42
“Green light” texnikasi
Dars davomida o‘quvchilar uchun 2 daqiqalik tanaffus beriladi. Istalgan paytda.
Yashil chiroq belgisini bildiruvchi har qanday vositadan foydalanishingiz mumkin. Men
yashil rangli qog‘ozni ishlataman.
Doskaga green light belgisini ilib qo‘yasiz. Bu belgi o‘quvchilar 2 daqiqa dam
olishlari, suv ichishlari yoki o‘zlari istagan biror ishni
sinfdan chiqmagan holda
bajarishlari mumkinligini anglatadi.
O‘quvchilar uchun kutilmagan va ijobiy holat bo‘ladi. Miyani dam oldirish,
tetiklashish uchun ayni muddao. Qolaversa, uyqusirab o‘tirganlar
miyasida yashil chiroq
yaraqlashiga turtki bo‘ladi.
Olimlarning ta'kidlashicha, inson ongi 30 daqiqa ichida bir xil yumushdan zerikish
hosil qilarkan. Aqlni uyg‘otishda bu metod, albatta, ijobiy samara beradi.
Faqat o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri yo‘naltirish berilishi lozim!
43
“Meni tingla, tushun!” metodi
O‘quvchilarni 2 guruhga ajratib, bir-birlariga qarama-qarshi tarzda o‘tirishlarini
aytdim.
Har biriga ma'lumotlar yozilgan qog‘ozcha berib chiqdim.
3 daqiqa ichida qarama-qarshi o‘tirgan o‘quvchilar bir-birlariga qo‘lidagi
ma'lumotlarni yetkazishlari kerak edi.
Vaqt tugagach, alohida-alohida
doskaga chiqib, eshitgan jumlalarini aytib berishdi.
Diqqatni bir joyga jamlash, muhim jihatga e'tibor qaratish zarurligini tushuntirdim.
Hayotimiz ham mana shunday shovqinlardan iborat. Boshqalar gap-so‘ziga e'tibor
qaratib, biz uchun kerakli insonni tinglamaymiz ba'zida. O‘zgalar o‘zga
chiziqda, biz
eshitishimiz kerak bo‘lgan inson esa qarshimizda!
Maqsad aniq belgilandimi, chalg‘ish kerakmas. Marraga yetolmasligimizni
istayotganlar qancha...