• “Kitob taqdimoti”
  • Qashqadaryo viloyati dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi




    Download 7,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/37
    Sana11.10.2024
    Hajmi7,69 Mb.
    #274592
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
    Bog'liq
    Metod PDF 1

    “SAVOLLAR LOTOREYASI” 

    Doskaga mavzuga doir 10-15 ta qoida yoziladi. Har bir qoida raqamlangan 
    bo‘ladi.

    O‘quvchilar konspekt qilib olishadi. Qoidalar o‘quvchilar miyasida saqlanib 
    qolishni boshlaydi.
    Ular raqamlari bilan eslab qolishlari kerak. 

    Keyin esa 1 o‘quvchi sinfdan tashqariga chiqadi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan 
    kelishgan holda qaysidir qoida raqamini doskaga yozib, ustidan qog‘oz yopishtirib, 
    bekitib qo‘yadi.


    78 

    Tashqaridagi o‘quvchi kiradi va qaysi qoida yashirilganini topishi kerak. U 
    shunchaki taxmin qilib aytadi. 3tagacha imkoniyat beriladi. Natijada xotirasini ishga 
    soladi. To‘g‘ri topsa ham, topolmasa ham 3ta qoidani yoddan aytgani foyda bo‘ladi.
    Takrorlash orqali yanada yaxshiroq eslab qoladi. 
    Afzalliklari:
    ~O‘quvchi xotirasini charxlaydi.
    ~Mavzuni oson o‘zlashtirishga yordam beradi.
    ~O‘quvchilarning darsga qiziqishlarini orttiradi. 
    Ushbu metod kamina tomonidan o‘ylab, yozildi. Mualliflik huquqiga amal qiling. 
    “Kitob taqdimoti” 

    Bolaning yoshiga qarab har bir oy uchun bittadan adabiyot tanlash kerak. Badiiy 
    adabiyot namunasi. Faningizga mos bo‘lsa yana ham yaxshi.

    O‘sha asar qismlarini o‘quvchilarga bo‘lib berasiz. Istasangiz, har bir o‘quvchiga 
    alohida-alohida kichik hajmli asar bering. Eng muhimi, 1oy ichida o‘qib bo‘lishi lozim.

    Haftada 1 yoki 2 kunni "Kitoblar taqdimoti" uchun ajratasiz.

    Har bir o‘quvchi o‘z asar taqdimotini o‘tkazib beradi.

    Bunda o‘quvchi asardagi voqeliklar, qahramonlar haqida gapiradi. Va asarning 
    tub mazmun-mohiyatini tushunarli hamda qiziqarli qilib so‘zlab berishi darkor. 

    Qarabsizki, boshqa o‘quvchilar ham shu asarga qiziqib ketishadi. Bolalar endi 
    o‘rtoqlarining kitoblarini almashib o‘qishlari mumkin. 
    AFZALLIKLARI:
    ~ Taqdimot tayyorlashda bola nutq madaniyatini ham o‘z o‘rnida o‘zlashtira boradi. 
    O‘zini tutish, chiroyli gapirish, so‘zlardan o‘rinli foydalanish kabi qobiliyatlari ham 
    rivojlanadi. Eng asosiysi, omma oldida nutq so‘zlashga o‘rganadi. 
    ~ Fikrlarini tartiblaydi. O‘z navbatida so‘zlarni ham xatosiz yozish ko‘nikmasi 
    shakklana boshlaydi, chunki kitob o‘qish ham og‘zaki, ham yozma nutqni 
    takomillashtiradi. 
    ~ Ko‘pchilik o‘quvchilarda, hatto ayrim o‘qituvchilarda ham nutq so‘zlash bo‘yicha 
    turli noqulayliklar bo‘ladi. Kimdir uyaladi, yana kimdir so‘z boyligi kamligidan noliydi. 
    Bolalarda yoshligidan bu muammoni bartaraf etib borish lozim. 
    ! Topshiriqni berishdan oldin taqdimot haqida bolalarga ma'lumot bering. 


    79 

    Download 7,69 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




    Download 7,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qashqadaryo viloyati dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

    Download 7,69 Mb.
    Pdf ko'rish