65
-ega, kesim;
-aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol;
O‘quvchilar tasavvurida paydo bo‘ladigan namunaviy so‘zlar:
-bosh bo‘laklar~ota-ona;
-ikkinchi darajali bo‘laklar~farzandlar;
va hokazo.
💠
Bu juda ajoyib va samarali metod hisoblanadi. Hozirgi kunda “critical thinking”,
ya’ni mantiqiy fikrlashni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
"Tasavvur (assostiastiya)lar tahlili" metodi bilan esa o‘quvchilar
ham mavzuni
o‘zlashtirishadi, ham mantiqiy yondashishadi va tengdoshlarining
tasavvurlarini tahlil
qilib fikr bildirishadi.
66
“Soat millari” metodi
⚡️
O‘tilgan bo‘limni takrorlash yoki yangi bo‘limni boshlash jarayonida “Soat
millari” metodi juda katta samara beradi.
O‘quvchilarni ikkita jamoaga
“Soat tayoqchasi” va
“Minut tayoqchasi”ga ajratamiz.
Ularga oldindan tayyorlab qo‘yilgan,
mavzuga oid kichik-kichik,
bir-birini
takrorlamaydigan ma’lumotlardan iborat tarqatma qog‘ozlarni beramiz va ularni xuddi
soat shaklida aylana qilib tizib olamiz, ya’ni daqiqa jamoasi ichki aylanadan, soat jamoasi
tashqi aylanadan joy olishadi.
67
O‘qituvchining har bir ogohantirishidan keyin bir-biriga ro‘parama-ro‘para turgan
o‘quvchilar o‘z ma’lumotlarini sheriklariga tushuntirib beradi
va bu jarayon dastlabki
o‘quvchiga qayta
uchragunga qadar davom etadi, soat tayoqchalari o‘z
joyida turadi,
minut tayoqchalari esa soat strelkasi kabi aylanishadi.
Ushbu
berilgan
qisqa
vaqt
oralig‘ida
o‘quvchilar
10tadan
ortiq
ma’lumotlarni eshitib, eslab qolishga harakat qilishadi.
Natijada o‘quvchilarda bir qancha qobiliyatlar: o‘z fikrini bayon eta olish, jamoa
bo‘lib ishlash, liderlik va o‘zgani eshita bilish kabi qobiliyatlar rivojlanadi.
Bunday metodik texnologiyalarni har bir fanda qo‘llashimiz mumkin.