VII-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana14.05.2024
Hajmi0,55 Mb.
#233135
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
7a890867d19974f5e9900200f1ad9c76

 
VII-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib 
chiqishni tashkil etish 
 
106. Texnikumga kelib tushgan, shu jumladan jismoniy shaxslarni va yuridik 
shaxslarning vakillarini qabul qilish davomida olingan murojaatlar shu kunning 
o‘zida Ichki nazorat va arxiv bo‘limiga topshiriladi.
Murojaatlar Ichki nazorat va arxiv bo‘limi mudiri tomonidan o‘rganib 
chiqilib, tegishliligi bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalariga taqsimlanadi. Murojaat va 
uning mualliflariga oid ma’lumotlar Ichki nazorat va arxiv bo‘limida ro‘yxatdan 
o‘tkazilib, elektron dasturga kiritiladi. 
107. Texnikumga “MinJust HR” avtomatlashtirilgan tizimi orqali kelib 
tushgan arizalar qonunchilik hujjatlari talablarga muvofiq adliya organlari va 
muassasalarida HR-menejment tizimi toʻgʻrisidagi Nizomda belgilangan tartibda 
ushbu tizim orqali roʻyxatga olinadi va javob beriladi. 
108. Agar murojaatlarni o‘rganish tarkibiy bo‘linmalar topshirilgan bo‘lsa, 
tegishli tarkibiy bo‘linma tomonidan ularning ijrosi to‘liq va o‘z vaqtida amalga 
oshirilishi nazorat qilinadi. Murojaat yuzasidan qabul qilingan choralar yoki 
tadbirlar to‘g‘risida muallifga yozma javob beriladi. Agar ushbu murojaat 
tegishliligiga ko‘ra boshqa tashkilotga yuborilgan bo‘lsa, bu haqida murojaat 
muallifiga yozma ravishda ma’lum qilinadi. 
109. Takroriy va dublikat murojaatlar kelib tushganda, avvalgi murojaatlar 
ko‘rib chiqilganligi to‘g‘risida materiallar ularga qo‘shib qo‘yiladi. Agar bir 
masala bo‘yicha ilgari asoslangan javob berilgan bo‘lishiga qaramasdan aynan shu 
mazmunda qayta murojaat qilingan hollarda, tegishli tarkibiy bo‘linma tomonidan 
bu haqda jismoniy va yuridik shaxsga yozma ravishda xabar beradi va natijasi 
bo‘yicha rahbariyatga ma’lum qiladi. 


110. Texnikumga kelib tushgan takroriy murojaatlar, shu jumladan 
texnikum xodimlari va o‘quvchilarining hatti-harakatlari yuzasidan kelib tushgan 
murojaatlarning barchasi shu kunning o‘zida Ichki nazorat va arxiv bo‘limi 
tomonidan tarkibiy bo‘linmalariga taqsimlanib, rahbariyat rezolyusiyasi 
olingandan so‘ng ijrochilarga tarqatiladi. 
111. Murojaatlarda texnikum tarkibiy bo‘linmalaridan hamda ularning 
xodimlari xatti-harakatlaridan shikoyat qilingan bo‘lsa, ushbu murojaatlar ko‘rib 
chiqish uchun ushbu tarkibiy bo‘linma va xodimlariga yuborilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
112. Jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash 
joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan 
joyi (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoxud ular haqida 
yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan 
tasdiqlanmagan murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi. 
Murojaatni ko‘rib chiqish uchun mas’ul bo‘lgan xodim ikki kunlik muddatda 
murojaatni anonim deb topish to‘g‘risida xulosa tuzadi. Xulosada murojaatni 
anonim deb topish asoslari to‘liq ko‘rsatilishi shart. 
113. Ijrosi to‘liq bajarilmagan murojaatlar ularning ijrosi uzil-kesil ijro 
etilgunga qadar qo‘shimcha nazoratga olinadi va murojaatda keltirgan barcha 
masalalar ko‘rib chiqilgandan so‘ng nazoratdan yechiladi. 

Download 0,55 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VII-bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib

Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish