlama
ishlashga majbur bo‘ladi.
Qolaversa, qiziqarli atmosfera hosil qilinadi.
Siz ham o‘quvchilaringizda sinab ko‘ring. Mavzuni gapirayotganlarida sharni yerga
tushirmasdan gapirishsin.
🎈🎈🎈
Bir paytda 2-3 ta narsani bajarish miyani ancha chiniqtiradi.
Uyda farzandlaringiz bilan ham qo‘llasangiz bo‘ladi.
39
“Reklama kompaniyasi” metodi
5 ta guruh
5 tadan ishtirokchi
5 ta mavzu
5 daqiqa vaqt
O‘quvchilarga o‘tilgan 5ta mavzuni bo‘lib berasiz. Shu mavzu asosida reklama
tayyorlashadi. Mavzuni reklama qilishadi. Qaysi guruhning reklama mavzusi yutsa, o‘sha
guruh darsni olib boradi. Mavzuni tushuntirishadi. Siz dam olib kuzatib o‘tirasiz)
O‘quvchilar ham ba'zan erkinlik xohlashadi. Dars qandaydir noodatiy bo‘lishini
istashadi.
Ularga darsni topshiring. O‘zlarini o‘qituvchidek his qilishsin. Biroz mustaqillikni
sezishsin. Siz qanchalar qiynalib dars o‘tishingizni, shovqinni anglashsin.
Pedagogika sohasiga qiziqadigan o‘quvchilar uchun esa ayni muddao. Qolaversa,
nutqiy qobiliyat, omma oldida o‘zini tutish shakllanadi. Jamoaviy ishlash ko‘nikmalari
rivojlanadi. O‘sha 5 o‘quvchi darsni qoyilmaqom qilib o‘tib berishsa, rag‘batlantiring!
Rag‘bat bahodan tashqari boshqa narsa bo‘lsa, nur ustiga a'lo nur!
|