“Umidlarni aniqlash” metodi. (kalitlar)




Download 7,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/37
Sana11.10.2024
Hajmi7,69 Mb.
#274592
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Metod PDF 1

“Umidlarni aniqlash” metodi. (kalitlar) 
Guruh davra bo’lib o’tiradi. Boshlovchi bir bog’lam kalitni quyidagi so’zlar bilan 
uzatadi: "Eshikni ochish uchun kalit kerak. Ba’zan bu kalitlar ko’p bo’lishi kerak. Men 
kalitlarni bir-biringizga uzata turib, seminar bilan bog’langan umidlaringizni 
bildirishingizni istardim. 2-3 jumla". 
Javoblar doskada yoki plakatda qayd etiladi. Seminar davomida ishtirokchilarning
umidlari yozilgan flip devorda ilinib turadi va seminar yakunida albatta unga murojat 
qilish lozim: ro’yobga chiqmagan umidlar yoniga oldindan qog’ozdan yasab, tayyorlab 
qo’yilgan "qulfcha"lar yopishtiriladi. 
"Kutuvlar daraxti"ga o‘xshab ketadigan metod. 
 
“Qiziqarli o’yin” 
Har qanday sinf, har qanday fan uchun qo‘llasa bo‘ladigan mashg‘ulot bilan 
tanishamiz. O’quvchilar ikki guruhga bo’linib, doska yonidagi partaga mavzuga doir 
ma’lumot va tushunchalar belgilar ko’rinishida yozilgan listlar qo’yiladi. 
Har bir jamoadan bittadan o’quvchi navbat bilan chiqib, teskari turgan listlardan 
bittadan oladilar. O’quvchilar bir-birlariga teskari turishadi. O’qituvchining buyrug’i 
bilan 3ta qadam tashlab, bir-birlaridan uzoqlashadilar. Uch deyilgandan keyin 
o’quvchilar qo’llaridagi listni raqib jamoa vakiliga ko’rsatadilar. Ro’parasida turgan 
listdagi ma’lumot belgisini qaysi o’quvchi birinchi va to’g’ri aytsa, ball qo’yiladi.
⏺Matematiklar bormi? Listlarga hisoblanishi osonroq misol yozib qo‘yish mumkin, 
to‘g‘rimi?
⏺Tarixchilar, shu yerdamisiz?
Biror voqea yozib, kim birinchi bo‘lib o‘sha voqea yilini aytish tarzida o‘ynatsa 
bo‘larkan.
⏺Geografiya fanida bayroqlarni yodlatishda ajoyib usul!
⏺Ona tili ustozlari Morfemika, Leksikologiya bo‘limlarida ham ishlatsa bo‘ladi. 
😊


84 
⏺Chet tili o‘qituvchilariga esa juda foydali va qiziqarli o‘yin!
Albatta, sinab ko‘ring! 

Download 7,69 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Download 7,69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Umidlarni aniqlash” metodi. (kalitlar)

Download 7,69 Mb.
Pdf ko'rish