• Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i A.M.Turdiyevga
  • Toshkent shahar, Mirobod tumani A.Abdullaev ko‘chasi, 8 uyda yashovchi fuqaro A.R.Komilovga komilov@mail.uz
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Sh.S.Sharipovga
  • Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash to‘g‘risidagi yo‘riqnoma i-bob. Umumiy qoidalar




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/16
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #233135
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    7a890867d19974f5e9900200f1ad9c76

    O‘zbekiston Respublikasi
    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
    Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni 
     rivojlantirish boshqarmasi
     


    27. Hujjat mansabdor shaxsga jo‘natilayotganda tashkilotning nomi bosh 
    kelishikda, lavozimi va familiyasi jo‘nalish kelishigida, hujjat matnining yuqori 
    o‘ng tomonida yoziladi.
    Masalan:
    Toshkent shahar adliya
    boshqarmasi boshlig‘i
    A.M.Turdiyevga
    28.Hujjat tashkilotga jo‘natilayotganda uning joylashgan manzili 
    ko‘rsatilishi mumkin yoki texnikumning Ichki nazorat va arxiv bo’limiga aniq 
    manzil to‘g‘risida ma’lumot berilishi shart. 
    Agar hujjat fuqaroga jo‘natilayotgan bo‘lsa, hujjat matnining yuqori oʻng 
    tomoniga dastlab uning yashash manzili, shuningdek mavjud boʻlsa elektron 
    pochta manzili koʻrsatilgan holda yoziladi. Masalan: 
     
    Toshkent shahar, Mirobod tumani 
    A.Abdullaev ko‘chasi, 8 uyda yashovchi
    fuqaro A.R.Komilovga 
    komilov@mail.uz
     
    29. Hujjat tashkilot rahbariga jo‘natilganda tashkilot nomi hujjatni oluvchi 
    shaxs lavozimining tarkibiga kiradi. Masalan: 
    Toshkent davlat pedagogika 
    universiteti rektori 
    Sh.S.Sharipovga
     
     
    30. Bir nechta manzilga yuborilayotgan hujjatning har bir nusxasiga uning 
    aynan kimga jo‘natilayotganligi belgilab qo‘yiladi. 
    Yuborilayotgan hujjatda to‘rtta manzildan ortig‘i ko‘rsatilmasligi lozim, 
    yuborilayotgan manzillar to‘rttadan ortiq bo‘lgan holda yo‘naltirish ro‘yxati 
    (reestri) tuzilib, har qaysi hujjatga bittadan alohida manzil ko‘rsatilib yuboriladi.
    31. Hujjatda uning nomlanishi – buyruq, ko‘rsatma, topshiriq, tanbex, 
    ma’lumotnoma, axborotnoma va shu kabilar ko‘rsatilishi mumkin. 
    32. Hujjat imzolangan, tasdiqlangan, kelishilgan kunlar, shuningdek matnda 
    keltirilgan sanalar raqamlar bilan rasmiylashtiriladi. Sanalar arab raqamlari bilan 
    bir satrda va yil, kun, oy tarzidagi izchillikda beriladi.
    33. Indeks (raqam) hujjatning chap tomon tepa qismida ko‘rsatiladi. 
    Hujjatning indeksi uni ijro qilgan bo‘linma indeksi, yig‘majildlar raqami (qoida 


    tariqasida elektron dasturdagi jurnal raqami) va hujjatni ro‘yxatga olish yagona 
    tartib raqamidan iborat bo‘ladi.
    Javob xatlarida javobi jo‘natilayotgan hujjatning raqami va sanasi 
    ko‘rsatilishi lozim. 
    34. Hujjatlarga ilovalar quyidagicha rasmiylashtiriladi: 
    a) agar hujjat matnda ko‘rsatilgan ilovaga ega bo‘lsa: 
    Ilova: “ ” varaqda; 
    b) agar ilova matnda eslatilmagan bo‘lsa, ilovalar nomi sanab ko‘rsatiladi, 
    masalan: 
    Ilova: Nizom loyihasiga takliflar “ ” varaqda; 
    agar yozishma bir nechta manzilga jo‘natilayotgan bo‘lib, ulardan biriga 
    ilova yuborilsa, bu holda ilovaning qaysi manzilga yuborilishi ko‘rsatiladi. 
    Agar ilovalar risolalangan bo‘lsa, varaqlar soni ko‘rsatilmaydi. 
    35. Agar hujjatga qimmatbaho qog‘oz yoki shaxsiy hujjatlarning asli 
    (pasport, diplom va boshqalar) ilova qilinsa, ularning alohida belgilari, raqamlari 
    va kimga tegishliligi ko‘rsatiladi. 
    36. Bitta yo‘llanma xat bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan hujjatlarni yuborish 
    va kirim qilish ta’qiqlanadi. 
    37. Pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning sarflanishi bilan bog‘liq va shu 
    kabi hujjatlardagi vakolatli mansabdor shaxsning imzosi gerbli muhr bilan 
    tasdiqlanadi. 
    38. Hujjatning ijrosini ta’minlagan xodim ismining bosh harfi va familiyasi, 
    uning xizmatdagi telefon raqami va rasmiy elektron pochta manzili chiqarilayotgan 
    hujjatning soʻnggi varagʻi pastki chap burchagiga, joy boʻlmagan taqdirda esa 
    soʻngi varaqning orqa tomoni pastki chap burchagiga yozib qoʻyilishi shart. 

    Download 0,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash to‘g‘risidagi yo‘riqnoma i-bob. Umumiy qoidalar

    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish