|
“Axborotni yetkazish va tahlil qilish”Bog'liq Metod PDF 1“Axborotni yetkazish va tahlil qilish”
Har bir seminarning eng muhim vazifalaridan biri ma’lum mavzu bo’yicha axborot
berishdan boshlanadigan konkret vaziyat tahlilidir.
Shubhasiz, biz axborotning ma’ruza yoki xabarlar ko’rinishida taqdim etilishiga
o’rganib qolganmiz, vaholanki, bunday ma’ruza metodi "ma’ruzachining fikrlarini
tinglovchilarning miyasini aylanib o’tib, daftarlarida aks ettirishning eng yaxshi yo’lidir".
Agar biz xabar berishga qaror qilgan bo’lsak avval o’zimizga quyidagi savolni
berishimiz ma’qul bo’ladi:
’’Mening ma’ruzam tinglovchilarga qanday foyda keltiradi?"
Bu savolga ijobiy javob berganimizdan so’ng, ma’ruzamiz:
- e’tibomi tortadigan nomlanishga ega bo’lishi;
- uchtadan ortiq bo’lmagan asosiy g’oyalardan iborat yaxlit xabar bo’lishi;
- kirish (taxminan 15 %), asosiy qism (75 %) va xulosa (10 %)dan tarkib
topishi lozimligini unutmasligimiz kerak.
Bundan tashqari, ma’ruzaning varaqlardagi yoki kartochkalardagi tezislari (har bir
tezis alohida kartochkada) bizga kuchliroq ishonch baxsh etadi.
“Savatcha” usuli
Ushbu metodni o’zim qanday qo’llaganim haqida tushuntirib beraman.
📚
2ta savatcha yasab, har bir savatga mavzu qo‘yib nomladim. Ichiga savollar solib
chiqdim.(8,9ta savol) Savatchalar doskaga yopishtiriladi. Yoki o’qituvchi partasiga
qo’yiladi.
Sinf o’rtasiga, stul ustiga rangli, shaklli stikerlarga 2ta mavzuga oid atamalar
yozdim.
O‘quvchilar 2 guruhga bo‘linib, navbat-navbat atamalardan tanlashdi.
Qaysi mavzuga aloqador bo‘lsa, o‘sha savatga solishlari kerak edi.
Keyin esa, o’sha savatga joylangan savollardan olib javob berishlari kerak.
Agar savolga xato javob berishsa, savatga stiker solishdan mahrum bo‘ladilar.
⏺Kimning savatchasi birinchi to‘lsa, o‘sha jamoa g‘olib hisoblanadi.
|
| |