• “3 D” metodi
  • Qashqadaryo viloyati dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi




    Download 7,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/37
    Sana11.10.2024
    Hajmi7,69 Mb.
    #274592
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
    Bog'liq
    Metod PDF 1

    “G’ijimlangan qog’oz” 
    Mavzuni doskaga yozasiz. 2ta guruh hosil qiling. Oltitadan 12 o’quvchi. Siz boshlab 
    beruvchi ishtirokchi bo‘lasiz.
    2 ta listga bir xil narsa yozasiz. Ya'ni, mavzuga doir bir tushuncha. Va ikkala 
    jamoaning yetakchi o‘quvchilariga o‘sha listlarni g‘ijimlab otasiz.
    O‘quvchilar siz boshlagan jumlani davom ettirgan holda to‘liq qilib, o‘sha 
    tushunchaning ma'nosini ochib berishi kerak.
    Har bir ishtirokchi 1tadan so‘z yozish imkoniyatiga ega.(balki, 2-3ta so‘z. 
    Tushunchaning oddiy yoki murakkabligiga qaraysiz) 
    Shu tariqa ishtirokchilar g‘ijimlangan qog‘ozlarni bir-birlariga otib, ma'lumotni 
    to‘ldiraveradilar.
    Qaysi jamoa birinchi va to‘liq javob bersa, g‘olib bo‘ladi. 
    Foydali tomonlari juda ko‘p, menimcha. Ayrimlarini yozaman: 
    Ziyraklik oshadi. O‘rtog‘i nima yozdi, o‘zi nima yozadi, shu haqida o‘ylay 
    boshlaydi. Miyasidagi barcha bilimlarni titib, mavzu bo‘yicha keraklilarini izlaydi.
    Birdamlik. Jamoasining g‘alabasi unga bog‘liq ekanligini his qiladi. Bor kuchini 
    ishga soladi. 
    “3 D” metodi 
    Demak, bu metodni batafsil ko‘rib chiqamiz 

    3D metodi shaxsiy samaradorlik va ilm-fanni o'zlashtirishdagi eng kuchli 
    metodlardan biri hisoblanadi. Samarali matn yodlash, kerakli ma'lumotlarni eslab qolish 
    va uni tinglovchiga mazmunli yetkazib berishda aynan 3D metodi sizga yordam beradi. 
    ➡️
    Nomidan ham ko'rinib turibdiki, 3D metodini amalda qo'llashingizda siz 3 ta 
    savolga javob berishingiz kerak bo'ladi: 
    1. Men nimani o'rgandim? 


    76 
    Ya'ni, avvalo, siz qanday ma'lumotlarni o'qishingizni aniqlashtirib olasiz, so'ngra 
    yaxshilab o'qiysiz. O'qish jarayonida diqqatingizni jamlashga, chalg'imaslikka va 
    asosiysi, tushunishga harakat qiling. 
    2. Men bundan nimani oldim? 
    O'qigan ma'lumotlaringizdan o'zingizga qanday xulosa oldingiz? Nimani 
    tushundingiz va nimani his qildingiz? Ushbu mulohazalar xususida biroz o'ylab ko'ring. 
    3. Men kimga o'rgataman? 
    O'qidingiz va uqdingiz. Endi ushbu ma'lumotlarni kimgadir o'rgatishingiz yoki 
    so'zlab berishingiz kerak bo'ladi va ushbu qoida eng muhimidir. Kimgadir o'rgatish bu 
    eng muhim bosqich hisoblanadi.
    Quyidagi 3 ta holat: 
    a) do'stingiz yoki oila a'zolaringizga o'rgating; 
    b) daftarga qayd eting, ilmiy ma'lumotlarni esa savol-javob va test shaklida yozing; 
    c) xonada yolg'iz qolib oynaga qarab ma'lumotlarni so'zlab bering, bunda o'zingizni 
    xuddi sahnada kabi his eting. 
    Afzalliklari: 
    ~ Ushbu metod asosan o‘quvchilaringiz uchun. Bu metodni to‘lig‘icha 
    o‘quvchilaringizga tushuntirib berasiz.
    ~ Qolaversa, ushbu metod sizga ham katta foydasi tegishi mumkin. 
    3 D Metodini, albatta barcha o‘quvchilaringizga va asosan oliy o‘quv yurtiga 
    tayyorlanayotgan o‘quvchilaringizga tushuntirsangiz, ular uchun ushbu metod juda 
    ajoyib sovg‘a bo‘ladi va siz kreativ pedagog ekanligingizni yana bir bor isbotlagan 
    bo‘lasiz! 
    ~ Yuqoridagi 3 algoritmni ketma-ketlikda bajarish o‘quvchilaringizga ma'lumotlarni 
    oson o'zlashtirish va shaxsiy samaradorlik kabi ko'nikmalarni shakllantirishga yordam 
    beradi. 
    Ushbu metod izlanishlar natijasida topib, yozildi.

    Download 7,69 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




    Download 7,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qashqadaryo viloyati dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

    Download 7,69 Mb.
    Pdf ko'rish