78. Ustxatda ikki yoki undan ortiq ijrochilar ko‘rsatilgan hollarda ro‘yxat
bo‘yicha alohida belgi bilan qayd etilgan tarkibiy bo‘linma rahbari hujjat bo‘yicha
asosiy ijrosi hisoblanadi.
79. Rezolyutsiyada (ustxatda) koʻrsatilgan qoʻshimcha ijrochilar asosiy
ijrochi oldida mas’ul hisoblanadi. Ro‘yxat bo‘yicha ko‘rsatilgan tarkibiy bo‘linma
rahbarlari hujjatda ko‘tarilgan masalaning hal etilishida, umumlashtirilgan hujjatlar
tuzishda asosiy ijrochiga ko‘mak berishlari shart.
Bunda asosiy ijrochi tarkibiy boʻlinma tomonidan hujjatlar ijrosini oʻz
vaqtida va sifatli (umumlashtirilgan va tahliliy ma’lumotlar) tayyorlanishini
ta’minlash maqsadida qoʻshimcha ijrochi tarkibiy boʻlinmalardan hujjat ijrosi
boʻyicha ma’lumotlarni hujjatning ijro muddatidan oldin talab qilib olishga haqli
boʻlib, oʻz navbatida qoʻshimcha ijrochilar tegishli ma’lumotlarni soʻralgan
muddatida taqdim etishlari shart.
Qoʻshimcha ijrochilar tomonidan tayyorlangan
hujjatlar elektron dasturga
kiritilgan holda asosiy ijrochiga yuboriladi va bu haqida xabardor qilinadi. Bu
holatda hujjatlarni elektron dasturga kiritib, asosiy ijrochiga yuborilganligi va
tegishlicha qabul qilib olinganligi vaqti va sanasi aniq boʻlishi va koʻrinib turishi
lozim.
80. Hujjatlar qoʻshimcha ijrochining mas’uliyatsizligi oqibatida oʻz vaqtida
va sifatli ijro etilmagan taqdirda birinchi ijrochining asoslantirilgan bildirgisiga
asosan unga nisbatan intizomiy javobgarlik chorasi qoʻllanilishi koʻrib chiqiladi.
81. Hujjatlar bir tarkibiy boʻlinma tomonidan boshqa bir tarkibiy boʻlinmaga
taalluqliligi boʻyicha oʻz vaqtida belgilangan tartibda oʻtkazilmasligi
oqibatida
uning ijrosi oʻz vaqtida va sifatli ta’minlanmaganlik holatlari yuzasidan hujjatni
birinchi ijroga qabul qilib olgan tarkibiy boʻlinmaning ham javobgarlik masalasi
koʻrib chiqiladi.
82. Hujjatlarga elektron dasturda ularning qonunchilik hujjatlari bilan
belgilangan ijro muddatlari kiritiladi.
Qonun hujjatlari bilan ijro muddatlari belgilanmagan hujjatlar va
topshiriqlarning ijro etish muddatlari qoida tariqasida, bir oydan oshmasligi kerak.
Hujjatlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq ijrosini ta’minlash maqsadida
Texnikum rahbariyati tomonidan hujjatlarga
qonunchilikda belgilangan
muddatlardan qisqaroq ijro muddatlari belgilanishi mumkin.
Tarkibiy boʻlinmalar va mas’ul ijrochi xodimlar tomonidan hujjatlarning
elektron dasturda belgilangan ijro muddatlariga rioya etilishi shart.
83. Topshiriqning ijro etish muddati direktor va yo‘nalish bo‘yicha tegishli
direktorning o‘rinbosarlarining ruxsati bilan shuningdek, ayrim topshiriqlarning
xususiyatidan kelib chiqqan holda Ichki nazorat va arxiv bo’limi tomonidan
Yoʻrinomaning 3-ilovasiga muvofiq bildirgi asosida uzaytirilishi mumkin,
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Bunday hollarda tarkibiy boʻlinmalar yoki ijrochi xodimlar tomonidan
elektron dasturga tegishli ma’lumotlar zudlik bilan kiritilishi va Ichki nazorat va
arxiv bo’limi xodimlari xabardor qilinishi lozim.
84. Ijro etish muddatlari Ichki nazorat va arxiv bo’limi tomonidan ro‘yxatga
olingan kundan boshlab kalendar kunlarda hisoblanadi,
muddatlari ish kunida
belgilangan topshiriqlar bundan mustasno.
Agar ijro muddatining oxiri dam olish kunlariga to‘g‘ri kelsa, ijro
muddatining tugashi navbatdagi ish kuni hisoblanadi.
85. Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, agar
hujjatda boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, hujjat jo‘natilgan kundan boshlab
10 kalendar kun mobaynida bajarilishi kerak.
86. Texnikum rahbariyatiga taqdim etiladigan barcha turdagi ichki hujjatlar
tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari yoki ularning vazifasini bajaruvchi boshqa xodimlar
tomonidan imzolangan holda taqdim etiladi, mehnatga oid qonun hujjatlarida
belgilangan holatlar bundan mustasno.
Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ichki hujjatlar texnikum rahbariyati
topshirig‘iga asosan Ichki nazorat va arxiv bo’limi tomonidan ro‘yxatga olinib,
ularning ijrosi nazorat qilib boriladi.
87. Ijrosi ta’minlangan hujjatlar bo‘yicha xatlarga chiqish raqami uning tepa
chap qismida sanadan so‘ng qo‘yiladi.
Bunda jo‘natilayotgan hujjat (javob xati) elektron shakli elektron dasturga
biriktirilgan holda ijro qiluvchi tarkibiy bo‘linmaning hujjatlar yig‘majildida
saqlanadi.
Texnikumga belgilangan tartibda kirim qilinib, ijrosi ta’minlangan hujjatlar
bo‘yicha xatlarga tarkibiy bo‘linmalar tomonidan
quyidagicha chiqish raqami
berilishi lozim:
hujjatni tayyorlagan bo‘lim indeksi, keyin hujjatning kirim bo‘lgan raqami
qo‘yiladi. Masalan, ijrochi bo‘lim indeksi 06 bo‘lsa va xatning kirim bo‘lgan
raqami 5/36 bo‘lsa (bunda 5-elektron dasturdagi jurnal raqami, 36-yagona tartib
raqam) 06-5/36 bo‘ladi.
88. Hujjatlarga chiqish raqami berilishida tarkibiy bo‘linmalarning
nomenklaturasiga muvofiq hujjat tikiladigan yig‘majild soni ham ko‘rsatilishi
mumkin.
Bunda joʻnatilayotgan hujjatning (javob xatining) elektron shakli elektron
dasturdagi tegishli hujjat jildiga biriktirilgan, shuningdek qogʻoz shaklida
chiqarilgan hujjatlar boʻyicha hujjatning (javob xatining) bir nusxasi asosiy
hujjatga tikilgan holda ijrochi tarkibiy boʻlinmaning hujjatlar yigʻmajildida
saqlanadi
89. Texnikumdan tashabbus bilan yuborilayotgan hujjatlarga elektron dastur
oqali chiqish raqam olinadi. Ichki nazorat va arxiv bo’limida
maxsus chiqish
raqami berilib, alohida elektron kitobda qayd etiladi. Bunda raqam hujjatda
quyidagi tartibda belgilanadi: birinchi navbatda direktor indeksi, hujjatni
tayyorlagan bo‘lim indeksi, keyin chiquvchi hujjatlar uchun dasturda belgilangan
jurnal indeksi, keyin tartib bo‘yicha chiqish raqami qo‘yiladi. Masalan,
hujjat
Kadrlar bo‘limi tomonidan tayyorlanib, tartib bo‘yicha chiqish raqami 23 bo‘lsa,
bunda mahsus chiqish raqami quyidagicha belgilanadi: 1-01/6-7/23 qo‘yiladi.
Maxsus raqam berilgan hujjatning elektron nusxasi dasturda saqlanadi.
Bunda chiqish raqami berilgan hujjatning elektron nusxasi dasturda
saqlanishi, maxsus raqamlangan rangli blankning esa maxsus raqamlari elektron
dasturga kiritilishi lozim.