64
Albatta, bu gaplarga o‘quvchilar tezda ishonishadi va ularda biroz xavotir bilan
mas’uliyat paydo bo‘ladi. Ertasiga qarabsizki barcha o‘quvchilar mavzularni to‘liq
o‘zlashtirishgan bo‘lishadi. Siz kutgan natija osonlik bilan hal bo‘ladi. Siz rostdan ham
test oling va buni doimiy amalga oshirib boring.
✅
Ikkinchi usul esa, siz o‘quvchilarni rag‘bat orqali jalb qila olishingiz mumkin.
Masalan o‘quvchilarga aytishingiz mumkin, "barcha mavzular yuzasidan ertaga qiziqarli
savol-javob tashkillashtiramiz, yutgan kamandaga yoki o‘quvchiga kutilmagan ajoyib
sovg‘am bor" deyish orqali o‘quvchilarda katta ishtiyoqni uyg‘otishingiz mumkin.
Ushbu ikki usulni ham qo‘llab ko‘ring, albatta, ikki usuldan ham ajoyib natijani
olasiz. Yuqorida aytib o‘tganimizdek 20% harakat qilib, sinfda 80% natijaga erisha
olasiz!