“Rangli stullar’ metodi 5 ta stul doska yoniga terib qo‘yiladi. Sizda rangli stikerlar bor. Qizil, yashil, sariq.
Har bir rang o‘z ramziga ega.
Qizil- mavzu yuzasidan savolga javob berish. O‘tirgan o‘quvchilardan biri bugungi
mavzu bo‘yicha istalgan savolini beradi.
Yashil- o‘tgan mavzuga doir 4 ta tushuncha aytish.
Sariq- o‘qituvchi istalgan savolni beradi.
Stullar orqa tarafi o‘quvchilarga ko‘rinmaydi. Siz ularga ko‘rsatmagan holda rangli
stikerlarni har bir stul orqasiga yopishtirib chiqasiz. 5 o‘quvchi galma-gal chiqib istalgan
stullariga o‘tiradilar. Va tegishli vazifani bajaradilar. Ya'ni, qaysi rangdagi stulga o‘tirgan
bo‘lsa, o‘sha shartni bajaradilar.
Rangni, shart turini, o‘quvchi sonini o‘zgartirishingiz mumkin. Bu siz uchun bir
qolip, xolos.
“Guruh poemasi” metodi Ishtirokchilarga bir varaqdan qog’oz tarqatiladi va qog’ozning yuqoridagi
o’ng burchagiga ismlari va familiyalarining bosh harfini yozish so’raladi (siz ham
o’z varag’ingizga belgi qo’ying).
Har bir ishtirokchi doston (poema)ni
boshlab beruvchi birinchi jumlani yozadi va varag’ini chap tomonidagi
ishtirokchiga uzatadi, u esa, o’z navbatida, dostonning davomini yozadi (bitta jumla)
va yonidagi sherigiga beradi.
Shu tariqa har bir ishtirokchi o’z sheriklarining varaqlariga ularning dostoniga mos
bittadan jumla yozib chiqadi.
72
Tugallangan doston birinchi jumla muallifiga qaytariladi.
“Shirinliklar yarmarkasi” metodi Dastlab bu usulni birgina sinf ichida o‘tkazib ko‘ring. Turli xil shirinliklar kerak
bo‘ladi. O‘quvchilarga o‘zlari bilan istalgan shirinlik olib kelishlarini aytishingiz
mumkin. 4tadan yoki 5tadan.
Har bir shirinlikka savol bog‘lab chiqing.
Idishga barcha shirinliklar solinadi. O‘quvchi istaganini tanlaydi. Savolga to‘g‘ri
javob berolsa, shirinlik bilan taqdirlanadi.
73
Iste’mol qilinadigan narsalar inson diqqatini yanada orttiradi. Xorijlik mutaxassislar
ham biror muhim uchrashuvda yoki katta taqdimotlarda dastlabki slyadlarni yeydigan
narsalar rasmlari bilan boshlashni afzal ko’rishadi. Bu surat orqali inson miyasiga
uyg’otuvchi signal boradi.
O’quvchilarda ham bu jarayon qiziqarli va samarali natija beradi.